“Milan” hujumchisi Rafael Leau A Seriya tarixidagi eng tezkor golni urdi.
21 yoshli portugaliyalik futbolchi Italiya chempionati 13-turi doirasida “Sassuolo”ga qarshi o‘tayotgan 20-dekabr kungi o‘yinda (2:0, ikkinchi bo‘lim) hisobni ochdi. Leauga gol urish uchun 6,2 soniya kifoya bo‘ldi.
Bu esa A Seriya tarixidagi eng tezkor gol bo‘ldi. Avvalgi rekord “Pyachensa” futbolchisi Paolo Pojiga tegishli bo‘lib, 2001-yilda futbolchi 8-soniyada to‘p kiritgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)