“Bavariya” Bundesliga 5-turida “Ayntraxt”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi (5:0).
Myunxenliklar jamoasi Germaniya chempionati 2020/21-yilgi mavsumining dastlabki beshta turida 22 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi va bu borada rekordchiga aylandi.
Avvalgi rekord “Borussiya M”ga tegishli bo‘lib, myunxenladbaxliklar 1973/74-yilgi mavsumda mavsum startidagi 5 ta turda 20 ta to‘p kiritgandi.
Ayni damda “Bavariya” 12 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda va peshqadam “Leypsig”dan bir ochko ortda qolmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)