Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida yo‘lovchilari bo‘lgan avtomobil Sariya kanaliga tushib ketdi. Bu haqda NDTV xabar berdi.

Hodisa oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan, yana bir necha kishi jarohatlangan.
“Mashinada kamida 14 kishi bo‘lgan. Cho‘kayotgan avtomobilni yo‘lovchilar payqab, zudlik bilan mahalliy politsiya bo‘limiga murojaat qilgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari jasadlarni olib chiqqanidan so‘ng, halok bo‘lganlar orasida bolalar ham borligi aniqlandi” deyiladi xabarda.
Hindiston Tashqi ishlar vazirligi vakili Randhir Jaysval to‘rt kishi qutqarilganini ma’lum qildi. Jabrlanganlar yengil tan jarohati olib, okrug shifoxonasiga yotqizilgan.
Uttar-Pradesh shtati bosh vaziri Yogi Adityanath hodisa munosabati bilan hamdardlik bildirgan. U halok bo‘lganlarning har birining oilasiga 500 000 rupiy (taxminan 5800 dollar) miqdorida bir martalik yordam puli ajratilishini aytdi.
Izoh (0)