“Real” sardori Serxio Ramos La Liga 7-turi doirasida “Barselona”ga qarshi kechgan o‘yindagi g‘alabadan (3:1) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Bu himoyadagi o‘yinda juda kuchli bo‘lgan ikki jamoalar to‘qnashuvi bo‘ldi, bizlarda bo‘sh hudud juda kam bo‘ladi. Shu sabab natija ayrim vaqtlari charxpalakka o‘xshaydi.
Biz gol urdik va ulardan to‘pni tortib oldik — bunday holatda ular juda qattiq jabr ko‘radi. Ikkinchi goldan keyin himoyalandik. Umumiy olganda juda yaxshi. Jamoa oldiga qo‘yilgan vazifani uddaladi. Tanqid bizga jabr qilmasligi kerak, o‘z yo‘limizda davom etishimiz zarur.
Penalti? O‘ylashimcha, bu toza penalti. Sakramoqchi bo‘lganimda Langle meni ushlab qoldi va bu ochiq ko‘rinib turibdi. Yaqqol vaziyatdagi qaror uchun hakamni qoralash adolatsizlik”, — deydi Ramos.
Eslatib o‘tamiz, ikkinchi bo‘limda Kleman Langle o‘z jarima maydoni ichida Ramosni ushlab qoldi, shundan keyin videotakrorlarga murojaat qilgan uchrashuv bosh hakami Xuan Martines Munuera katalonlar darvozasi tomon penalti belgiladi. 11 metrlik jarima zarbasini Ramosning o‘zi muvaffaqiyati ijro etdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)