Daryo

Rossiyaning haydovchisiz boshqariladigan avtomobillari boshqa mashinalar kabi oddiy yo‘llarda sinovdan o‘tkaziladi

Haydovchisiz boshqariladigan tizimning test jarayonlarida Rossiyadagi oltita ishlab chiqaruvchi ishtirok etadi

1 daqiqa o‘qish36 708 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “NAMI” federal davlat unitar korxonasi

Rossiyaning “Glonass” notijoriy tashkiloti vakillari haydovchisiz boshqariladigan mahalliy tizimning yangi sinovlari boshlanganini ma’lum qildi. Dekabr oyidan Moskva viloyatidagi yo‘llarda bir nechta ishlab chiqaruvchilarning mashinalariga o‘rnatilgan avtonom qurilmalar real transportlar oqimida sinovdan o‘tkaziladi, deb xabar beradi Motor.

Foto: “NAMI” federal davlat unitar korxonasi

Haydovchisiz boshqariladigan tizimning test jarayonlarida Rossiyadagi oltita ishlab chiqaruvchi ishtirok etadi. Sinovlar vaqtida kameralar, radarlar, lidarlar va boshqa ixtirochi-kompaniyalarining qurilmalaridan uzatiladigan ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonini kuzatish rejalashtirilmoqda. Mazkur tadbirni o‘tkazishdan maqsad haydovchisiz boshqariladigan avtomobillarga yagona reglament bo‘yicha ma’lumot almashishi imkonini beradigan texnik standartni yaratishdan iborat.

Sinovlar 2020-yilning dekabrida Moskva viloyati yo‘llarida o‘tkaziladi. Mutaxassislar avtonom texnologiyani mashinalar oqimida tekshirib ko‘radi. Ta’kidlanishicha, to‘laqonli avtonom avtomobillarni joriy etilishiga hali ancha vaqt bor. Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada haydovchisiz boshqariladigan avtomobillardan foydalanishning hozircha imkoni yo‘q. Chunki mamlakatda maxsus yo‘l infratuzilmasi shakllanmagan, shuningdek, bu kabi mashinalarning umumiy foydalanishdagi yo‘llarda mustaqil harakatlana olishini ta’minlaydigan huquqiy baza mavjud emas.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, avtonom avtomobillarni Rossiyada faqatgina rulda haydovchi o‘tirgan holda va 13 ta viloyatda, jumladan, Moskva va Sankt-Peterburgda sinovdan o‘tkazish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyun oyida “Yandeks” haydovchisiz boshqariladigan avtomobillarning yangi avlodini taqdim etgan edi.

Mavzuga doir: Video: 50 yildan keyin paydo bo‘ladigan haydovchisiz boshqariluvchi uchar avtomobil

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar