• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12917.1
    • RUB160.14
    • EUR14460.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Xayr, maestro! 2020-yilda butsasini mixga ilgan taniqli futbolchilar haqida

    2020-yil ham poyoniga yetib bormoqda. Ushbu yil ko‘p jihatdan qiyin o‘tdi, shu jumladan, futbolda ham bu o‘z aksini topdi. Shuningdek, mazkur yil ko‘plab futbolchilarning butsalarini mixga ilgani bilan ham yodda qoldi. Garchi, bunday futbolchilar soni ko‘p bo‘lsa-da, quyida ularning eng taniqlilariga to‘xtalib o‘tamiz.

    David Vilya

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Ushbu reytingni Vilyadan boshlash ramziy ahamiyatga ega, chunki u 2020-yilning 1-yanvarida faoliyatini yakunlagandi. O‘sha kuni David Yaponiyaning “Vissel Kobe” klubida so‘nggi o‘yinini o‘tkazgandi. Professional faoliyati davomida 644 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushgan Vilya umumiy hisobda 327 ta gol urgan. Sobiq hujumchi “Sporting X”, “Saragosa”, “Valensiya”, “Barselona”, “Atletiko”, “Nyu-York”, “Melburn Siti” va “Vissel Kobe” jamoalarida to‘p surgan. Devid bir futbolchi qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan barcha yutuqlarga erishdi: La Liga, Qirol Kubogi, Ispaniya Superkubogi, Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi, Yevropa va Jahon chempionatlari. Ushbu natijalarga faqatgina havas qilish mumkin.

    Iker Kasilyas

    Foto: “Real”

    Foto: “Real”

    Iker 2020-yilda nafaqaga chiqqan yana bir ispaniyalik futbolchi. To‘g‘ri, Kasilyas 2019-yilning may oyida deyarli butsalarini mixga ilib bo‘lgandi. O‘shanda Kasilyas yurak xurujini boshidan o‘tkazgan va shundan so‘ng u boshqa maydonga qaytmadi. Ispaniyalik futbolchi 2020-yilning 4-avgustida 39 yoshida faoliyatini yakunlaganini rasman e’lon qildi. Kasilyas “Portu” jamoasi a’zosi sifatida katta futbol bilan xayrlashdi. Ammo sobiq darvozabonning faoliyatidagi asosiy klub, shubhasiz, “Real” bo‘lib qolaveradi. Iker ham Vilya singari barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan. U barcha musobaqalarda 1039 uchrashuv o‘tkazib, 24 ta sovringa ega chiqdi.

    Xavyer Maskerano

    Foto: Sportskeeda

    Foto: Sportskeeda

    Argentinalik futbolchi iste’foga chiqqani haqida 16- noyabr sanasida e’lon qildi. Maskerano endilikda maydonga tushish uchun o‘zida ishtiyoq sezmayotganini tan oldi. Qolaversa, karantindan keyin futbolchi jismoniy holatini yaxshilay olmadi. Xavyerning so‘nggi klubi Argentinaning “Estudiantes”i bo‘lib, u 36 yoshida futbol bilan xayrlashdi. Bungacha Maskerano “River Pleyt”, “Korintians”, “Vest Hem”, “Liverpul”, “Barselona” va “Xebey Chayna” jamoalarida o‘ynagandi. Kataloniyaliklar safida Maskerano klub darajasidagi barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan. “Ko‘k-anorranglilar” tarkibidagi 8 yillik faoliyati davomida u butun “Barselona”ga o‘rnak bo‘la olgan. Argentina terma jamoasi bilan Xavyer ikki bor Olimpiadada g‘olib chiqqan, ammo Jahon Chempionati va Amerika Kubogida g‘alaba qozonish unga nasib etmagan.

    Mario Gomes

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Nemis futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan futbolchilardan biri Mario Gomes 2020-yilda katta futbol bilan xayrlashdi. So‘nggi mavsumida Gomes “Shtutgart”ning Bundesligaga qaytishida katta yordam berdi. 2020-yilning 28-iyunida Mario rasman faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Nemis 34 yoshida katta sportdagi faoliyatiga nuqta qo‘ydi. U “Shtutgart”dan tashqari “Bavariya”, “Fiorentina”, “Beshiktosh” va “Volfsburg” kabi jamoalarda to‘p surdi. Gomesning eng muvaffaqiyatli davri Myunxenda bo‘lganini anglash qiyin emas. “Qizil mashina” safida sobiq futbolchi UEFA Superkubogidan tashqari, barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Afsuski, Mario Germaniya termasi safida birorta ham finalda g‘alaba qozona olmagan.

