O‘zbekistonlik professional bokschi Qudratillo Abduqahhorov (17-0, 9 KO) va rossiyalik sportchi Sergey Lipinets (16-1, 12 KO) o‘rtasidagi jang bekor qilindi. Bu haqda jang tashkilotchilari ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, 27 yoshli o‘zbekistonlik bokschining viza bilan bog‘liq muammosi hal bo‘lmagan. Mazkur muammo tufayli kuzning boshiga belgilangan jang qoldirilgandi.
24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan jangda Qudratilloning o‘rinini kanadalik bokschi Kastio Kleyton (18-0, 12 KO) egallaydi.
Eslatib o‘tamiz, Abduqahharov va Lipinets o‘rtasidagi jang IBF yo‘nalishida vaqtinchalik chempion nomini aniqlab berishi kerak edi.
Ushbu vazn toifasida IBF kamari amerikalik bokschi Errol Spensga (26-0, 21 KO) tegishli.
Izoh (0)