• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Koinot

    1-dekabr – “Granat” orbital rasadxonasi uchirilgan kun

    Sovet ittifoqining so‘nggi yillarida orbitaga chiqargan muhim fazoviy rasadxonalaridan biri – “Granat” kosmik apparati bundan roppa rosa 31 yil oldin, 1989-yilning 1-dekabr sanasida Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan parvozga chiqarilgan edi. “Daryo” sana munosabati ushbu orbital rasadxona haqidagi qiziq ma’lumotlarni taqdim etadi.

    “Granat” orbital rasadxonasi Yerning uzoq apogeyli olis orbital nuqtalarida ishlaydigan avtomatik kosmik ilmiy-tadqiqot uskunalari to‘plamidan iborat apparat bo‘lib, Sobiq Ittifoq tomonidan koinotga uchirilgan shu turdagi apparatlarning ikkinchisi edi. U galaktikamizning o‘zidagi va undan tashqaridagi kosmik nurlar manbalarini elektromagnit nurlanishlar diapazonining rentgen nurlari va gamma nurlar diapazonlarida tadqiq qilishga mo‘ljallangan o‘ziga xos avtomat astrofizik laboratoriya bo‘lgan desak, yanglishmaymiz.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Apparat rentgen nurlari va gamma nurlar manbayi bo‘lgan ixcham va yirik kosmik manbalarni mufassal tadqiq qilish bilan shug‘ullangan va 2 keV dan 100 keV gacha bo‘lgan keng nurlanishlar diapazonida ishlay olgan. U galaktika to‘dalaridagi issiqlik plazmasining haroratini aniqlash, rentgen pulsarlari, qora tuynuklar atrofidagi akkeratsion disklar va boshqalarni o‘rganish maqsadlarini qamrab olgan. Asosan issiqlikdan boshqa turdagi nurlanish mexanizmiga ega bo‘lgan manbalarni tadqiq qilish bilan shug‘ullangan edi.

    “Granat” start vaqtida to‘rt tonna tosh bosgan bo‘lib, shundan 2,3 tonnasi foydali yuk, ya’ni ilmiy uskunalardan iborat edi. U o‘z orbitasidagi eng olis nuqtasida (apogeyda) Yerdan qariyb 200 ming km masofaga olislashib, eng yaqin kelgan paytida (perigeyda) oraliq 2 000 km gacha qisqardi. Apparat Yer atrofini aylanib chiqishi uchun to‘rt kun ketdi va shundan uch kunida astrofizik tadqiqotlar olib borish mumkin bo‘ldi.

    Ta’kidlash joizki, “Granat” birgina Sovet Ittifoqiga tegishli emas edi. Uning loyihasida va moddiy ta’minotida Bolgariya, Daniya va Fransiya ham hissa qo‘shdi. “Granat” bortiga o‘rnatilgan SIGMA teleskopi va PHEBUS detektorlari fransuz mutaxassislarining ishlanmasi bo‘lgan bo‘lsa, daniyaliklar taqdim qilgan WATCH nomli to‘liq osmon monitori bir lahzaning o‘zida osmonning 75 foizi qismini 6-180 kEV diapazonda kuzatish imkonini berdi. Shuningdek, “Granat” bortida Konus-B va ART-C spektrometri hamda ART-P teleskopi o‘rnatilgan edi. Bolgariyaning hissasi “Podsolnux” nomli optik detektorlar sifatida namoyon bo‘ldi. Lekin ushbu uskuna texnik nuqsoni sababli, “Granat”ning butun ish faoliyati davomida deyarli ishlamadi.

    “Granat” koinotda jami to‘qqiz yil faoliyat ko‘rsatdi. U uchirilganidan ikki yil o‘tib ittifoq parchalanib ketgani sababli, 1990-yillar boshiga kelib stansiya ishini moliyalashtirish o‘lda-jo‘lda qolib ketdi. Uning trayektoriyasini boshqarish va manyovrlarni bajarish ishlari Qrimdagi Yevpatoriya rasadxonasidan olib borildi. Ukraina mustaqil bo‘lgach, ushbu loyihada to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtiroki yo‘qligi sababli, rasadxonaga deyarli e’tibor qaratmadi. Iqtisodiy tanazzul iskanjasida qolgan Rossiya kosmik sanoati ham “Granat”ni yetarlicha qo‘llab-quvvatlamay qo‘ydi. Shu bois, to‘qsoninchi yillarining birinchi yarmida uning faoliyatini moliyalashtirish asosan Fransiyaning zimmasida bo‘ldi.

