“Spartak” yarim himoyachisi Oston O‘runov “Ufa”ga qaytishi mumkin, deya xabar qilmoqda “RIA Novosti”.
“O‘runovning qaytishi “Ufa” uchun yaxshi variant bo‘lardi. Klub uni qishki transfer vaqtida ijaraga olish yoki xarid qilish variantlarini ko‘rib chiqmoqda.
Ufaliklar safida u yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lardi, yetakchiga aylanardi. O‘runov klubning talablarini biladi, uning uchun bu tanish”, — deydi manba.
Eslatib o‘tamiz, O‘runovga Qozonning “Rubin” klubidan qiziqish bo‘lmoqda. Avvalroq moskvaliklar bosh direktori Shamil Gazizov “Rubin”dan O‘runov transferi borasida taklif tushganini ma’lum qilgandi.
O‘runov Rossiya chempionati 2020/21-yilgi mavsumida 7 ta o‘yinda maydonga tushdi, biroq ularning faqat bittasida asosiy tarkibdan o‘rin oldi. U shuningdek, Rossiya Kubogi doirasida bitta o‘yin o‘tkazib, “Spartak”dagi debyut golini urdi.O‘runov 2020-yilning yanvarida “Ufa” futbolchisiga aylangandi va 2019/20-yilgi mavsumda Rossiya Premyer Ligasida 10 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta sariq kartochka oldi. Oston yozgi transfer oynasida “Ufa”dan 1 million yevro evaziga poytaxt klubiga o‘tdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)