NASA astronavti Viktor Glover o‘zining Twitter’dagi sahifasiga Yerning Crew Dragon-1 kosmik kemasidan turib olingan videosini joylashtirdi.
Uning ta’kidlashicha, bu astronavt tomonidan kosmosda olingan ilk video va u aqlbovar qilmas darajada ajoyib.
https://twitter.com/AstroVicGlover/status/1331317532796489728
17-noyabr kuni Amerikaning SpaceX kompaniyasiga qarashli Crew Dragon kemasi Toshkent vaqti bilan 09:01 da Xalqaro koinot stansiyasiga muvaffaqiyatli tarzda tutashgan. Uch amerikalik — Maykl Xopkins, Viktor Glover va Shennon Uoker hamda bir yapon astronavti — Soiti Nogutidan iborat ekipaj XKSda olti oy mobaynida bo‘lib turadi.
Eslatib o‘tamiz, Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi tomonidan yaratilgan Crew Dragon kosmik kemasi birinchi bor 30-may kuni Xalqaro kosmik stansiya tomon uchirilgan edi. 31-may kuni esa Crew Dragon XKSga muvaffaqiyatli tutashgan va 3-avgust kuni Yerga muvaffaqiyatli qo‘ngandi.
Izoh (0)