• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston Moliya vazirligi 2021-yilgi soliq siyosati bo‘yicha qonun loyihasini taqdim etdi

    O‘zbekiston Moliya vazirligi “Soliq siyosatining 2021-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarini qabul qilish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini tayyorladi. Unda 2021-yilga mo‘ljallangan soliq siyosatida asosiy soliq stavkalarini saqlab qolish, aksiz solig‘i, yer solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalarini Soliq kodeksiga kiritish, 73 xil tovarga aksiz solig‘ini bekor qilish, eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash va boshqa choralar ko‘zda tutilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    2021-yilgi soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlarida QQS (15 foiz), foyda solig‘i (15 foiz, alohida toifalar uchun 20 foiz), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (12 foiz), yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i (2 foiz), qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun yer solig‘i (0,95 foiz), ijtimoiy soliq (xo‘jalik yurituvchi subyektlar — 12 foiz va budjet tashkilotlari — 25 foiz), aylanmadan olinadigan soliq (bazaviy stavka 4 foiz) stavkalariniтп saqlab qolinishi nazarda tutiladi.

    Shu bilan birga, 2021-yilgi soliq siyosati Soliq kodeksining to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilishini, eksport qiluvchilarni yanada qo‘llab-quvvatlashni, soliq yukining adolatli taqsimlanishini va tabiiy resurslaridan samarali foydalanilish oshirilishini ta’minlashni nazarda tutuvchi soliq islohotlarini davom ettirishga qaratilgan.

    Qonun loyihasida Soliq kodeksi tarkibiga aksiz solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va qat’iy belgilangan miqdordagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining stavkalarini, shuningdek, ushbu stavkalarni qo‘llash bilan bog‘liq ayrim normalar kiritilishi nazarda tutilgan. 2020-yil uchun ushbu stavkalar O‘zbekistonning “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonuni bilan belgilangan edi.

    2021-yil uchun ushbu stavkalar quyidagi tarzda o‘zgartirildi:

    a) aksiz solig‘i bo‘yicha import va ishlab chiqarish uchun aksiz solig‘i aksariyat stavkalarini tenglashtirish nazarda tutiladi. Shu bilan birga, mutlaq miqdorda belgilangan aksiz solig‘i stavkalari indeksatsiya qilingan

    (2020-yil 1-apreldan ularning nazarda tutilgan indeksatsiyasi bekor qilinganini hisobga olgan holda).

    Shu munosabat bilan, aksiz solig‘i stavkalari 2021-yil 1-fevraldan boshlab indeksatsiya qilinmoqda. Bunda, alkogolli mahsulotlar, shu jumladan pivoga, shuningdek, tamaki mahsulotlari uchun 2 bosqichda: 2021-yil 1-fevraldan boshlab — 2020-yilda ularning indeksatsiya qilinishi rad etilganligini hisobga olgan holda, hamda 2021-yil 1-sentabrdan — o‘rtacha 7,5 foizga indeksatsiya qilinmoqda.

    Import bo‘yicha 73 ta tovar pozitsiyasiga aksiz solig‘ini bekor qilish taklif etilmoqda, xususan, oziq-ovqat mahsulotlari (20 turdagi tovarlar (sharbatlar, pishloq, tvorog, margarin, unli qandolat mahsulotlari, kolbasa va shunga o‘xshash go‘sht mahsulotlari va h.k.)), elektrotexnika tovarlari bo‘yicha (35 turdagi tovarlar: muzlatgichlar, televizorlar, gaz plitalari, changyutgichlar, kir yuvish mashinalari va h.k.) va h.k. Bu tadbirkorlik subyektlariga teng sharoitlarni ta’minlashga imkon beradi.

    Shuningdek, neft mahsulotlari va boshqa aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga quyidagi soliq stavkalari belgilanadi:

    Skrinshot: Moliya vazirligi

    Skrinshot: Moliya vazirligi

    “Kun.uz”ning yozishicha, qonun loyihasi bilan tushum hajmidan qat’i nazar quyidagilar hisobiga QQS to‘laydigan korxonalar doirasini kengaytirish nazarda tutilgan: alkogol mahsulotlari, shu jumladan, pivoni chakana sotish bo‘yicha turg‘un savdo shoxobchalari, shuningdek, bozorlar va savdo komplekslari.

