• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Alisher Shodmonov gidroksixloroxin AQSh prezidenti maqtagani uchun sotib olinganini ma’lum qildi

    Alisher Shodmonov gidroksixloroxin AQSh prezidenti maqtagani uchun sotib olinganini aytdi. Bu haqda Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Xalqaro press-klubning “Pandemiyaga qarshi kurashda milliy tajriba” mavzusida navbatdagi sessiyasi davomida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

    Alisher Shodmonov.

    Alisher Shodmonov.
    Foto: “Daryo”

    “JSST va uning Yevropa hududiy byurosiga murojaat qilganmiz. Prezidentimiz farmoyishga asosan mablag‘ ajratib bergan. Biz IVL, PZR apparatlari va dori sotib olishimiz kerak.

    Ming afsus, o‘sha paytda JSSTda ham isbotlangan hech qanday usul yo‘q edi. Shundan kelib chiqib qaysi dori birinchi paydo bo‘lgan bo‘lsa, AQSh prezidenti birinchi bo‘lib gidroksixloroxinni maqtab chiqdi, shu zahoti uni sotib olish masalasi boshlandi.

    Dunyo bo‘yicha samara beradigan dorining ilmiy asosi yo‘q edi. Orqasidan favipiravirni, nafaqat sotib olib, zaxira yaratildi, balki O‘zbekistonda ishlab chiqarish boshlandi. Orqasidan remdisivir, eng qimmatbaho dori. Og‘ir reanimatsiyadagi bemorlarni shu orqali saqlab qoldik”, — dedi sobiq vazir.

    Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti maqtagani uchun gidroksixloroxin sotib olishni tasdiqlagan Alisher Shodmonovdan 2020-yil 6-iyul kuni “Qalampir.uz” nashriga bergan intervyusida ushbu dori yurakka zarar bo‘lsa ham, nega O‘zbekistonda foydalanilayotgani haqidagi izoh so‘ralganda sobiq vazir jurnalistga “Nima, siz farmatsevtmisiz, siz qayerdan bilasiz?”, – deya javob qaytargan edi. Jurnalist bu ma’lumotni shifokorlar tasdiqlaganini aytgandan so‘ng vazir bu ma’lumot noto‘g‘riligini ta’kidlagan.

    Ma’lumot uchun, AQSh prezidenti ham sohasi bo‘yicha farmatsevt emas, balki iqtisodchi hisoblanadi. Donald Tramp bezgakka qarshi gidroksixloroxin va xloroxin preparatlarining koronavirusni davolashdagi ta’sirini bir necha bor ijobiy baholagan. Xususan, bezgakka qarshi preparatlarning samaradorligi haqida 2020-yil 19-mart kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytgan bo‘lib, ertasi kuniyoq unga bo‘lgan talab 46 baravar oshgandi.

    Iyun oyida klinik tajribalar shuni ko‘rsatdiki, gidroksixloroxin va bezgakka qarshi boshqa dorilar COVID-19’ni davolashda samarali emas. Preparatlar koronavirus oqibatida yuz bergan o‘limlar sonini kamaytirishga yoki shifoxonada yotib davolanish davomiyligiga ta’sir qilmagan. Shu hamda boshqa ma’lum va nisbatan jiddiy aks ta’sirlari (avvalo, yurak ritmining buzilishi) sabab bir qator tadqiqotlarning rahbarlari tekshiruvlarni muddatidan avval to‘xtatdi, AQShning Oziq-ovqat va dori vositalari sifati ustidan sanitar nazorat boshqarmasi (FDA) esa preparatni koronavirusga chalingan bemorlar bilan bog‘liq klinik tadqiqotlardan boshqa o‘rinda foydalanish uchun ruxsatnomani chaqirib oldi.

    Iyul oyi boshida JSST gidroksixloroxinni “Birdamlik” dasturidan chiqarib tashladi. Keyinroq Yevropa dori vositalari agentligi ushbu preparat yirik randomlashtirilgan klinik tadqiqotlar (Solidarity, Recovery va Discovery) doirasida koronavirusni davolashda biror-bir ijobiy samara ko‘rsatmaganini ma’lum qildi.

