• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zSSV o‘qituvchilar uchun 1 mln qadoq gidroksixloroxin sotib oldi. JSST bu dorini samarasiz deb hisoblaydi, Fransiya hukumati esa undan keng foydalanishni taqiqlagan

    O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi 15-sentabrdagi to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma doirasida Dori-Darmon kompaniyasidan Hindistonda ishlab chiqarilgan “Oksivin” (gidroksixloroxin) preparatidan bir million qadoq sotib olgan. “Gazeta.uz”ning davlat xaridlari saytidagi ma’lumotlarga asoslanib yozishicha, 10 ta tabletkali bir qadoq dori 7300 so‘mdan tushgan.

    Foto: Anadolu

    Foto: Anadolu

    Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan imzolangan 46-son bayoni bilan o‘qituvchilarga tavsiya tariqasida gidroksixloroxin va rux (sink) preparatlarini tarqatish taklifi ma’qullangan, bundan ko‘zlangan maqsad – maktablarda pandemiyaning noxush oqibatlari va o‘qituvchilarning koronavirus bilan kasallanishining oldini olish. Ushbu qarorni qabul qilishda sog‘liqni saqlash sohasidagi yetakchi mutaxassislar (E.Bositxonova, N.Parpiyev, I.Liverko, L.To‘ychiyev, H.Oqilov) fikri inobatga olingan.

    Respublika maxsus komissiyasi bayoni bilan gidroksixloroxin va ruxni to‘g‘ridan to‘g‘ri Dori-Darmon kompaniyasidan sotib olish va tibbiyot punktlari orqali o‘qituvchilarga tarqatish haqida ko‘rsatma berilgan. Hujjatda Dori-Darmon kompaniyasi O‘zbekistonga allaqachon 1 million qadoq gidroksixloroxin (200 mg №10) olib kirayotgani ko‘rsatib o‘tilgan. Dori vositalarini Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan sotib olish haqida topshiriq berilgan.

    Foto: Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi

    Foto: Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi

    Avvalroq Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchilar orasida gidroksixloroxin va ruxni bepul taqsimlash uchun Xalq ta’limi va Sog‘liqni saqlash vazirliklari tomonidan qo‘shma buyruq qabul qilingani haqida xabar bergan edi. Viloyatlardagi xalq ta’limi boshqarmalari ham dori vositalari solingan qutilarni qabul qilib olganini ma’lum qilgan edi.

    Gidroksixloxin dunyoda

    Gidroksixloroxin – bezgak (malyariya), revmatoid artrit, yuvenil surunkali artrit, diskoid va tizimli qizil yugurik (volchanka), quyosh nuri ta’sirida yuzaga kelgan yoki kuchaygan teri kasalliklarida tavsiya qilinadigan dori vositasi.

    Pandemiya boshida dastlabki “kuzatuv” darajasidagi klinik tadqiqotlar sabab ushbu dori vositasiga katta umid bildirilgan edi. Biroq ushbu tadqiqotlar kam sonli bemorlar (36 kishi) bilan lozim darajadagi nazoratsiz o‘tkazilgan. Gap fransuz virusologi Dide Raulning 20-martdagi maqolasi haqida bormoqda – unda olim gidroksixloroxinni azitromitsin bilan birga qo‘llash natijasida virusning yuklamasi pasayganini tavsiflagan. Dorining ommalashuviga AQSh prezidenti Donald Tramp ham ko‘p hissa qo‘shdi – u ushbu dorini qabul qilib, uning samarali ekani haqida bir necha bor bayonot berdi.

    Arzonligi, topish osonligi, bundan boshqa ommaviy muqobil variant yo‘qligi va dastlabki umidbaxsh ma’lumotlar ushbu dori vositasining uzoq muhokamalardan so‘ng Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tashabbusi bilan boshlangan “Birdamlik” tadqiqoti dasturiga (soddalashtirilgan protokolli yirik xalqaro klinik tadqiqot, unda masofadan turib istalgan kasalxona qatnashishi mumkin) va yana boshqa ko‘plab tadqiqotlarga kiritilishiga sabab bo‘ldi, deb yozadi Meduza.

