Kanadalik Ron Batuigas va Nik Maknot muzlab qolgan ko‘lga tushib, bir-biri bilan shaxmat o‘ynadi, deb xabar beradi Meduza.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu vaqtda havo harorati Selsiy bo‘yicha -20 darajani tashkil etgan. Faqat bosh kiyim kiyib olgan o‘yinchilar sovuq suv ichida shaxmat o‘ynashgan.
Shaxmat doskasi esa muz parchasi ustiga o‘rnatilgan — u doska va barcha donalarni ko‘tara oladigan darajada mustahkam bo‘lgan. O‘yin esa besh daqiqa davom etgan.
Instagram’dagi izohlarga ko‘ra, Maknot g‘olib chiqqan. Ta’kidlanishicha, kanadaliklar o‘zini yaxshi his etmoqda va yana qayta o‘ynashni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)