“Barselona” La Liga 7-turida “Real”ga qarshi bahs olib bordi va 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Katalonlarning uchrashuvdagi yagona goliga Ansu Fati 8-daqiqada mualliflik qildi.
2002-yilning 31-oktabrida tug‘ilgan Fati “El-Klasiko”lar tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylandi. 17 yosh-u 359 kunlik Fati bu borada “Real” sobiq hujumchisi Raulning rekordini yangiladi. Raul 18 yosh-u 95 kunligida “Barselona” darvozasini ishg‘ol qilgandi.
Fati La Liga 2020/21-yilgi mavsumidagi 5 o‘yinda to‘rtta gol urgan holda liga to‘purarlari ro‘yxatini boshqarib bormoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)