Janubiy Koreya poytaxti Seulda shahar havo transportini tijoratlashtirish davlat dasturi doirasida uchar taksi sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda “Korrespondent.net” ma’lum qildi.
Uchar taksi Seulning yuqori markaziy qismida parvozni amalga oshirgan. Parvoz yetti daqiqa davom etib, qurilma 50 metr balandlikda 1,8 kilometr tezlikda uchgan.
Sinov yo‘lovchilarsiz o‘tkazilgan bo‘lib, uning ichiga 70 kilogramm guruch yuklangan. Shuningdek, Hyundai va Hanwha Systems kompaniyalari ham o‘z prototiplarini namoyish etgan.
Izoh (0)