Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida elektr tarmog‘idagi uzilishlar sabab issiqxonalardan biridagi sabzavotlar nobud bo‘ldi. Bu haqda “Troll.uz” Telegram-kanali xabar qilgan.

Foto: Telegram / @Trolluz

Kanaldagi postda qayd etilishicha, ko‘rilgan zararning taxminiy miqdori 35 ming AQSh dollarini tashkil qilishi mumkin. Shuningdek, issiqxonadagi sabzavotlarni xorijga yetkazib berish bo‘yicha shartnoma barbod bo‘lgani aytilmoqda.

Foto: Telegram / @Trolluz

Foto: Telegram / @Trolluz

Foto: Telegram / @Trolluz

Foto: Telegram / @Trolluz

Ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvchilarning ta’kidlashicha, boy berilgan foyda hisoblab chiqilsa, zarar 2 yoki 3 karra ko‘payishi ham mumkin.

Avval Surxondaryoda elektr ta’minotidagi uzilishlar yuzasidan rasmiy izoh berilgan, Farg‘ona viloyatida elektr energiyasi ta’minotida 28 soatgacha uzilishlar kuzatilayotgani xabar qilingan.

Taxiatosh IES sovuq kunlarda qariyb bir yarim kun ishlamay qolgan. Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi tug‘ruqxonada elektr ta’minotida uzilish kuzatilgani yuzasidan izoh berilgandi.