• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Isroil bosh vaziri maxfiy ravishda Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi. Ikki mamlakat AQSh vositachiligida tinchlik bitimini imzolashi mumkin

    Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 22-noyabr kuni Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi. U yerda valiahd shahzoda Muhammad ibn Salmon va AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo bilan uchrashdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

    Foto: EPA

    Foto: EPA

    The Wall Street Journal’ning Saudiya Arabistoni delegatsiyasidagi manbalariga asoslanib xabar berishicha, uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilash, shuningdek, Isroil ham, Saudiya Arabistoni ham ziddiyatda bo‘lgan Eron bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan. Muzokaralar yakunlari bo‘yicha hech qanday shartnoma imzolanmagan.

    Xabar berilishicha, safar maxfiy bo‘lgan, hatto Isroil tashqi ishlar vaziri Gabi Ashkenazi va mudofaa vaziri Beni Gantsga bu haqda xabar berilmagan. Faqat Isroilning yirik ommaviy axborot vositalari safar haqida manbalarga asoslanib, yozishni boshlagandan keyingina uchrashuvni Netanyaxuning hukmron “Likud” partiyasidagi sherigi, ta’lim vaziri Yoav Galant tasdiqladi. Bosh vazir vakillarining o‘zi bu borada izoh berishdan bosh tortdi.

    Falastin bilan mojaro haligacha hal qilinmagan bo‘lsa-da, Isroil arab davlatlari bilan munosabatlarni faol ravishda mustahkamlamoqda.

    2020-yilgacha Isroilni faqat ikkita arab mamlakati — Misr (1979-yilda) va Iordaniya (1994-yilda) tan olgan edi. Boshqa davlatlar rahbarlarining pozitsiyasi shundan iboratki, birinchi navbatda Isroil Falastin arablariga 1967-yilgi olti kunlik urushdan keyin bosib olingan hududlarni qaytarishi kerak va shundan keyingina u bilan muloqot qilish mumkin.

    2020-yilda Qo‘shma Shtatlar Yaqin Sharq mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan harakatlarni kuchaytirdi. Bahorda prezident Donald Tramp “asr kelishuvi” — Falastin va Isroilning kelishuv rejasini taqdim etdi. Reja arab tomoniga ko‘p milliard dollarlik kredit hamda Isroil va AQSh tomonidan rasmiy ravishda Falastinni tan olish evaziga Quddusni Isroilga topshirishni taklif qildi. Ushbu shartlar falastinliklarga to‘g‘ri kelmadi.

    Ammo Isroil—Falastin masalasida oldinga siljish yo‘qligiga qaramay, 2020-yilda Tramp ma’muriyati birdaniga uchta arab mamlakatini yahudiy davlati bilan yarashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Sentabr oyida Bahrayn va Birlashgan Arab Amirliklari Isroil bilan tinchlik bitimlarini imzoladi (BAA bilan qisqa vaqt ichida vizasiz rejim to‘g‘risida kelishuvga erishildi), oktabrda Sudan bilan ham tinchlik kelishuviga erishildi (kelishuvdan bir necha kun oldin AQSh Sudanni rasmiy ravishda terrorizmga homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatidan chiqarib tashladi). Maykl Pompeo Netanyaxuning Saudiya Arabistoniga tashrifidan bir necha kun oldin yana bir qancha davlatlar yaqin kelajakda Isroil bilan kelishuv imzolashiga aminligini aytgan.

    Saudiya Arabistoni mintaqadagi eng yirik davlat. U bilan kelishuv katta muvaffaqiyat bo‘ladi.

    Saudiya Arabistoni Tramp ma’muriyatining kelishuvlar rejasida muhim o‘rin tutadi. Birinchidan, bu Fors ko‘rfazidagi eng katta va eng ta’sirli monarxiya. Ikkinchidan, sunniy Saudiya Arabistoni shia Eronning asosiy mintaqaviy dushmani hisoblanadi va Isroil bilan munosabatlarni o‘rnatish Tehronga qarshi geosiyosiy kurash nuqtai nazaridan har ikki mamlakat uchun ham foydali bo‘ladi.

    Al-Jazeera telekanalining ta’kidlashicha, Saudiya Arabistoni qiroli Salmon konservativ pozitsiyani qo‘llab-quvvatlaydi, Isroil bilan kelishuvlar faqat Isroil—Falastin mojarosi hal qilingandan keyingina mumkin deb hisoblaydi. Otasidan farqli ravishda valiahd shahzoda Muhammad ibn Salmon ancha pragmatik va birinchi navbatda Isroil bilan shartnomani mamlakat uchun iqtisodiy foydali hujjat deb biladi.

    Mavzuga doir: 

    • Donald Tramp Isroil va Saudiya Arabistoni o‘rtasida ham tinchlik shartnomasi imzolanishini bashorat qildi
    • Falastin Isroil va Sudan o‘rtasidagi kelishuvni “orqadan zarba” deb atadi
    • Eron Isroil bilan diplomatik aloqa o‘rnatayotgan Bahraynga “qattiq qasos” bilan tahdid qildi

    23.11.2020, 20:57   Izoh (0)   25928
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Respublikachi senator Trampni hokimiyatni topshirishni boshlashga chaqirdi

    23.11.2020, 19:59

    Shanxaydagi aeroport xodimida koronavirus aniqlangani sabab tartibsizlik yuzaga keldi. Yo‘lovchilar aeroport binosidan qochib chiqib ketishga urindi (video)

    23.11.2020, 18:58

    Chexiya Yevroittifoqda koronavirusdan o‘lim holatlari bo‘yicha yetakchi davlatga aylandi

    23.11.2020, 18:10

    Nyu-Yorkdagi ko‘chma morglarda yuzlab odamlarning jasadi bahordan beri saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi

    23.11.2020, 17:36

    AstraZeneca’ning koronavirusga qarshi vaksinasi 70 foizga samarador bo‘lib chiqdi. Uni boshqa kompaniyalarning vaksinasiga qaraganda saqlash oson

    23.11.2020, 17:12

    Putin Tog‘li Qorabog‘ning maqomiga ta’rif berdi

    23.11.2020, 16:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.