O‘zbekiston Superligasi 16-turidan o‘rin olgan “Andijon” — “Qo‘qon-1912” uchrashuvi yakuniga yetdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida kechgan bahsda maydon egalari 3:0 hisobida zafar quchdi.

O‘yindagi hisob 52-daqiqada Damir Temirov tomonidan ochildi. 80-daqiqada Temirov yana bir marta mehmonlar darvozasiga yo‘l topib, dublni rasmiylashtirdi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Islombek Mamatkazin jamoasining 3-golini kiritib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.
Mazkur hisob uchrashuv yakunigacha saqlanib qoldi va “burgutlar” ikkinchi davrani yirik g‘alaba bilan boshladi. Hozirda “Andijon” hozirda 20 ochko bilan turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, 12 ochkoga ega “Qo‘qon-1912” esa 15-pog‘onani band etgan.
O‘zbekiston Superligasi
16-tur
3-avgust, yakshanba
“Andijon” — “Qo‘qon-1912” 2:0
Gollar: 1:0 — Temirov (52), 2:0 — Temirov (80), 3:0 — Mamatkazin (90+4)
Izoh (0)