    Iyun oyiga kelib to‘plangan klinik tajriba shuni ko‘rsatdiki, gidroksixloroxin va bezgakka qarshi boshqa dorilar COVID-19 ni davolashda samarali emas. Preparatlar koronavirus oqibatida yuz bergan o‘limlar sonini kamaytirishga yoki shifoxonada yotib davolanish davomiyligiga ta’sir qilmagan. Shu hamda boshqa ma’lum va nisbatan jiddiy aks ta’sirlari (avvalo, yurak ritmining buzilishi) sabab bir qator tadqiqotlarning rahbarlari tekshiruvlarni muddatidan avval to‘xtatdi, AQShning Oziq-ovqat va dori vositalari sifati ustidan sanitar nazorat boshqarmasi (FDA) esa preparatni koronavirusga chalingan bemorlar bilan bog‘liq klinik tadqiqotlardan boshqa o‘rinda foydalanish uchun ruxsatnomani chaqirib oldi.

    Iyul oyi boshida JSST gidroksixloroxinni “Birdamlik” dasturidan chiqarib tashladi. Keyinroq Yevropa dori vositalari agentligi ushbu preparat yirik randomlashtirilgan klinik tadqiqotlar (Solidarity, Recovery va Discovery) doirasida koronavirusni davolashda biror-bir ijobiy samara ko‘rsatmaganini ma’lum qildi.

    Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi esa gidroksixloroxinni koronavirusning yengil va o‘rta yengil shakli bilan kasallangan bemorlarni davolash bo‘yicha tavsiyanomalardan chiqarmaslikka qaror qildi.

    “Ushbu qaror jahondagi yangi ilmiy ma’lumotlar asosida qabul qilingan bo‘lib, bu ma’lumotlar gidroksixloroxin kasallikning faqat boshlang‘ich rivojlanish davrida, kasallik belgilari paydo bo‘lganidan keyingi beshinchi kungacha aks ta’sirlari hisobga olingan holda tavsiya qilinsa, samarali ekanini ko‘rsatmoqda”, – deyiladi vazirlikning sentabr oyidagi axborotida.

    Gidroksixloroxin O‘zbekistonda

    O‘zbekistonda gidroksixloroxindan pandemiya boshidan beri foydalanilmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi va Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi (ISSMP) 13-iyul kuni koronavirusga chalingan bemorlarni davolash bo‘yicha qo‘shma klinik qo‘llanmani tasdiqladi. Nufuzli Lancet tibbiyot jurnalida ushbu preparatning samarasiz ekani haqida maqola e’lon qilingach, qo‘shma klinik qo‘llanmadan gidroksixloroxin chiqarib tashlangan edi.

    Gidroksixloroxindan foydalanishga qarshi chiqqan ISSMP vakili Klara Yodgorova “Tez yordam” ko‘rsatuviga bergan intervyusida noma’lum shaxslar unga telefon orqali tahdid qilgani, “ehtiyot bo‘lib yurishni” tavsiya qilganini tan olgan edi. U gidroksixloroxinni klinik qo‘llanmaga qaytarishga urinishlar bo‘layotganini ma’lum qilgandi.

    Oradan bir necha kun o‘tib Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha shtab a’zosi, professor Habibulla Oqilov O‘zbekistonda “Plakvenil” (gidroksixloroxin) bilan 12 ming kishi davolanganini aytdi. Avgust oyi boshida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida professor ushbu preparatni qo‘llash masalasida O‘zbekiston JSSTning tavsiyalariga emas, balki o‘z tajribasiga tayanishini ma’lum qildi.

    Ayni vaqtda u O‘zbekistonda bemorlar aynan gidroksixloroxin sabab sog‘ayib ketganini tasdiqlovchi tadqiqotlar o‘tkazilmaganini tan olib, “hozir bunday tadqiqotlarga vaqt ham, zarurat ham yo‘qligi”ni ta’kidlagan edi.

    Xuddi o‘sha matbuot anjumanida Dori-Darmon kompaniyasi boshqaruvi raisi Umida Solihboyeva “Plakvenil” atrofidagi muhokamalarni “siyosiy masala” deb atagandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligining qarori standart hisoblanadi. “Amaliyotchi shifokorlarga quloq solish kerak, o‘zicha sayt ochib olib, aholini chalg‘itadigan qandaydir folbinlarga emas”, – degandi u.

