• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda issiqlik ta’minoti tizimidagi muammolarni bartaraf etish uchun 772,2 mln dollar kerakligi ma’lum qilindi

    AOKA huzurida “Toshissiqquvvati” davlat unitar korxonasi direktori o‘rinbosari Aziz Sayfullayev ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda kuz–qish mavsumida aholini issiqlik energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha yuzaga kelayotgan muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan tezkor choralar haqida ma’lumot berildi.

    Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

    Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

    “Aholi hamda ijtimoiy soha obyektlari uchun qulay shart-sharoit yaratishda issiqlik va issiq suv ta’minoti bo‘yicha uzluksiz va sifatli xizmat ko‘rsatish eng muhim omillardan biri sanaladi”, — dedi Aziz Sayfullayev.

    Qayd etilishicha, “Toshissiqquvvati” tomonidan poytaxtdagi 12 801 ta bino-inshootlarga issiqlik energiyasi yetkazilmoqda, jumladan:

    • 9200 ta ko‘p kvartirali uylarga;
    • 524 ta davolash muassasalariga;
    • 498 ta maktablarga;
    • 635 ta bolalar bog‘chasiga;
    • 514 ta oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga;
    • 1430 ta boshqa obyektlarga issiqlik energiyasi yetkazib berilmoqda.
    Ta’kidlanishicha, hozirgi vaqtda barcha issiqlik tarmoqlarining 72 foizi (17 yildan ortiq) foydalanish muddatini o‘tab bo‘lgan, ya’ni 1940 kilometr uzatuvchi quvurlar (970 kilometr kanal) almashtirilishi ko‘zda tutilmoqda.

    Toshkent shahri issiqlik ta’minoti tizimini zamonaviy energotejamkor texnologiyalar asosida rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston prezidentining 2019 yil 2-dekabrdagi “Toshkent shahrining issiqlik ta’minoti tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4542-sonli qarori imzolangan.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda gazning kunlik iste’moli 46 milliondan 70 million kubometrga yetgani ma’lum qilindi

    Qaror bilan 2020–2022-yillarda Toshkent shahri issiqlik ta’minoti tizimi samaradorligining asosiy maqsadli indikatorlari tasdiqlanib, 2023-yilgacha 358,5 kilometr quvurlarni almashtirilishi (qayta yotqizish) ko‘zda tutilgan. Bundan 2021 yilda — 157,3 kilometr quvurlar, 2022-yilda — 201,2 kilometr quvurlar almashtiriladi.

    “Toshkentdagi quvurlarning 72 foizi avariya holatida”

    “Kun.uz”ning “Toshissiqquvvati” xodimi Ikrom Isakovga tayanib ma’lum qilinishicha, ayni vaqtda Toshkent shahridagi issiqlik uzatish quvurlarining 70 foizdan ortig‘i – jami 1940 kilometr uzunlikdagi quvurlar avariya holatida. Mutasaddi aholiga issiqlik yetkazib beruvchi quvurlarni yangilash masalasiga to‘xtalgan.

    “Toshkent shahrida jami 2 900 kilometr quvur bor. Undan 72 foizi, ya’ni 1940 kilometrlik qismining muddati o‘tgan. Muddati o‘tdi deb 17 yildan ortiq vaqt davomida ishlatilgan quvurlarga aytiladi. Ularni almashtirish lozim. Chunki bundan keyingi davrda avariya xavfi katta bo‘ladi.

    Hurmatli prezidentimiz shuni inobatga olib 2019-yil 2-dekabrda “Toshkent shahrining issiqlik ta’minoti tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini imzolagandi. Shu qaror asosida 2021–2022-yillarda Toshkent shahri bo‘yicha 351 kilometr quvurni almashtirishimiz kerak.

    Hozirda ishlab turgan 20, 30 yillik quvurlar ham bor. Muddati o‘tib ketishiga birinchi va asosiy sabab – moliyaviy masala. Ularni almashtirishga mablag‘ kerak. Tashkilotimiz moliyaviy jihatdan o‘zini-o‘zi ta’minlaydi. Shu paytgacha mablag‘imiz miqdoriga qarab quvurlarni almashtirganmiz. Davlat ham bir qismini moliyalashtirgan, lekin bu juda kam miqdorda bo‘lgan.

    Hozirda prezident qarori bilan davlatning moliyaviy qo‘llab-quvvatlashi natijasida 2022-yilgacha quvurlarni almashtirish ishlarini olib borishni rejalashtirganmiz. Kelgusi ikki yilda 351 kilometr quvurni yangisiga almashtirish juda ham katta natija bo‘ladi. Bu 2021-yilda 150 kilometr, 2022-yilda 201 kilometr degani”, – deydi korxona vakili.

    Mavzuga doir: Toshkentning bir qismi sovuq kunda quvurdagi avariya sabab issiqlik ta’minotisiz qoldi

    Ma’lum qilinishicha, ayni paytda “Toshissiqquvvati” tomonidan poytaxtdagi 12 ming 801 ta bino va inshootlarga issiqlik energiyasi yetkazib berilmoqda.

    Ma’lumot uchun, Toshkentda isitish mavsumi 15-oktabrdan boshlangan.

    27.11.2020, 14:10   Izoh (0)   9828
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Xizmat mashinasidan shaxsiy ishlarida foydalanish odatiy hol bo‘lib qolgan”. Akmal Burhonov amaldorlarning xizmat avtomobillaridan foydalanishini tanqid qildi

    27.11.2020, 13:31

    Andijonda fuqaroning qiynoqqa solinishi va kasalxonada vafot etishiga aloqador IIO xodimlariga sud hukmi o‘qildi

    27.11.2020, 13:20

    Bosh prokuratura Trailblazer sotib olganini rad etib, Equinox sotib olganini ma’lum qildi

    27.11.2020, 13:09

    “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi Rossiyada taqiqqa uchragan O‘zbekiston pomidor va bulg‘or qalampir mahsulotlarini o‘rganishni boshladi

    27.11.2020, 12:45

    Senat tomonidan Farg‘ona vodiysida energiya muammosini o‘rganish maqsadida ishchi guruh tuzildi

    27.11.2020, 12:10

    O‘zbekiston IIV va UzCard plastik karta egalari firibgarlardan qanday himoyalanish kerakligini eslatib o‘tdi

    27.11.2020, 11:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.