Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston hukumatning 3-noyabrdagi qarori bilan shu paytgacha sog‘liqni saqlash vaziri lavozimida ishlab kelgan Alisher Shodmanov Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori etib tayinlandi. Shu munosabat bilan sobiq rektor Laziz To‘ychiyev mazkur lavozimdan ozod qilindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Alisher Shodmonov 2017-yilning fevral oyidan buyon sog‘liqni saqlash vaziri sifatida faoliyat olib borayotgandi. U sog‘liqni saqlash vaziri bo‘lguniga qadar Andijon davlat tibbiyot instituti prorektori, rektori lavozimlarida ishlagan.

Sobiq vazir 2020-yilning iyulida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga davolanishga yotqizilgandi. Uning o‘rniga bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev vazirlikka rahbarlik qilgandi. Avgust oyida Alisher Shodmonov ishga qaytgan. U o‘tgan haftada Turkiyaga safar qilgan vazirlik delegatsiyasiga rahbarlik qildi.

Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari 3-noyabr kuni O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga Abduhakim Mo‘minovich Xojiboyev nomzodini ma’qulladi. U 2020-yil 15-iyul kunidan beri sog‘liqni saqlash vaziri birinchi o‘rinbosari sifatida ishlayotgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?