• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Erim bir necha kishi tomonidan o‘ldirilgan, ammo prokuratura bir kishini ayblash bilan kifoyalanmoqda”. Eri pichoqlab o‘ldirilgan qashqadaryolik ayol adolat istamoqda

    Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida yashovchi 30 yoshli Jamshid Xushboqov pichoqlab o‘ldirildi. Marhumning yaqinlari uni bir necha kishi o‘ldirgan, degan gumonda. Tuman prokuraturasi esa mazkur jinoyatda bir nafar shaxsni ayblagan va qamoqqa olgan.

    Aziza Tursinaliyeva.

    Aziza Tursinaliyeva.
    Foto: “Daryo”

    “2019-yil 27-sentabr kuni soat taxminan 17:00 da erimning telefoni jiringladi. Telefonga javob bergan turmush o‘rtog‘im: ‘Qayerga chiqishim kerak? Xo‘p, bog‘chaning oldiga chiqaman unda’, deya telefonini o‘chirdi. Keyin namoz o‘qiyotgan paytida darvozamiz oldiga mashina kelib to‘xtadi va signal chaldi. Erim chiqavermagach, darvozamiz judayam qattiq taqilladi. Shunchalik vahimali ediki, buzib yuborgudek edi. Shunda qaynonam: ‘Eshikka qara-chi, kim ekan?’ dedi. Darvoza tomon yurdim, ammo ochishga ulgurmadim. Eshik ochilib, hovliqqan, ko‘zlari alang-jalang, vahimali ko‘rinishdagi bola: ‘Jammi akam chiqyaptimi?’ dedi. Keyin ko‘rsam, o‘sha bolaning rangi sariq ekan. Biroq o‘sha kuni qo‘rquvdanmi yoki boshqa sababmi uning rangi qorayib, kuyikkan rangda edi”, — deydi o‘sha kungi voqea haqida gapirgan marhumning xotini Aziza Tursinaliyeva.

    Marhum Jamshid Xushboqov

    Marhum Jamshid Xushboqov
    Foto: Zuhra Muqimova

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan marhumning yaqinlari uning o‘limida bir necha kishining qo‘li borligini aytmoqda.

    “Tuman prokuraturasi erimning o‘limida bir kishini ayblayapti. Va sudga ham shunday ma’lumot berilgan. Holbuki o‘sha kuni erimni uch kishi olib ketgandi. Men erimni olib ketish uchun kelganlarning mashinasini ko‘rgandim. Erimni chaqirish uchun darvozadan qaragan kishidan tashqari mashinada yana ikki kishi bor edi”, — deydi Aziza Tursinaliyeva.

    Aziza Tursinaliyeva.

    Aziza Tursinaliyeva.
    Foto: “Daryo”

    Marhumning xotini erini olib ketganlarni ko‘rgan yagona guvoh u bo‘lsa-da, prokuratura tergov davomida uni umuman eshitmaganini, shu boisdan ham prokuraturaning tergoviga ishonmasligini, o‘sha tergov xulosasi asosida o‘tayotgan sud ham adolatsizlik qilayotganini ta’kidlamoqda.

    “Erimni olib ketganlar uch kishiligini, uning o‘limida Sh.S.dan tashqari yana ikki kishining qo‘li borligini aytish uchun tuman prokuraturasi hamda viloyat prokuraturasiga bir necha marotaba bordim. Ammo meni eshitishni istashmadi. Endi sudda ham bu gaplarim inobatga olinmayapti”, — deydi marhumning turmush o‘rtog‘i.

    Aziza Tursinaliyevaning ta’kidlashicha, eri kech soat 17:00 da uch nafar shaxs bilan chiqib ketgach, soat 19:00 da erining telefon raqamidan qaynonasiga qo‘ng‘iroq bo‘lgan va uning shifoxonada ekanligi aytilgan.

    “O‘sha kuni taxminan soat 19:00 da erimning telefon raqamidan qaynonamga qo‘ng‘iroq bo‘ldi va erimning shifoxonada og‘ir ahvoldaligi xabar qilindi”, — deydi marhumning xotini.

    Xabar berilishicha, marhumning yaqinlari shifoxonaga borganda Jamshid Xushboqov komada bo‘lgan.

    Sabohat Muqimova.

    Sabohat Muqimova.
    Foto: “Daryo”

    “O‘sha kuni menga Jamshid o‘g‘limning telefonidan qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Javob bersam, o‘g‘lim emas, boshqa odam ekan. O‘g‘limni shifoxonada, ahvoli og‘ir deyishdi. Yetib borsak, o‘g‘lim koma holatida ekan. Ammo 29-sentabr kuni vafot etdi. O‘sha kundan beri adolat izlayman, ammo na prokuratura, na sud adolatli ish qildi. Hammasi adolatsizlik qilmoqda”, — deydi marhum Jamshid Xushboqovning onasi Sabohat Muqimova.