    Vensan Kompani

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Anderlext”ning amaldagi murabbiyi 2020-yil 17-avgustida faoliyatini yakunladi va darhol jamoaga bosh murabbiy etib tayinladi. Kompani 34 yoshida faoliyatini yakunlab, o‘z omadini murabbiylikda sinab ko‘rishga qaror qildi. Futbolchilik davrida Vensan “Anderlext”dan ketganidan keyin dastlab, “Hamburg” so‘ngra “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tdi va “shaharliklar” safida 11 mavsum o‘tkazib, ingliz klubi tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biriga aylandi. U “Manchester Siti” bilan birgalikda ichki chempionat bahslarida barcha sovrinlarga ega chiqqan. Ammo Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish nafaqat o‘sha davr, balki shu kungacha ham “shaharliklar” uchun armon bo‘lib qolmoqda. Belgiya terma jamoasida esa sobiq futbolchining yagona yutug‘i 2018-yilgi Jahon Chempionatidagi bronza medali bo‘lgan.

    Daniele de Rossi

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    De Rossi garchi, Franchesko Totti singari jamoaning asosiy yulduzi bo‘lmasa-da, “Roma” va uning muxlislari uchun haqiqiy afsona hisoblanadi. Daniele 17 yil davomida bo‘rilarning asosiy tarkibida o‘ynab keldi. Bu sobiq futbolchining deyarli butun faoliyatiga to‘g‘ri keladi. U 2019-yilning iyul oyida “Boka Xuniors” futbolchisiga aylandi va 2020-yilning 6-yanvar sanasida 36 yoshida nafaqaga chiqdi. “Roma”dagi butun faoliyati davomida sobiq yarim himoyachi atigi ikkita sovrinni qo‘lga kiritgan (Italiya Kubogi va mamlakat Superkubogi). Ammo de Rossi Italiya terma jamoasi safida Jahon chempioni (2006-yili) bo‘lgan. Aynan ushbu sovrin Denielening klub miqyosida yutolmagan barcha sovrinlaridan qadrliroqdir.

    Gabi

    Foto: Marca

    Foto: Marca

    “Atletiko” afsonasi Gabi bir necha kun oldin katta futbol bilan xayrlashganini e’lon qildi. 37 yoshli ispaniyalikning so‘nggi jamoasi Qatarning “As-Sadd” klubi bo‘ldi. Sobiq futbolchi bundan tashqari, “Xetafe” va “Saragosa”da ham o‘ynagan. Ammo ko‘pchilik uni aynan “Atletiko”dagi o‘yinlari bilan yaxshi eslaydi.

    Gabi Madrid klubida shakllanishning barcha bosqichlari – akademiyadan tortib to asosiy tarkibning sardorligigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. “Matraschilar” safida u Ispaniyada maqtanishga arziydigan sovrinlarni qo‘lga kiritgan, shuningdek, Gabi jamoaning Yevropa Ligasi (ikki marta) va UEFA Superkubogidagi g‘alabalariga ham o‘zining beqiyos hissasini qo‘shgan.

    Shtefan Lixtshtayner

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Lixtshtayner professional faoliyati davomida La Ligadan tashqari, barcha top chempionatlarda o‘ynab chiqqan. Shveysariyalik vatanini tark etganidan keyin “Lill”, “Latsio”, “Yuventus”, “Arsenal” va “Augsburg” kabi jamoalarda to‘p tepgan. Shtefanning so‘nggi jamoasi “Augsburg” bo‘ldi. Sobiq futbolchi 36 yoshida 2020-yilning 12-avgustida faoliyatini rasman yakunladi. Uning eng muvaffaqiyatli davri “Yuventus”dagi faoliyatiga to‘g‘ri keladi. “Keksa sinyora” safida esa Lixtshtaynerning Italiyada yutmagan sovrini qolmadi. Biroq unga “Yuventus” safida Chempionlar Ligasi bosh sovrinini boshi uzra baland ko‘tarish nasib etmagan.

