• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Habibullo Oqilov “Plakvenil” bilan bog‘liq turli bahs-munozarali savollarga javob qaytardi

    Dunyo bo‘ylab keng muhokamalarni keltirib chiqarayotgan “Plakvenil” (gidroksixloroxin) dori vositasi O‘zbekiston tajribasiga ko‘ra, o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatmoqda. Bemor bilan muloqotda bo‘lganlarga ham profilaktika sifatida mazkur dori haftasiga 2 ta tabletka berilyapti. Bu haqda 3-avgust, dushanba kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

    Tadbirda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Anvar Alimovning ta’kidlashicha, JSST “Plakvenil”ning koronavirusni davolashdagi ta’sirini o‘rganish bo‘yicha boshlagan ishini yakuniga yetkazmagan.

    Foto:

    Foto: "Daryo"

    “Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti “Plakvenil”ning koronavirusni davolashdagi ta’sirini o‘rganish bo‘yicha 26-may kuni ishchi guruhini tashkil etdi. Ammo o‘rganish ishlarini oxirigacha yetkazmasdan, tekshiruvlar to‘xtatilgani to‘g‘risida 3-iyun kuni ma’lumot berdi.

    Keyin JSST barcha davlatlarga Lancet jurnalida chop etilgan ma’lumotlarni asos sifatida ko‘rib chiqinglar, deb tavsiya berdi. Yuqorida aytganimdek, tashkilot tekshiruvlarni amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh tuzdi. Bir haftadan so‘ng “Biz bu tekshiruvlarni to‘xtatyapmiz. Natijasi hali noma’lum, biz bunga yana qaytamiz”, deya mavzuni yopdi. Bu “Plakvenil” mavzusining siyosiy masala ekanini ko‘rsatadi”, dedi Alimov.

    SSV vakili Habibullo Oqilovning fikricha, O‘zbekiston o‘z tajribasiga asosan, “Plakvenil”dan foydalanmoqda va bu samara beryapti.

    “JSST topshiriq beradigan tashkilot emas, u faqat tavsiya beruvchi tashkilot. Uning tavsiyalarini qabul qilish-qilmaslik har bir davlatning o‘ziga bog‘liq.

    O‘zbekiston mart oyidan beri shu kungacha koronavirus bilan kurashib, bu borada o‘z tajribasiga ega bo‘ldi. Shuning uchun biz boshqalarning tajribasiga qaramasak ham bo‘ladi.

    Bizning tajribamizga ko‘ra, “Plakvenil” ishlayapti, o‘z samarasini ko‘rsatyapti. Davolash protokolining 6-versiyasi – hozir amal qilayotgan variantida ham “Plakvenil” bor. U faqatgina kasallikning boshlang‘ich bosqichida, ya’ni birinchi 3-5 kunda berilsa, o‘z samarasini ko‘rsatmoqda.

    Bundan tashqari, bemor bilan muloqotda bo‘lganlarga profilaktika sifatida “Plakvenil”dan haftasiga 2 ta tabletka berilyapti. Bu ham protokolga kiritilgan. Lekin har bitta versiyaga “Bu vaqtincha qabul qilingan qo‘llanma”, deb yozib qo‘yilgan. Ertaga, indinga, keyingi haftaga ma’lumotlar o‘zgaradigan bo‘lsa, bunga yana o‘zgartirishlar kiritilaveradi. Bugungi kunga kelib, bu dori bizda qabul qilingan va iste’mol qilinmoqda.

    Bir necha hafta oldin mamlakatimizda 12 ming nafar bemor davolanib chiqqanini va ularning aksariyati “Plakvenil” qabul qilganini aytgandim. So‘nggi statistika bo‘yicha davolanib chiqqan 16 ming 838 nafar bemorning ham ko‘p qismi “Plakvenil” olgan. Chunki shifoxonalarda davolanayotganlarning aksariyati bitta sxema asosida davolanmoqda va mana shu ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda”, dedi Oqilov.

    Foto:

    Foto: "Daryo"

    Shtab a’zosi “Plakvenil”ni profilaktika maqsadida ichish mumkinligi hamda ushbu dorining O‘zbekiston tajribasidagi ijobiy ta’sirini tasdiqlovchi tadqiqotlar o‘tkazilmaganligiga to‘xtalarkan, xususan, shunday dedi:

    “AQSh davlat rahbari, Braziliya prezidenti Bolsonaru ham koronavirusdan profilaktika uchun “Plakvenil” ichdi.

    Amerikada koronavirus shifoxonalarida ishlayotgan o‘zbek mutaxassislari bilan gaplashganimizda, ular ham “Plakvenil” bo‘yicha turli yondashuvlar borligini, ammo shifoxonada ishlayotganlarning hammasi profilaktika uchun shu dorini ichayotganini aytishdi. Shuning uchun ham biz uni protokolga kiritdik va kasallikka chalinganlar bilan birinchi muloqot qilganlarga tavsiya etyapmiz.

    “Plakvenil”ning O‘zbekistonda davolash protokolidan chiqarilib, keyin yana kiritilgani butun dunyoda kuzatilmoqda. Lancet jurnali shunday yozgani uchun ko‘pchilik uni protokoldan chiqardi, jurnal maqolasini qaytarib olgach, aksariyat davlatlar yana uni qo‘llashga qaytdi. Biz ham o‘z tajribamizga qaytdik. Bu doridan voz kechganimizda kasallik ko‘rsatkichlari salbiy tomonga o‘zgardi, buni ko‘rdik.

    Hozir bu dorining tajribamizdagi ta’sirini tadqiqot qilishga vaqt ham, ehtiyoj ham yo‘q. 16 ming 300 nafardan ziyod tuzalib chiqqan bemorlarning kasallik tarixi bor. Ular arxivda kamida 25 yil turadi. Ular asosida ko‘p tadqiqotlar qilinadi, unda xulosalar chiqarilishiga aminman”, dedi Habibillo Oqilov.

    04.08.2020, 07:26   Izoh (0)   31840
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkiyada charter reysdan qolib ketgan o‘zbekistonliklar yuzasidan rasmiy izoh berildi

    04.08.2020, 06:59

    Habibullo Oqilov: Haqiqatan ham statistikadagi koronavirusdan vafot etganlar soni bilan real hayotdagi o‘limlar soni orasida tafovut bor

    04.08.2020, 01:33

    Magistraturaga hujjat topshirgan va hujjatlari rad etilgan abituriyentlarga kamchiliklarni bartaraf etish uchun qo‘shimcha vaqt berildi

    04.08.2020, 00:37

    O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi COVID-19’ni ambulator hamda uy sharoitida davolash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqdi

    04.08.2020, 00:22

    O‘zbekistonda 3-avgust kuni 748 kishida koronavirus aniqlandi. Ahvoli og‘ir bemorlar soni 1100 nafardan oshib ketdi

    03.08.2020, 23:59

    “Koronavirus sabab GTL zavodi qurilishida ishlayotgan ishchilar soni 11 mingdan 2 minggacha kamayib ketdi” – Energetika vazirligi

    03.08.2020, 23:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.