    Mazkur jinoyat ishi sudga o‘tkazilgan bo‘lib, bir nechta tuman sudlarida ko‘rib chiqilgan va ayni kunda G‘uzor tuman sudida ko‘rib chiqilmoqda.

    Jabrlanuvchilarning advokati O‘ktam Xudoyberdiyev hamda Oybek Rahimovlarning ma’lumot berishicha, tergov jarayoni tajribasiz xodim tomonidan olib borilganligi sababli ko‘plab savollar ochiq qolgan.

    “Mazkur jinoyat ishi bir guruh shaxslar tomonidan amalga oshirilgan bo‘lishi yoki bu taxmin inkor etilishi mumkin. Biroq tergov jarayonida tajribasizlikka yo‘l qo‘yilgani bois mazkur savol javobsiz qolgan. Sud ham tergov jarayonida aniqlangan holatlar bo‘yicha sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlar fikrini eshitish bilan kifoyalanmoqda. Biz jinoyat ishini oydinlashtirish uchun iltimosnomalar kirityapmiz. Biroq barcha iltimosnomalarimiz rad etilmoqda”, — deydi advokat Oybek Rahimov.

    Oybek Rahimov.

    Oybek Rahimov.
    Foto: “Daryo”

    Oybek Rahimovning ma’lumot berishicha, sudlanuvchi Sh.S. tergovdagi ko‘rsatmasida marhum uni ip bilan bo‘g‘gani sabab jon talvasasida unga pichoq sanchganini bildirgan.

    “Sudlanuvchi Sh.S. marhum mashinaning orqa o‘rindig‘ida o‘tirib, uning bo‘ynidan ip bilan bo‘g‘gani uchun unga pichoq sanchganini bildirgan. Ammo tergovda voqea joyi ko‘zdan kechirilgan, ammo o‘sha ip qayerdaligi so‘ralmagan va topilmagan. Butun boshli guruh topolmagan ipni esa keyinchalik sudlanuvchining advokati tergovchiga taqdim qilgan. Bu judayam shubhalimasmi?”, — deydi advokat Oybek Rahimov.

    O‘sha kuni voqeani kuzatib turgan guvoh voqea joyidagi oshxona ishchisi Bayram Umrzoqov voqea haqida shunday deydi.

    Bayram Umrzoqov.

    Bayram Umrzoqov.
    Foto: “Daryo”

    “Nexia-3’da ikki kishi kelib to‘xtadi. Mashinadan tushmasdan, rosa urishib, so‘kishishdi. So‘ng rulda o‘tirgan kishi mashina eshigini ochib, oyog‘ini yerga qo‘ydi. Ammo mashinadan tushmadi. Shunda janjal kuchaydi, shekilli, mashina rulida o‘tirgan kishi old o‘rindiqda o‘tirgan sherigiga pichoq urdi. Keyin mashinadan tushib, boshini changallab turdi. Biroz o‘tib esa pichoqdan yaralangan sherigini sudrab mashinada tushirdi-da, mashinaga qattiq gaz berib, voqea joyidan ketdi”.

    Voqea joyi

    Voqea joyi
    Foto: “Daryo”

    Jabrlanuvchining himoyachisi Oybek Rahimov marhum va sudlanuvchi telefon orqali muloqot qilganda tortishganini, shunda uchinchi shaxsning ovozi eshitilib qolganini, biroq bunga tergov ham, sud ham e’tibor qaratmayotganini aytmoqda.

    “Sudga taqdim qilingan shu ovoz stenogramma qilinmagan va sudning e’tiboridan chetda qolmoqda. Buni o‘z vaqtida tergov ham e’tiborsiz qoldirgan. Tergov jarayonida telefon qo‘ng‘iroqlari va raqamlar aniqlashtirilib, bu ovoz kimnikiligiga aniqlik kiritilishi lozim edi. Jabrlanuvchilar esa bunga e’tibor qaratilishini so‘rab, bir necha murojaat qilishgan. Biroq bu murojaatlar e’tiborsiz qoldirilmoqda”, — deydi jabrlanuvchilarning advokati.

    Jabrlanuvchilarning yana bir advokati O‘ktam Xudoyberdiyevning ma’lumot berishicha, jinoyat ishi bir necha shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi gumon sud tibbiy ekspertizasining o‘z xulosasini o‘zgartirishga urinishi sabab yanada kuchaygan.

    O‘ktam Xudoyberdiyev.

    O‘ktam Xudoyberdiyev.
    Foto: “Daryo”

    “Sud tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasida marhumning bir nechta qovurg‘asi singani aytilgan. Keyinchalik esa bu xulosa o‘zgartirilib, ekspert adashgan degan gap aytildi. Bu esa bizdagi gumonning kuchayishiga sabab bo‘ldi. Shuningdek, sudga voqea joyida oshxona va to‘yxona borligi sabab voqea kuzatuv kamerasiga olingan bo‘lishi mumkinligini aytib, buni aniqlashtirish haqida iltimosnoma kiritdik. Biroq sud yana rad etdi”, — deydi O‘ktam Xudoyberdiyev.

