“Bavariya” Germaniya Bundesligasining 6-turida “Kyoln”ni mag‘lubiyatga uchratdi (2:1).
Myunxenliklar klubi Germaniya chempionatida mavsum startidagi 6 o‘yinda 24 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu Bundesliga rekordi hisoblanadi. Dastlabki olti turda hali hech qaysi jamoa buncha ko‘p gol ura olmagandi.
“Bavariya” Bundesliga 2020/21-yilgi mavsumining dastlabki 6 turida “Shalke-04” (8:0), “Hoffenhaym” (1:4), “Herta” (4:3), “Arminiya” (4:1), “Anytraxt” (5:0) va “Kyoln” (2:1) jamoalari bilan o‘ynadi.
“Bavariya” keyingi turda “Borussiya D” bilan o‘ynaydi. Uchrashuv 7-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Xans-Diter Flik qo‘l ostidagi jamoa olti turda 15 ochko jamg‘argan holda birinchi o‘rinda ketmoqda. Dortmundliklar hisobida ham shuncha ochko mavjud.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)