    Shu singari tashkiliy va ayrim mayda texnik muammolariga qaramay, “Granat” loyihasini 90-yillarning eng muvaffaqiyatli kosmik loyihalaridan biri deyish mumkin. Uning 1990-yilda taqdim etgan eng dastlabki ma’lumotlariyoq ilm-fan olamida sensatsiya ko‘tardi. O‘shanda galaktikaning qoq markazi deb hisoblangan nuqta aslida yanglish bo‘lgani, galaktika markazidagi kuchli nurlanishlar manbayi bizga ko‘rinadigan dinamik markaz nuqtasidan nariroqda joylashgani aniqlangan edi.

    Bundan tashqari, “Granat” yigirmaga yaqin yangi rentgen nurlanishlari manbalarini kashf qildi, bir necha neytron yulduzlar va qora tuynuklarni ochdi hamda 250 dan ziyod kosmik gamma-chaqnashlarini qayd qildi. Umuman olganda, ushbu loyiha osmon sferasining 80 foizga yaqin qismidagi barcha gamma va rentgen nurlari manbalarini aniqlab berdi. “Granat” loyihasi taqdim qilgan ma’lumotlar asosida olimlar 200 dan ziyod katta ilmiy ishlarni yoqlashgan hamda hozirgi kundagi nufuzli indeksatsiyali ilmiy nashrlarda “Granat”dan olingan ma’lumotlarga jami besh mingga yaqin havola keltirildi.

    Loyiha ustida ishlagan mutaxassislardan birining keyinchalik tan olishicha, muhandislar “Granat”ni uchirishganda uni uzog‘i bilan sakkiz oy ishlashini hisob-kitob qilgan ekan. Chunki vaqtdan yutish va dasturni moliyaviy jihatdan arzonlashtirish uchun u asosan qo‘l ostida mavjud bo‘lgan zaxiradagi butlovchi ehtiyot qismlardan yig‘ilgan (ya’ni ko‘plab uskunalar uning uchun maxsus loyihalanmagan va buyurtma qilinmagan).

    Ehtiyot qismlarning aksariyati 1983–1984 yillarda boshqa bir kosmik loyiha – VEGA dasturi uchun ishlab chiqarilgan bo‘lib, hatto 80-yillar oxiri uchun ham ma’nan eskirgan edi. Shunga qaramay, apparat kutilganidan 5–6 barobar ko‘p ishlagani mutaxassislarning puxta ishlaganidan dalolat deb qaraladi. U haqiqatan ham sakkiz oy emas, balki umumiy hisobda 108 oy ishlab berdi va shundan 58 oyi to‘liq shtat rejimida ilmiy tadqiqotlar uchun sarflandi. Orbital rasadxonaning samaradorligi 70 foizdan ortgan deb hisoblanadi.

    Shu tariqa, deyarli ikkilamchi detallardan yig‘ilgan “Granat” orbital rasadxonasi to‘qqiz yil mobaynida barqaror ishlab berdi va katta ilmiy kashfiyotlarga xizmat qildi. Undan eng oxirgi xabar 1998-yilning 27-noyabrida qabul qilingan edi va  1999-yilning 25-may sanasida apparat Yerga qulay boshladi hamda sayyoramiz atmosferasining yuqori qatlamlariga kirib kelib, yonib yo‘q bo‘lib ketdi.

    Muzaffar Qosimov tayyorladi.

    02.12.2020, 17:40   Izoh (0)   8773
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoyning “Chane-5” apparati Oyga muvaffaqiyatli qo‘ndi. U 44 yil ichida birinchi marta Oydan tuproq namunasini Yerga olib keladi

    01.12.2020, 23:24

    Video: Quyosh yuzasida yuz bergan kuchli portlash

    01.12.2020, 15:29

    Amerikalik olim Yer sayyorasining narxini hisoblab chiqdi

    30.11.2020, 18:35

    Xitoy kosmik apparati Oyga qo‘nish bo‘yicha tayyorgarlikni boshlab yubordi

    30.11.2020, 14:46

    Video: Yaponiya osmonida qulayotgan yulduzning yorqin tasviri ijtimoiy tarmoqlarga yuklandi

    30.11.2020, 06:14

    NASA astronavti Crew Dragon oynasidan turib Yerni videoga oldi

    27.11.2020, 12:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eronda sud binosiga hujum: 9 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 21:34

    Abbosbek Fayzullayev “Bashakshehir”da qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi — manba

    Sport | 26 iyul, 21:32

    Xotirjam hayot sari: Gollivudni tark etgan mashhurlar qayerda yashaydi?

    Kino | 26 iyul, 20:45

    Andijondagi Janubiy Farg‘ona kanal zaharli ko‘pikka to‘lgani haqida xabarlar tarqaldi (video)

    O‘zbekiston | 26 iyul, 20:37

    Turkiya 2 ming km masofaga uchadigan raketa dasturi ustida ishlayapti

    Dunyo | 26 iyul, 20:29

    “Manchester Siti” qimorga pul tikishda ayblangan futbolchiga qiziqish bildirmoqda

    Sport | 26 iyul, 20:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.