    Sud tibbiy ekspertizasi o‘z xulosasini o‘zgartirganini marhumning onasi ham ta’kidlamoqda.

    “Sud tibbiy ekspertizasi xulosasini shaxsan o‘zim o‘qib chiqqanman. Tibbiyot xodimi bo‘lganim uchun dastlabki xulosa o‘zgarganini darhol sezganman. 2019-yil 29-sentabrdagi sud tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasida bosh miya shikastlanishi, chap yelka gematomasi, orqadan qattiq jism bilan urilgan degan joylari bor edi. Shuningdek, o‘g‘limning o‘ng tomonidagi 3, 4, 5-qovurg‘alar, chap tarafidagi 5, 6, 7-qovurg‘alar singani yozilgandi. O‘zgartirilgan xulosada esa texnik xato sabab qovurg‘alar singani xato yozilgani aytilgan. Bu ochiqchasiga jinoyatni yashirish-ku”, — deydi marhumning onasi.

    Jamshid Xushboqov o‘limi bilan bog‘liq jinoyat ishini prokuratura yetarli darajada o‘rganmagan, deya xulosa qilgan marhumning yaqinlari ijtimoiy tarmoqlar orqali bir necha marotaba chiqish qilgan.

    Voqea joyi

    Voqea joyi
    Foto: “Daryo”

    Mazkur chiqishlarga javob bergan Qashqadaryo viloyat prokuraturasi qotillik voqeasi 2019-yil 27-sentabr kuni soat 18:00 larda Yakkabog‘ tumanining Alaqarg‘a qishlog‘ida joylashgan “Baxtiyorov Shamshod Sherzod o‘g‘li” xususiy korxonasiga qarashli oshxona ro‘parasida sodir bo‘lganini ma’lum qilgan va bu ish bo‘yicha Jinoyat kodeksining 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) va 97-moddasining 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini yozgan.

    Prokuratura, shuningdek, jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi Sh.S.ga ayblov e’lon qilinib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanganini, jinoyat ishi 2019-yil 31-dekabr kuni ayblov xulosasi bilan Jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudiga yuborilganini bildirgan.

    Kezi kelganda ta’kidlash lozimki, mazkur jinoyat ishini ko‘rib chiqayotgan Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘uzor tuman sudi ish ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilayotgan bo‘lishiga qaramasdan, voqealar rivojini o‘rganmoqchi bo‘lgan “Daryo” muxbirining sud majlisida ishtirok etishiga ruxsat bermadi. Jurnalistning axborot olishiga to‘sqinlik qilgan sudya Nurbek Abdullayev harakatini karantin tartibiga amal qilayotgani bilan izohladi.

    Foto: “Daryo”

    “Sud jarayoniga bir nafar OAV xodimiga ruxsat beramiz, shu bois sudga bloger kiritilib, “Daryo” muxbiri ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi” degan sudya. Muxbirning “Agar televideniye xodimlari kelishsa, unda muxbirni kiritib operatorga ruxsat bermaysizmi yoki operatorni sud zaliga qo‘yib, muxbirning kirishiga to‘sqinlik qilasizmi?” degan savoliga javob bermadi. To‘g‘rirog‘i, javob berishni istamadi.

    Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘uzor tuman sudi raisi Nurbek Abdullayev jurnalistning axborot olishiga to‘sqinlik qilib, arzimas sababni vaj qilib ko‘rsatishda davom etmasa, “Daryo” voqealar rivojini kuzatib boradi.

    28.09.2020, 18:13   Izoh (0)   52945
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxorodagi ikkita maktab bitiruvchilarining barchasi talaba bo‘ldi

    28.09.2020, 17:57

    Samarqandda 18 yoshli o‘smir avtobus urib yuborishi oqibatida vafot etdi. Tez yordam shifokori YTH joyiga yetib borganida jabrlanuvchi o‘z o‘g‘li ekanligini bildi

    28.09.2020, 17:42

    O‘zbekistonda haftaning birinchi qismida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

    28.09.2020, 17:27

    Qashqadaryodagi ayrim tumanlarda Yoshlar ishlari bo‘limlariga agentlik tavsiya qilgan nomzodlar emas, boshqalar tayinlandi. Chunki agentlikning xati “yuridik kuchg...

    28.09.2020, 17:12

    O‘zbekistonda 76 foizdan ortiq maktablar to‘laqonli faoliyatini tikladi

    28.09.2020, 16:56

    “6,5 mlrd so‘mga qurilgan ko‘prik quladi. Endi yo‘limiz ham shunday yaroqsiz bo‘lmasin” — qumqo‘rg‘onliklar

    28.09.2020, 16:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.