    Andre Shyurrle

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Ro‘yxatni uning eng yosh vakili yopib beradi. Shyurrle atigi 29 yoshida hammasidan voz kechdi. U 17-iyul sanasida butsalarini mixga ildi va motivatsiya topish tobora qiyinlashayotganini, muvaffaqiyatsizliklar esa unga yomon ta’sir qilayotganini tan oldi. Faoliyati davomida sobiq vinger “Mayns”, “Bayer”, “Chelsi”, “Volfsburg”, “Borussiya D”, “Fulhem” va “Spartak Moskva” jamoalarida o‘ynadi. Shyurrle Angliya va Germaniyada bir nechta sovrinlarni ham qo‘lga kiritdi, ammo sobiq futbolchining asosiy yutug‘i, shubhasiz, JCh–2014 dagi g‘alabasi sanaladi. Nemis tez-tez klublarini almashtirar va hech birida o‘z o‘rnini topa olmas edi. Shunga qaramay, uning faoliyatida faxrlanishga arziydigan jihatlarni topish mumkin.

    Manba

    Boshqa maqolalar:

    • Messi, Ronaldu, Maradona va Ronaldinyo. Futbol tarixidagi betakror o‘yinchilar
    • Ronaldu, Messi, Pele, Drogba va Bekhem. Jiddiy kasalliklarni yengib o‘tgan taniqli futbolchilar
    • Zidan, Ibragimovich, Messi Neymar va Ronaldinyo. XXI asrning eng texnikasi yuqori bo‘lgan futbolchilari haqida
    • Pepedan Ibragimovichgacha. Lionel Messi bilan chiqisha olmagan dunyo futboli yulduzlari
    • Kasilyasdan Kokegacha. Krishtianu Ronaldu bilan chiqisha olmagan dunyo futboli yulduzlari haqida
    • Xarobadan chiqqan millionerlar. Kambag‘al oilada voyaga yetgan taniqli futbolchilar
    • Yuqori moliyaviy talablar, katta o‘yinlarda “yo‘qolib” qolish va voz kechilgan oltin medal. Jasur Yaxshiboyevning Belarusdagi sarguzashtlari
    • Eldorni endilikda Moskvadagi taksichilar ham kuzatmoqda. Shomurodovning samarali harakatlari va “Jenoa”ning mag‘lubiyatlari haqida

    07.12.2020, 11:31   Izoh (0)   19964
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Floyd Meyvezerning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi. U blogerga qarshi jang qiladi

    07.12.2020, 10:25

    A Seriya. “Milan” Genuyada qiyin g‘alabaga erishdi, “Napoli” yirik hisobda zafar quchdi, “Roma” esa ochko yo‘qotdi

    07.12.2020, 08:17

    APL. “Liverpul” o‘z uyida “bo‘rilar” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi

    07.12.2020, 02:25

    APL. “Tottenhem” shimoliy London derbisida “Arsenal”ga imkoniyat qoldirmadi

    06.12.2020, 23:34

    Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi 1/8 final o‘yinlari boshlanish vaqti va ularda ishlaydigan hakamlar ma’lum bo‘ldi

    06.12.2020, 23:01

    IFFHS talqiniga ko‘ra 2020-yilning eng yaxshi pleymeykeri aniqlandi

    06.12.2020, 22:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy Rossiya urushni tugatish uchun “noreal” shartlar qo‘yayotganini aytdi

    Dunyo | 18 may, 23:55

    Rossiyadagi koloniyadan tunnel qazib qochgan 5 nafar o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 18 may, 23:25

    Superliga. “Paxtakor” yirik hisobda g‘alaba qozondi

    Sport | 18 may, 23:15

    Dunyoda 300 mln odam ochlikdan o‘lishi mumkin

    Dunyo | 18 may, 23:00

    Superliga. “Xorazm” “Mash’al”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 18 may, 22:18

    Video: 105 yashar otaxonni haj safariga kuzatayotgan Namangan hokimi

    O‘zbekiston | 18 may, 22:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.