    Iyul oyi oxirida JSST gidroksixloroxin koronavirusni davolashda samarasiz ekanini tasdiqladi. Shunga qaramasdan, O‘zbekistonda gidroksixloroxindan pandemiya boshidan beri foydalanilmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi va Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (ISSMP) 13-iyul kuni koronavirusga chalingan bemorlarni davolash bo‘yicha qo‘shma klinik qo‘llanmani tasdiqladi. Lancet tibbiyot jurnalida ushbu preparatning samarasiz ekani haqida maqola e’lon qilingach, qo‘shma klinik qo‘llanmadan gidroksixloroxin chiqarib tashlangan edi.

    Gidroksixloroxindan foydalanishga qarshi chiqqan ISSMP vakili Klara Yodgorova “Tez yordam” ko‘rsatuviga bergan intervyusida noma’lum shaxslar unga telefon orqali tahdid qilgani, “ehtiyot bo‘lib yurishni” tavsiya qilganini tan olgan edi. U gidroksixloroxinni klinik qo‘llanmaga qaytarishga urinishlar bo‘layotganini ma’lum qilgandi.

    Oradan bir necha kun o‘tib Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha shtab a’zosi, professor Habibulla Oqilov O‘zbekistonda “Plakvenil” (gidroksixloroxin) bilan 12 ming kishi davolanganini aytdi. Avgust oyi boshida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida professor ushbu preparatni qo‘llash masalasida O‘zbekiston JSSTning tavsiyalariga emas, balki o‘z tajribasiga tayanishini ma’lum qildi.

    O‘sha vaqtda u O‘zbekistonda bemorlar aynan gidroksixloroxin sabab sog‘ayib ketganini tasdiqlovchi tadqiqotlar o‘tkazilmaganini tan olib, “hozir bunday tadqiqotlarga vaqt ham, zarurat ham yo‘qligi”ni ta’kidlagan edi.

    Xuddi o‘sha matbuot anjumanida Dori-Darmon kompaniyasi boshqaruvi raisi Umida Solihboyeva “Plakvenil” atrofidagi muhokamalarni “siyosiy masala” deb atagandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligining qarori standart hisoblanadi. “Amaliyotchi shifokorlarga quloq solish kerak, o‘zicha sayt ochib olib, aholini chalg‘itadigan qandaydir folbinlarga emas”, – degandi u.

    Oxir-oqibat ushbu dori vositasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan uyda davolanayotgan bemorlarga bepul tarqatiladigan to‘plam ichida qoldi. Shundan so‘ng, Sog‘liqni saqlash vazirligi 2020-yil 15-sentabrdagi to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma doirasida Dori-Darmon kompaniyasidan o‘qituvchilar uchun 1 million qadoq gidroksixloroxin sotib olgani ham ma’lum bo‘ldi. Bundan tashqari vazirlik 2020-yil 9-oktabr kuni Dori-Darmondan 2,1 milliard so‘m evaziga 300 ming qadoq gidroksixloroxin sotib oldi.

    Eslatib o‘tamiz, 3-noyabr kuni Alisher Shodmonov sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan olingan. Shodmonov o‘rniga uning o‘rinbosari Abduhakim Xojiboyev vazir etib tayinlangan.

    24.12.2020, 20:37   Izoh (0)   32046
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tojikiston shimoliga O‘zbekiston tabiiy gazi yetkazib berilishi tiklandi

    24.12.2020, 19:40

    Akmal Saidov O‘zbekistondagi siyosiy partiyalar o‘zining muxolifatlik huquqlaridan foydalanmayotganini tanqid qildi

    24.12.2020, 19:15

    Buxoroning Kogon shahrida is gazidan zaharlangan 3 nafar fuqaro vafot etdi

    24.12.2020, 18:54

    O‘zbekistonda 2020-yilda 7,4 mingdan ortiq shaxsga fuqarolik berildi

    24.12.2020, 18:08

    Aziz Abduhakimov amerikaliklarni muvaffaqiyatli vaksina yaratgani bilan tabrikladi

    24.12.2020, 17:37

    “Servis xizmati bo‘lmagani sababli yarim yildan buyon ishlatilmay turgan juda qimmat tibbiy texnikalar bor”. Muhandis-texnolog bilan suhbat

    24.12.2020, 16:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.