“Arsenal” Premyer Liga 14-turi doirasida “Everton”ga qarshi kechgan 19-dekabr kungi bahsda mag‘lubiyatga uchradi (1:2).
Mikel Arteta qo‘l ostidagi jamoa chempionatda so‘nggi yetti o‘yindan buyon g‘alaba qozona olmayapti (5 mag‘lubiyat, 2 durang).
“Arsenal” 14-turdan keyin 14 ochko to‘pladi — bu 1974/75-yilgi mavsumdan keyingi eng yomon natija hisoblanadi. O‘sha mavsum londonliklar 12 ochko yig‘gandi (g‘alaba uchun 3 ochko beriladi deb hisoblanganda).
1974/75-yilgi mavsumda “Arsenal” 22 jamoa ichida 16-o‘rinni olgandi. Ayni vaqtda “kanonirlar” 15-pog‘onada bormoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)