Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha La Liga 7-turida “Barselona” va “Real” jamoalari 24-oktabr, shanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Uchrashuvni har ikki jamoa vakillari faol boshladi. Madridliklar 5-daqiqadayoq ilk xavfli hujumni golga aylantirdi: Federiko Valverde Karim Benzemaning uzatmasidan keyin katalonlar darvozasini ishg‘ol qildi.

Bunga maydon egalari Ansu Fatining goli bilan tezda javob qaytardi. Tanaffusga qadar har ikki jamoada bir qator golga tortadigan vaziyatlar bo‘ldi, biroq birinchi bo‘limda hisob boshqa o‘zgarmadi.

Ikkinchi bo‘lim “Barselona”ning faolligi ostida boshlandi. Biroq gol urish mehmonlarga nasib etdi. 63-daqiqada Serxio Ramos videotakrorlardan keyin belgilangan penaltini muvaffaqiyatli ijro etdi.

Ikkinchi bo‘limning ikkinchi yarmida ustunlik madridliklar tomoniga o‘tdi. Asosiy vaqtning so‘nggi daqiqasida Luka Modrich darvozabon va himoyachilarni ortda qoldirgan holda chiroyli gol bilan yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Shu tariqa ushbu g‘alabadan keyin Zinedin Zidan shogirdlarining ochkolari 13 taga yetdi va jamoa musobaqa peshqadamligini qo‘lga oldi.

La Liga

7-tur bahsi

24-oktabr, shanba

“Barselona” — “Real Madrid” 1:3

Gollar: 0:1 – 5 Valverde, 1:1 – 8 Fati, 1:2 – 63, penalti Ramos, 1:3 – 90 Modrich.

“Barselona”: Neto, Pike, Langle, Dest, Alba (Breytueyt, 87), Buskets (Dembele, 82), de Yong, Fati (Grizmann, 81), Koutinyo, Pedri (Trinkau, 81), Messi.

“Real Madrid”: Kurtua, Ramos, Mendi, Varan, Nacho (Vaskes, 43), Valverde (Modrich, 69), Kazemiro, Vinisius Junior, Kroos, Asensio (Rodrigo, 81), Benzema.

Ogohlantirishlar: Kazemiro (19), Langle (29), Nacho (37), Alba (62), Messi (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi