• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Kattaqo‘rg‘onlik fuqaro tuman prokuraturasidan norozi. Uning fikricha prokuratura XTB mansabdor shaxslarining jinoyatini yashirmoqda

    “Daryo”ga Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro Dilshoda Shodmonova murojaat qilib, tuman prokuraturasi xodimlaridan norozi ekanligini bildirdi. Ta’kidlashicha, u 2020-yilning avgust oyida Kattaqo‘rg‘on tuman xalq ta’limi bo‘limining hisobchilari ustidan norozilik bildirib, ariza yozgan. Ushbu ariza asosida o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida tuman xalq ta’limi bo‘limida katta kamomad aniqlangan. Biroq oradan uch oy o‘tgan bo‘lishiga qaramasdan prokuratura hech qanday chora ko‘rmagan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev Samarqand viloyat prokuraturasi orqali holatga aniqlik kiritdi.

    Samarqand viloyat prokuraturasining ma’lum qilishicha, fuqaro Dilshoda Shodmonova tuman xalq ta’lim bo‘limi va uning tasarrufidagi umumta’lim maktabi mansabdor shaxslari tomonidan ish faoliyati davomida qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligini bildirib, murojaat qilgan. Arizaga asosan mutaxassislar jalb qilingan holda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan va XTB mansabdor shaxslari tomonidan ishchi xizmatchilarning oylik ish haqlari hisobidan shakllangan 35 million 677 ming so‘m pul mablag‘lari “Ma’rifatparvar” jamiyatiga ko‘chirib berilmasdan, boshqa maqsadlarga yo‘naltirilib, budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani ma’lum bo‘lgan.

    Tuman xalq ta’limi bo‘limining markazlashgan hisobxona xodimlari tomonidan 29 ta umumta’lim maktabining o‘qituvchi va ishchi xodimlarining ish haqidan shanbalik uchun ushlangan mablag‘lardan 64 million 895 ming so‘mi tuman davlat soliq inspeksiyasiga taqdim qilingan reyestrlarda 29 ta umumta’lim maktabining o‘qituvchi va ishchi-xizmatchi xodimlarining soliq to‘lovlari uchun o‘tkazilmasdan, markazlashgan hisobxona hisobchilari va ularning yaqin qarindoshlarining mol-mulk va yer solig‘i to‘lovlari uchun asossiz ravishda o‘tkazib berilganligi aniqlangan.

    Shuningdek, tumandagi 33, 51 va 56-sonli maktablarda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni noto‘g‘ri hisoblanishi natijasida pedagog o‘qituvchilarga majburiy ushlanmalardan tashqari olti holatda 15 million 191 ming so‘mlik ustama va ish haqi hamda unga tenglashtirilgan to‘lovlar ortiqcha hisoblanib, to‘lab berilganligi ma’lum bo‘lgan.

    Natijada yuqoridagi holatlarda tuman XTB mansabdor shaxslari tomonidan jami 115 million 763 ming so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingan.

    Mazkur holat yuzasidan 2020-yilning 29-oktabr kuni tuman XTB mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    Tergov harakatlari davomida tuman xalq ta’limi bo‘limining moliyaviy xo‘jalik faoliyati yuzasidan hujjatli taftish tayinlangan. Ish yuzasidan tuman xalq ta’limi bo‘limi mansabdor shaxslari va uning tasarrufidagi maktab ishchi-xodimlari so‘roq qilingan.

    Viloyat prokuraturasi axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, o‘tkazilgan tekshiruv va uning natijalari bo‘yicha fuqaro Dilshoda Shodmonovaga bir necha marotaba, xususan, oxirgi marotaba 2020-yilning noyabr oyining birinchi o‘n kunligida tuman prokuraturasi binosida aynan uning murojaati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi va hozirda mutaxassislar jalb qilingan holda hujjatli taftish o‘tkazilayotganligi to‘g‘risida tushuntirish berilgan.

    Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan mazkur jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Mavzuga doir: 

    • “Erim bir necha kishi tomonidan o‘ldirilgan, ammo prokuratura bir kishini ayblash bilan kifoyalanmoqda”. Eri pichoqlab o‘ldirilgan qashqadaryolik ayol adolat istamoqda
    • Qashqadaryoda 66 yoshli chol va uning kampiri vahshiylarcha o‘ldirilib, yoqib yuborilgan. Voqea bo‘yicha gumonlanuvchilar ozodlikda yuribdi
    • “Oxirgi umidim Senat raisidan”. Samarqandda adolatsizlikka duch kelgan ayol viloyat mas’ullari bilan uchrasholmayotganini aytmoqda

    07.12.2020, 11:10   Izoh (0)   11290
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda deyarli 600 dollarga giyohvand modda sotgan ikki yigit hibsga olindi

    07.12.2020, 08:43

    O‘zbekiston va Rossiya hamkorlikda investitsiya fondi tuzish masalasini ko‘rib chiqadi

    07.12.2020, 08:13

    O‘zbekiston Konstitutsiyasi va nogironligi bor shaxslar to‘g‘risidagi qonun Brayl alifbosida chop etildi

    07.12.2020, 07:33

    Ohangaronda noqonuniy tarzda 6800 qutiga yaqin pirotexnika vositalari olib ketayotgan yuk mashinasi aniqlandi

    07.12.2020, 06:49

    “It, mushuk va ilonlar orasida yashashga majbur bo‘lyapmiz”. Amalga oshmagan “Toshkent-4” terminali jabrdiydalari tang ahvolda qolgani haqida

    07.12.2020, 06:15

    Tanzila Norboyeva bir yilda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning qanchasi oilalarga farzandlikka berilayotganini ma’lum qildi

    07.12.2020, 00:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.