Daryo

Rossiyadagi suv omborida kamyob tabiat hodisasi — “muz gullar” suratga olindi

Kristallarning kattaligi bir necha santimetrga yetadi va ular xuddi endigina ochilgan gullar kabi ko‘rinishga ega

1 daqiqa o‘qish50 270 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Instagram / Pavel Sedegov

Cheboksar suv omborida kamyob tabiat hodisasi — yupqa muz qatlami ustida “muz gullar” paydo bo‘ldi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Instagram / Pavel Sedegov

Muzlab qolgan suv omborining yuzasidagi muz kristallari kadrlari bilan nijegorodlik Pavel Sedegov ismli fuqaro o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali bo‘lishgan. Kristallarning kattaligi bir necha santimetrga yetadi va ular xuddi endigina ochilgan gullar kabi ko‘rinishga ega.

https://www.instagram.com/p/CIazadHsCWk/

Surat va videolar Chuvashiston, Mariy El respublikalari va Nijegorod viloyati hududidan o‘tuvchi Volga daryosidagi Cheboksar suv omborida olingan. Bu kabi “gullar”ni boshqa joylarda ham uchratish mumkin, so‘nggi bor uni Kirov viloyatining Sovetska shahri yaqinidagi suv havzasida uchratishgan.

Foto: Instagram / Pavel Sedegov
“Muz gullar” kamdan-kam hollarda, odatda ular muzlamali tunda — havo va suv harorati keskin farq qilgan vaqtda paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, tashqarida shamol va qor bo‘lmasligi kerak. Bu kabi kristallarni suv havzasi birinchi bor muz bilan qoplanganida uchratish mumkin.

Mavzuga doir: Tabiat eng yaxshi rassom ekanligini ko‘rsatuvchi noyob muz asarlar (fotogalereya)

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.