Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida elektr enegiyasidan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi. Bu haqda O‘zenergoinspeksiya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan bir qator nazorat tadbirlari o‘tkazilgan. Tadbirlar davomida Sayxunobod tumanida faoliyat yurituvchi “D. P. T.” MChJ elektr qurilmalarini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulab, elektr enegiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
“Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 609 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi. Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Bundan avval Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan “I.S.S.” MCHJga qarashli mebel ishlab chiqarish korxonasi 1,1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani fosh bo‘lgandi.
Izoh (0)