• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda “Plakvenil”ni davolash protokollardan chiqarib tashlash haqida gapirgan “Tez yordam” ko‘rsatuvi ekspertiga tahdid qilingani aytildi (video)

    “Milliy TV” telekanalidagi “Tez yordam” ko‘rsatuvida ishtirok etgan Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi tibbiy standart va protokollarni ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i Yodgorova Klara Tohirovna Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va boshqa ko‘plab davlatlar tomonidan zararli deb topilgan “Plakvenil” dori vositasini davolash protokollardan chiqarib tashlash haqida gapirgach, unga nisbatan tahdidlar bo‘lganini ma’lum qilgan.

    Kadr: YouTube

    Kadr: YouTube

    Ko‘rsatuvda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi ta’sis kengashi raisi Komil Allamjonov “Plaknevil” protokolga qayta kiritilishi mumkinligi haqida bergan savolga Klara Yodgorova Turkiya davlatining tibbiyoti O‘zbekiston uchun namuna emasligi, JSST a’zosi sifatida eng yaxshi klinik qo‘llanmalardan foydalanish lozimligini ta’kidlab javob qaytardi.

    “Allamjonov bu borada sizga tahdidlar bo‘lgani rostmi”, – deya bergan savolga Innovatsion sog‘liqni saqlash Milliy palatasi tibbiy standart va protokollarni ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i hayajon bilan yelka qisib, “Bilmayman” degan.

    Boshlovchining “Sizga nima deyishdi o‘zi?”, deya qayta bergan murojaatiga esa “Ehtiyot bo‘ling, opajon, deyishdi!”, deb javob bergan.

    Yodgorova Komil Allamjonovning “Notanish qo‘ng‘iroq bo‘lib, notanish odam sizga ehtiyot bo‘lishni tavsiya qildimi?” qabilidagi savoliga bosh silkib, “Ha” degan mazmunda javob qaytargan.

    Blogerlar, jumladan, Bakiroo kanalida fikr-mulohazalarini bildirib boradigan iqtisodchi Otabek Bakirov mazkur videodagi gap-so‘zlarni Alisher Shodmonovning “Qalampir.uz” nashriga bergan intervyusida muxbirga qarata “Siz, farmatsevtmisiz?” deb javob qilgani hamda dorilar bemorlarning holatiga qarab qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmasa va ijobiy samara bersa, protokolga qayta kiritilishi mumkinligini aytib o‘tganiga e’tibor qaratgan.

    Videoni birinchilardan bo‘lib Telegram’ga yuklagan YouTube’dagi “Ular” loyihasi muallifi Laziz Hamidov quyidagicha post qoldirgan.

    Juda g‘alati, “Tez yordam” dasturida tibbiyot fanlari nomzodi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi tibbiy standart va protokollarni ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i Yodgorova Klara Tohirovna bilan suhbat ketyapti.

    Quyidagi ikki qismga e’tibor bering, unda umumiy qo‘llanish protokoliga umuman foydasi yo‘q va butun dunyo standartidan olib tashlangan dorilar majburan kiritilayotgani, agar Klara opa qandaydir majburiyatlarga bo‘ysunmasa, unga tahdid qo‘ng‘iroqlari bo‘layotgani haqida gap ketyapti. Qanchalar kuchli manfaatlar yotganini o‘zingizga tasavvur qilyapsizmi?

    Telegram’dagi Hamidov kanali

    “Tez yordam” ko‘rsatuvining avvalgi sonlaridan birida savdo nomi “Plakvenil” bo‘lgan gidroksixloroxin preparatining koronavirus infeksiyasini davolashdagi zararli oqibatlari haqida ma’lumot berilgan. Klara Yodgorova O‘zbekistondagi barcha tibbiyot muassasalari — Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi shifoxonalar ham, xususiy shifoxonalar ham oxirgi tasdiqlangan davolash qo‘llanmasiga rioya qilgan holda ish ko‘rishi shartligini eslatgandi.

    “Pandemiya avvalida koronavirusni davolash uchun aniq dori vositasi yo‘q edi. Shunda mavjud dori vositalari, xususan, xloroxin, gidroksixloroxin, azitromitsin kabilarni birinchi bo‘lib Xitoyda qo‘llash boshlandi. Keyinchalik ular Yevropa davlatlarida ham qo‘llanila boshlandi.

    Mart oyida JSST ushbu preparatlarning samaradorligi bo‘yicha dalillar olish uchun Xalqaro hamdo‘stlik tadqiqotini boshladi. 96 ming koronavirus bemorlarining ma’lumotlari jamlanib, AQShning Garvard va Shveysariyaning Syurix universiteti olimlariga taqdim qilindi.

