“Yuventus” A Seriya 13-turida 19-dekabr, shanba kuni “Parma”ni mag‘lubiyatga uchratdi (4:0).
Uchrashuvda turinliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu dubl qayd etdi va A Seriya joriy mavsumidagi gollari sonini 12 taga yetkazib oldi.
Portugaliyalik futbolchi 2020-yilda Italiya chempionatida umumiy miqdorda 33 ta gol urdi. Bu A Seriyada so‘nggi 59 yillikdagi eng yaxshi natija hisoblanadi.
Bunga qadar ushbu natijaga faqat uch futbolchi erishgan: Feliche Borelya (“Yuventus”, 41 ta gol, 1933-yil), Gunnar Nordal (“Milan”, 36, 1950-yil) va Umar Sivori (“Yuventus”, 33, 1961-yil).
Ronaldu 2020-yilda “Yuventus” safida 38 o‘yin o‘tkazdi va ularda 41 ta gol urdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)