    Bu faoliyatni amalga oshirishga teng sharoitlarni yaratish va soliq bo‘yicha QQS to‘lovchi korxonalardan foyda ulushini ushbu soliqni to‘lamaydigan shaxslarga taqsimlab o‘tkazish hisobiga tushumlarni pasaytirishning oldini olishga imkon yaratadi.

    Koronavirus pandemiyasi sharoitida O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 3-apreldagi PF-5978-sonli farmoni bilan 2020-yil 1-apreldan 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi oyiga 1 milliard so‘mdan oshmaydigan va elektron hisob-fakturalarni qo‘llaydigan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar ushbu soliqni har choraklik asosida hisoblash va to‘lash huquqiga ega ekanligi nazarda tutilgan. Ushbu normani kelgusida ham saqlab qolish va uni Soliq kodeksida doimiy ravishda nazarda tutish taklif etiladi.

    Qonun loyihasida valyuta tushumi summasi tushishidan qat’iy nazar haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘langan (to‘lanadigan) QQSni hisobga olish imkoniyati nazarda tutilmoqda. Bu konsignatsiya (to‘lovni kechiktirish) shartlari bilan eksportga tovarlarni jo‘natishni amalga oshiruvchi eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlashga va aylanma mablag‘larini band qilishni oldini olishga imkon beradi. Ushbu huquq O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 5-maydagi “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF- 5989-sonli farmoniga muvofiq faqatgina to‘qimachilik korxonalarida mavjud edi.

    Pensiyalarni hisoblash tartibini soddalashtirish maqsadida jismoniy shaxslarning ayrim toifasi uchun ijtimoiy soliq stavkalarini unifikatsiya qilish taklif etiladi. Shunday qilib, qonun loyihasida o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar, “Usta—shogird” maktablari o‘quvchilari — ular 25 yoshga to‘lguniga qadar ishlagan davri, dehqon xo‘jaliklari, shuningdek, mehnat shartnomasi asosida chet elda yollanib ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek savdo uylarida, vakolatxonalarda (shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmasdan), O‘zbekiston davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan chet davlatlarda tashkil etilgan (ochilgan) tashkilotlarda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolariga mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun yiliga kamida 1 bazaviy hisoblash miqdorida ijtimoiy soliq to‘lanishini nazarda tutilgan.

    Qonun loyihasida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha kamaytirilgan stavkaning 0,2 dan 0,4 foizgacha va alohida obyektlar va yer uchastkalariga nisbatan yuridik shaxslarning yer solig‘i stavkalariga qo‘llaniladigan kamaytiruvchi koeffitsiyentning 0,1 foizdan 0,25 foizgacha oshirilishi nazarda tutilmoqda. Bu ularni mol-mulk solig‘i va yer solig‘ining bazaviy stavkaga bosqichma-bosqich yetkazish imkonini beradi.

    Eslatib o‘tamiz, mol-mulk solig‘i bo‘yicha kamaytirilgan stavka va yer solig‘i stavkalariga kamaytiruvchi koeffitsiyent avval soliq imtiyozlari berilgan obyektlarga nisbatan 2020-yil 1-yanvardan kiritildi. Ushbu choralar ko‘chmas mulk obyektlaridan samarali va oqilona foydalanish, shuningdek, yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan yer uchastkalarining to‘liq hisobini yuritishni ta’minlash maqsadida kiritilgan.