    O‘rganishlar natijasida olimlar bu dorilarning nafaqat samara bermasligini, balki bemorlarda o‘lim xavfini oshirishi mumkinligini aniqladi. Mazkur preparatlardan foydalanish dastlab Fransiyada to‘xtatildi, Germaniya millionlab dorilarni ishlab chiqaruvchilarga qaytarib berdi, AQSh olimlari ham bu doriga o‘z e’tirozini bildirdi. Mazkur tadqiqot natijasi tibbiyot olamida nufuzli bo‘lgan The Lancet jurnalida ham chop etilgan.

    Shularni hisobga olgan holda JSST 27-may kuni yangi vaqtinchalik qo‘llanma chiqarib, barcha davlatlarga o‘z davolash standartlarini qayta ko‘rib chiqishni tavsiya qildi.

    Milliy palata ekspertlari va Sog‘liqni saqlash vazirligi ishchi guruhi birgalikda 30-iyun kuni COVID-19’ni yengil shaklda o‘tkazib, uyda davolanayotganlar va og‘ir formada statsionarda davolanayotganlar uchun ikkita qo‘llanma ishlab chiqdi. Ulardagi ma’lumotlar 13-iyul kuni sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i bilan tasdiqlangan va chop etilgan. Gidroksixloroxin mazkur qo‘llanmalardan ham olib tashlangan”, — degan edi Yodgorova.

    19-iyulda Respublika maxsus komissiyasi a’zosi, professor Feruza Hamroboyeva JSST samarasiz deb topgan gidroksixloroxin preparati O‘zbekistonda nega qo‘llanilayotganiga izoh bergan va koronavirusga qarshi kurashda sezilarli yutuqlarga erishgan Xitoy bilan vebinarlar o‘tkazilayotgani, klinik protokol bir umrlik hujjat emasligi, u doim qayta ko‘rib chiqilishini aytgandi.

    Keyinchalik Hamroboyevaning o‘zi “Tez yordam” ko‘rsatuvida 13-iyulda dori davolash protokolidan olib tashlangani, rasmiy protokol ko‘rib chiqilgani va bepul tarqatiluvchi to‘rttalik dori-darmon guruhi ichidagi gidroksixloroxin davolash protokolidan chiqarilganini bildirgan.

    Ma’lumot uchun, gidroksixlorin — bezgak va revmatologik kasalliklarga qarshi preparat. U xinin (xloroxin) moddasining sintetik analogi asosida tayyorlanadi. Tibbiyotda undan 1955-yildan buyon foydalaniladi.

    16-iyul kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov rahbarligida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishida uyida davolanayotgan koronavirus bemorlarini bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash yuzasidan qaror qabul qilinib, ularga yetkazib beriladigan dori-darmonlar ro‘yxati tasdiqlangan. Ushbu ro‘yxatga “Gidroksixloroxin”, “Azitromitsin”, “Paratsetamol”, “C Vitamin” kabi dori-darmonlar kiritilgan.

    25.07.2020, 06:27   Izoh (0)   56060
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoroda iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarayotgan sex fosh etildi

    25.07.2020, 06:06

    O‘zbekistonda 24-iyul kuni 492 kishida koronavirus aniqlandi. To‘rt ayol vafot etdi, ulardan biri homilador bo‘lgan

    25.07.2020, 00:23

    Qashqadaryoda 89 ta yangi kasallanish holati qayd etildi. O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 19 360 nafarga yetdi

    25.07.2020, 00:12

    Namanganda koronavirusga chalingan 62 yoshli ayol hayotdan ko‘z yumdi. Bu viloyatdagi 5-o‘lim holati

    24.07.2020, 23:57

    Qashqadaryoda koronavirusga chalingan 35 yoshli ayol vafot etdi. Bemor homilador bo‘lgan

    24.07.2020, 23:47

    O‘zbekistonda aholining qancha qismi koronavirus pandemiyasi sabab sog‘lig‘idan va moliyaviy qiyinchiliklardan tashvishda ekanligi aniqlandi

    24.07.2020, 22:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 10:25

    Isroil HAMASning 6 ta yuqori martabali dengiz qo‘mondonini yo‘q qilganini e’lon qildi

    Dunyo | 12 iyul, 10:06

    Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

    Dunyo | 12 iyul, 09:35

    “Mantiqsizlik. Bu futbol uchun qora kun” — “Kristal Pelas” Yevropa Ligasidan chetlatildi

    Sport | 12 iyul, 09:14

    Toshkent va Farg‘onada universitetlar kafedra o‘qituvchilari pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 08:57

    Jeyn Birkinga tegishli bo‘lgan birinchi Hermes Birkin sumkasi kimoshdi savdosida 7 mln yevroga sotildi

    Layfstayl | 12 iyul, 08:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.