YouTube’dagi PhoneBruff kanali muallifi Apple va Samsung’ning ikkita yangi raqobatchi flagmanlari ustida oddiy test o‘tkazdi. Buning uchun u ikkala smartfonda ham turli harakatlar ketma-ketligini bir xil tezlikda amalga oshiradigan kichik mexanik qo‘lni yiqqan, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.
Real sharoitlarni imitatsiya qilish uchun bloger robot ketma-ket ochadigan mobil dasturlar va o‘yinlarni tanlagan. Smartfonlar tezkor xotiradagi dasturlarning qanchalik tez qayta yuklanishini tekshirish uchun testni ikki doirada o‘tkazgan.
Galaxy Note20 Ultra ikki karra ustunlik mavjud, chunki uning tezkor xotirasi 12 gigabayt, iPhone 12’da esa 6 gigabayt. Shu bilan birga, iPhone bozordagi ilk 5 nanometrli A14 Bionic protsessoriga ega bo‘lgan.
Test natijalariga ko‘ra, iPhone 12 Pro g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. U barcha mobil dasturlar va o‘yinlarni ishga tushirish jarayonida hamda qayta test vaqtida ham tezkorlik ko‘rsatgan. iPhone 12 Pro barcha amallarni bajarishga 2 daqiqa 24 soniya sarflagan bo‘lsa, Galaxy Note20 Ultra’da ushbu ko‘rsatkichi — 2 daqiqa 41 soniya.
Avvalroq iPhone 12 va 12 Pro ishlash samaradorligi bo‘yicha Android flagmanlariga yutqizib qo‘ygani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)