    Oxir-oqibat ushbu dori vositasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan uyda davolanayotgan bemorlarga bepul tarqatiladigan to‘plam ichida qoldi. Davlat organlari ushbu dorini sotib olishda va uning foydasi haqida bong urishda davom etmoqda. Masalan, Sog‘liqni saqlash vazirligi 9-oktabr kuni Dori-Darmondan 2,1 milliard so‘m evaziga 300 ming qadoq gidroksixloroxin sotib olgan.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati 20-oktabr kuni koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha shtab a’zosi E’zozbek Rizayevning intervyusini e’lon qildi, unda gidroksixloroxin preparati O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda ijobiy natija bergani ta’kidlanadi.

    “Bizga ma’lumki, virus inson organizmiga kirgan paytda nafas yo‘lining yuqori qismida o‘rtacha to‘rt kun davomida saqlanib turadi. Gidroksixloroxin kasallikning ayni mana shu davrida o‘zining yuqori samaradorligini namoyish etadi. Ammo virus o‘pkaga yetib borganidan so‘ng gidroksixloroxin foyda bermaydi. Shu sababdan ham kasallikning boshlang‘ich davrida ushbu preparatni qo‘llash foyda bermoqda”, – degan Rizayev.

    E’zozbek Rizayev Marsel universiteti tadqiqotiga asoslanib fikr bildirgan -- unga ko‘ra, kasallikning ilk kunlarida gidroksixloroxin qabul qilgan 6 bemorning 5 nafari 6-7 kunda sog‘aygani, aksincha, gidroksixloroxin berilmagan bemorlarning ahvoli 14-20 kungacha yaxshilanmagan. Shtab a’zosining ta’kidlashicha, “tajribadan ham ko‘rinib turibdiki, ushbu dori kasallikning ilk kunlarida qo‘llanilganda 83 foiz holatda samarador”.

    O‘tgan juma Fransiya farmatsevtika agentligi (ANSM) gidroksixloroxinni keng qo‘llashni, avvalo, mamlakat tibbiyot muassasalarida ushbu preparatdan foydalanishni taqiqladi. “TASS”ning yozishicha, ushbu qaror preparatdan foydalanish bo‘yicha Marsel universitetining “Mediterrane enfekson” gospitalidan tushgan so‘rovni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha qabul qilingan. Gospitalga ushbu preparatdan keng qo‘llayotgan va nomi yuqorida zikr etilgan professor-virusolog Dide Raul rahbarlik qiladi.

    Olim pandemiya boshidan beri gidroksixloroxinning yuqori samaradorligini isbotlashga urinadi, biroq u tibbiyot instansiyalari va turli ekspertlarning qattiq qarshiligi va keskin tanqidlariga duch kelmoqda. Dide Raul OAVdagi bahs-munozaralarini bir kun bo‘lsa-da to‘xtatmagan. Fransiyada ushbu dori vositasi Sanofi korporatsiyasi tomonidan Plaquenil (“Plakvenil”) nomi bilan chiqariladi.

    Biroq Farmatsevtika agentligi o‘z qarorida yangi koronavirusga qarshi kurashda gidroksixloroxindan foydalanishni Fransiyada to‘liq taqiqlaganini e’lon qilmagan. Shifokorlar hali ham “har bir holatni individual ko‘rib chiqish” va istisno tariqasida bu dorini tavsiya qilishi mumkin. Ular bemorlarni ushbu doridan foydalanishning noxush oqibatlaridan, xususan, yurak qon-tomir tizimiga salbiy ta’siridan boxabar qilishlari shart – Fransiya farmatsevtika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, dorining aynan yurak qon-tomir tizimiga salbiy ta’siri ayniqsa kuchli.

    26.10.2020, 12:15   Izoh (0)   19090
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Chirchiqda temiryo‘l vagoni ustida selfi qilmoqchi bo‘lgan yigit og‘ir tan jarohati oldi

    26.10.2020, 12:10

    “Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar masalasi ijobiy hal etildi” — DTM

    26.10.2020, 11:35

    Iqtisodchi olim Ahmad O‘lmasov 88 yoshida vafot etdi

    26.10.2020, 10:46

    O‘zbekistonda 27-oktabrdan havo keskin sovishi kutilmoqda

    26.10.2020, 10:22

    O‘zbekiston hududida zilzila qayd etildi

    26.10.2020, 10:10

    Milliy gvardiyaning Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasiga rahbar tayinlandi

    26.10.2020, 10:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.