Taniqli turk aktrisasi Hulya Avshar Ayvalikdagi 55 million liralik (7 million dollar) orolni sotib oldi. Bu haqda turk OAV xabar berdi.
Qayd etilishicha, aktrisa orolni qizi Zehraga olib bergan.Aktrisaning aytishicha, bir necha yillardan buyon orol egalari bilan muzokara olib borayotgan edi. Orol anchagina qimmat bo‘lsa ham, uni sotib olish orzusidan voz kecha olmagan.
Avshar orolda tennis kortlari va dam olish zonalarini qurishni rejalashtirmoqda. Uning aytishicha, bu uning hayotidagi eng omadli xarid.
Ma’lumot uchun, Hulya Avshar reytingi baland bo‘lgan ko‘rsatuvlarning boshlovchisi, xonanda, shuningdek, o‘zbek tomoshabinlariga “Muhtasham yuz yil: Ko‘sem” serialidagi Safiya sulton obrazi bilan tanilgan aktrisa hamdir.
U bir necha marta xalqaro tanlovlarda eng yaxshi aktrisa va xonanda sifatida e’tirof etilgan.
Izoh (0)