    Fermer xo‘jaliklari uchun yagona yer solig‘ini bekor qilish bilan birga (2020-yil 1-yanvardan), yer solig‘ini hisoblab chiqarish maqsadida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni normativ qiymatdan kelib chiqib soliq solish tartibi saqlab qolingan. Mazkur davrdan boshlab qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlari mavjud bo‘lgan boshqa yuridik shaxslarga ham ushbu tartib tatbiq etildi. Bunda meva-sabzavotchilik qishloq xo‘jaligi korxonalari (2019-yil 1-yanvardan) uchun yer toifasi (sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan) va ball bonitetiga qarab belgilangan stavkadan kelib chiqib yer solig‘ini hisoblab chiqarish tartibi saqlab qolingan.

    Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga yagona soliq solish tartibini belgilash maqsadida qonun loyihasida meva-sabzavotchilik qishloq xo‘jaligi korxonalarini qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatidan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar kabi yer solig‘i stavkasini belgilagan holda yer solig‘ini hisoblab chiqarishga qaytish nazarda tutilmoqda.

    Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha, alohida qurilish foydali qazilmalari bo‘yicha stavkalar unifikatsiya qilinmoqda. Bunda foydali qazilma konlarini o‘zlashtirish va ularni, ayniqsa, daryo o‘zanlaridan, samarali qazib olishni ta’minlashga qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratadi.

    Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi normalarining amaliy ta’siri va samaradorligini monitoring va tahlil qilish doirasida mutaxassislar, tegishli vazirlik va idoralar, shuningdek, soliq maslahatchilari va ekspertlarning takliflaridan kelib chiqib Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha alohida qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda.

    Mavzuga doir: O‘zbekistondagi 8 ta kodeks va 9 ta qonunga o‘zgartirish kiritish haqidagi hujjat senatorlar tomonidan ma’qullandi

    27.11.2020, 14:57   Izoh (0)   14004
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda issiqlik ta’minoti tizimidagi muammolarni bartaraf etish uchun 772,2 mln dollar kerakligi ma’lum qilindi

    27.11.2020, 14:10

    “Xizmat mashinasidan shaxsiy ishlarida foydalanish odatiy hol bo‘lib qolgan”. Akmal Burhonov amaldorlarning xizmat avtomobillaridan foydalanishini tanqid qildi

    27.11.2020, 13:31

    Andijonda fuqaroning qiynoqqa solinishi va kasalxonada vafot etishiga aloqador IIO xodimlariga sud hukmi o‘qildi

    27.11.2020, 13:20

    Bosh prokuratura Trailblazer sotib olganini rad etib, Equinox sotib olganini ma’lum qildi

    27.11.2020, 13:09

    “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi Rossiyada taqiqqa uchragan O‘zbekiston pomidor va bulg‘or qalampir mahsulotlarini o‘rganishni boshladi

    27.11.2020, 12:45

    Senat tomonidan Farg‘ona vodiysida energiya muammosini o‘rganish maqsadida ishchi guruh tuzildi

    27.11.2020, 12:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Sistit — bu uyat emas!


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    HAMAS garovdagilarni ozod qilish uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 1 iyun, 23:35

    Rossiya Kubogi. “SSKA” superfinalda “Rostov”ni yengib, bosh sovringa ega chiqdi, Fayzullayev zaxiradan maydonga tushdi

    Sport | 1 iyun, 22:48

    Turkiyada Ukraina va Rossiya muzokaralarining 2-raundi bo‘lib o‘tadi

    Dunyo | 1 iyun, 22:45

    Futbol tarixidagi eng kuchli 10 ta futbol akademiyasi nomi e’lon qilindi

    Sport | 1 iyun, 21:47

    Isroil tanklari G‘azoda ovqat kutayotganlarga o‘t ochib, 32 kishini o‘ldirdi

    Dunyo | 1 iyun, 21:45

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 500 ta dron ishtirokidagi shou

    O‘zbekiston | 1 iyun, 21:00

    Qozog‘iston armiyaning tayyorgarligini tekshirish uchun mashqlar o‘tkazadi

    Qozog‘iston | 1 iyun, 20:40

    Mayda oylik inflyatsiya keskin oshdi. Qaysi hududlarda narxlar tez o‘smoqda?

    Iqtisodiyot | 1 iyun, 20:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.