• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “It, mushuk va ilonlar orasida yashashga majbur bo‘lyapmiz”. Amalga oshmagan “Toshkent-4” terminali jabrdiydalari tang ahvolda qolgani haqida

    Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining shundoqqina biqinida yuzlab aholi ko‘p yillardan beri vayronalar orasida yashab kelmoqda. “Toshkent-4” terminali qurilishi sabab qilinib, Sergeli tumanidagi Qo‘shqo‘rg‘on ko‘chasida uylar “terib-terib” buzilgan. Buzish ishlari oxiriga yetkazilmagan. Vayronalar tekislab qo‘yilmagan. Aholi esa turli hasharotlar, it, mushuk va hatto ilonlar orasida yashamoqda. “Kun.uz” Sergeli tumani Qo‘shqo‘rg‘on mahallasidagi muammoni o‘rganib chiqdi. Quyida bu haqdagi maqola to‘lig‘icha havola etildi.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining shundoqqina yonidagi ushbu ko‘chada o‘nlab uylar va unda yashayotgan aholi dahshatli darajada tang ahvolda qolganiga guvoh bo‘ldik. Ko‘chalar loy, buzilgan uylarning xarobalari hamda qazilgan chuqurliklar shundoqligicha tashlab ketilgan. Atrof xuddi tabiiy ofat yoki urush bo‘lgan manzarani eslatadi. Poytaxtda shunday joy bor ekanmi, deya ko‘zlarimizga ishongimiz kelmadi.

    “Noto‘g‘ri ‘snos’ natijasida it, mushuk va ilonlar orasida yashashga majbur bo‘lyapmiz”

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    “Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonovning “Toshkent-4” aviaterminalini qurish haqidagi qaroriga asosan 120 ta xonadon buzilishga tushgan edi. 2015-yilda buzish ishlari olib borildi. Noma’lum sabablar bilan 25 ta xonadon buzilmay, vayronalar ichida qolib ketdi.

    “Toshkent-4” terminali ham qurilmaydigan bo‘ldi. Bu hudud vayronalar ichida qolgan 25ta xonadon vakillarining yashashi uchun sanitar-epidemiologik normalarga javob bermaydi. Hasharot-u jonzotlar juda ko‘p. Chayon, chivin va daydi itlar, hatto ilonlar makoniga aylandi. Ekskavatorlar ayrim buzilgan uylarni tekislash o‘rniga 7-8 metrlik chuqurlar qazib, shu holatda tashlab ketgan. Besh yildan buyon shunday og‘ir ahvolda yashab kelyapmiz.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Bu holat havo kemalarida O‘zbekistonga kirib kelayotgan va uchib ketayotgan mehmonlarga kaftdek ko‘rinib turadi. Ushbu hudud uchish-qo‘nish chiziqlariga 150-200 metr masofada joylashgan.

    Ushbu holat yuzasidan Sergeli tuman va Toshkent shahar hokimiyatiga, bosh prokurorga bir necha marta murojaat qilganmiz. “Buzilish ijobiy hal qilinadi”, deb va’da berilgan edi. Ammo hozirgi kunga qadar vayronalar orasida qolib ketgan xonadonlarning taqdiri hech kimni qiziqtirmayapti”, — deydi shu yerda yashab kelayotgan fuqarolardan biri.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Qolib ketgan uylar taqdiri tez orada hal etiladi — Toshkent shahar hokimligi Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi

    Ayni masala yuzasidan Toshkent shahar hokimligidan izoh so‘radik. Hokimlik qoshidagi kompensatsiya masalalari bilan shug‘ullanuvchi Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi bo‘lim boshlig‘i Nurilla Mamanazarovning aytishicha, ushbu uylar taqdiri tez orada hal etiladi.

    “Toshkent shahar Yer tuzish va ko‘chmas mulk Davlat korxonasi Sergeli tumani bo‘limi, Toshkent shahar hokimining 2015-yil martdagi 181-sonli qaroriga asosan Sergeli tumani «Toshkent xalqaro aeroporti” unitar korxonasining janubiy chegarasidan Qo‘shqo‘rg‘on, Qo‘shqo‘rg‘on-3 tor va Uchqo‘rg‘on ko‘chalari oralig‘ida joylashgan yakka tartibdagi turar joy binolari buzilishi hisobiga obodonlashtirish ishlarini olib borish haqida qaror qabul qilingan.

    Qaror bo‘yicha 138 ta uy-joy buzilishga tushgan bo‘lib, 449 ta oila uydan ko‘chirish ro‘yxatiga kiritilgan va shulardan 374ta oila yashashini inobatga olgan holda uydan ko‘chirish va yetkazilgan zararni qoplash maqsadida rozilik arizalarini qabul qilib, uy-joy bilan ta’minlash ishlari boshlangan.

    Hozirgi kunga kelib to‘liq buzilgan uylarning umumiy soni 111 ta bo‘lib, ularda yashovchi 336ta oila bosh xonadonlarga ko‘chirildi. 27 ta uy-joy buzilmay qolib ketgan.

    Hozirda qolgan uy-joylardagi fuqarolardan arizalar olingan va tez orada ularning muammolari ham hal etiladi”, — deydi Nurilla Mamanazarov.

    Mamanazarovning qo‘shimcha qilishicha, uylar buzilmay qolib ketganligining asosiy sababi fuqarolar uy-joyiga nisbatan ko‘p narsa so‘rashgan.

    U “Nima uchun hududdagi vayronalar oradan besh yil vaqt o‘tganiga qaramay, tartibga keltirib qo‘yilmagan?” degan savolimizga Sergeli tuman hokimligi javob berishi kerakligini aytdi.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    “Snos”lar hamon fuqarolar uchun og‘riqli va dardli masala bo‘lib qolmoqda

    Xoh turar, xoh noturar joy bo‘lsin, mulk davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilsa yoki buzib tashlansa, uning ortidan muammolar kelib chiqaveradi. Saytimiz orqali ham ko‘plab fuqarolar va tadbirkorlarning kompensatsiya masalalari hal etilmasdan turib, bino-inshootlari buzib tashlangani aks etgan maqolalar e’lon qilingan.

    Qo‘shqo‘rg‘ondagi holat esa qachonlardir ko‘r-ko‘rona amalga oshirilgan “snos” oqibatidir. Buning natijasida yuzlab fuqarolar vayronalar ichida yashashga majbur bo‘lmoqdalar.

    Nahotki besh yil ichida bu fuqarolarni rozi qilishning imkoni topilmagan bo‘lsa?! Hech bo‘lmaganda buzilgan uylar o‘rnida qolgan vayronalar, chuqurlar tekislab qo‘yilishi ham mumkin edi-ku...

    Aeroport har bir davlatning ramziy ostonasi ekanligini hisobga olsak, xorijlik mehmonlarning nigohi, avvalo, mana shunday xarobalarga tushishi mamlakat imiji uchun salbiy ta’sir o‘tkazmay qolmasa kerak.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Toshkent shahar hokimligidan ushbu xarobalar ichida yashayotgan aholi muammolarini yechishga qaratilgan amaliy harakatlar kutib qolamiz.

    Mavzuga doir:  Toshkent shahar hokimligi sudlarda “snos” ishini ko‘rib chiqishda davlat organlarini boj to‘lashdan ozod qilishni taklif qildi

    07.12.2020, 06:15   Izoh (0)   46473
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tanzila Norboyeva bir yilda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning qanchasi oilalarga farzandlikka berilayotganini ma’lum qildi

    07.12.2020, 00:32

    Sergelidagi qozonxonada o‘rtacha 950 ta hovli uyning bir oylik ehtiyojini qondirishi mumkin bo‘lgan tabiiy gaz o‘g‘irlangani aniqlandi

    06.12.2020, 23:24

    O‘zbekistonda chaqaloqlar savdosi yildan yilga ortib bormoqda. Bunday jinoyatlarning sabablari ma’lum qilindi

    06.12.2020, 22:26

    Namanganda aholidan maishiy chiqindilarni olib ketish xizmati xususiy korxona ixtiyoriga berildi

    06.12.2020, 21:28

    “O‘zgidromet” 7-dekabr kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    06.12.2020, 20:38

    Deputat Alisher Qodirov aholining kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligini kamaytirish yo‘lini taklif qildi

    06.12.2020, 19:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.