• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 5-avgust kuni 746 kishida koronavirus aniqlandi. Ahvoli og‘ir bemorlar soni 1000 nafardan oshib ketdi

    O‘zbekistonda 4-avgust soat 23:30 dan 5-avgust soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 746 ta holat qayd etildi. Bir kun oldin ham 746 kishida koronavirus aniqlangandi. Ketma-ket beshinchi kun kunlik kasallanish holati 700 dan yuqori bo‘lmoqda. 1-avgustda 774 kishining kasallanishi hozircha antirekord hisoblanadi. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 27793 nafarga yetdi.

    SSV hisobi bo‘yicha 171, “Daryo” hisobi bo‘yicha 179 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.

    SSV hisobi bo‘yicha 171, “Daryo” hisobi bo‘yicha 179 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.
    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallangan 746 kishining barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:
    • Toshkent shahrida — 499 nafar;
    • Toshkent viloyatida — 137 nafar;
    • Buxoro viloyatida — 39 nafar;
    • Qashqadaryo viloyatida — 33 nafar;
    • Surxondaryo viloyatida — 19 nafar;
    • Andijon viloyatida — 12 nafar;
    • Navoiy viloyatida — 7 nafar.
    Kun davomida 7 ta hududda koronavirusga chalinish holati kuzatildi. 25-iyuldan beri birinchi marta koronavirus aniqlangan hududlar soni 7 taga tushdi.

    Toshkent shahrida 499 kishida koronavirus aniqlandi. Bu Toshkent shahrida bir kunda kasallik aniqlanishi bo‘yicha antirekord hisoblanadi. 4-avgust kunidagi antirekord (489 kishi) bir kun o‘tiboq yangilandi. Kun davomida O‘zbekiston bo‘yicha aniqlangan holatlarning 67 foizi Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi. Avgust oyi boshidan beri poytaxtda 2149 kishida koronavirus aniqlandi, bu kunlarning 3 tasida kunlik kasallanish holati 480 dan yuqori bo‘ldi. Eng kam kasallik aniqlangan kunda ham 325 kishida koronavirus qayd etildi. Taqqoslash uchun, iyul oyining 5 kuni ichida Toshkent shahrida 560 kishida koronavirus aniqlangandi.

    Toshkent viloyatida 137 kishida koronavirus qayd etildi. Viloyatda 23-iyuldan boshlab har kuni kasallikka chalinish holatlari qayd etilmoqda, 26-iyuldan beri esa har kuni koronavirusga chalinganlar soni 100 nafardan oshmoqda (ikki marta 200 tadan ham oshdi). Avgust oyining 5 kuni ichida Toshkent viloyatida 862 kishida koronavirus aniqlandi.

    Buxoro viloyatida 39 kishida koronavirus aniqlandi. Buxoroda uch kun ichida birinchi marta yangi kasallanish holati kuzatildi. Hozirda viloyatda kasallanganlar soni 915 nafarga yetdi. Buxoro koronavirusga chalinganlar soni 900 nafardan oshgan Toshkent shahri, Toshkent, Andijon va Samarqand viloyatlaridan so‘ng 5-hudud bo‘ldi. Viloyatda koronavirus yuqtirib olganlar orasida Buxoro viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov ham bor, hozirda u Toshkentda davolanmoqda.

    Qashqadaryo viloyatida 33 kishida koronavirus qayd etildi. Viloyatda 28-iyuldan beri har kuni yangi kasallanish holatlari kuzatilmoqda, lekin bu kunlarda kasallanish holati bugungacha 20 taga ham yetmagandi. Viloyatda 3-avgustdan karantin cheklovlari yengillashtirilishni boshlagan. Qarshi shahri barcha avtomobillar uchun ochilib, shaharga belgilangan vaqtda kirib-chiqishga ruxsat etilgan. Qarshi shahridagi sartaroshxonalar va go‘zallik salonlari shahar maxsus komissiyasi ruxsati bilan 4-avgustdan yana o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Shuningdek, nooziq-ovqat do‘konlari, kiyim-kechak sotuvchi do‘konlar va maishiy xizmat ko‘rsatuvchi maskanlar faoliyatiga ham ruxsat etilgan. Kitob tumanida 4-avgustdan boshlab “Qalandartepa” buyum bozori, savdo, maishiy xizmat, umumiy ovqatlanish obyektlari faoliyati ham tiklandi.

    Surxondaryo viloyatida 19 kishida koronavirus aniqlandi. Viloyatda 1-avgust kuni 4, 3-avgust kuni 12 kishida kasallik qayd etilgandi. Surxondaryoda koronavirusga chalinganlar orasida viloyat hokimi To‘ra Bobolov ham bor, u ayni vaqtda Toshkentda davolanmoqda.

    Andijon viloyatida 12 kishida koronavirus qayd etildi. Viloyatda so‘nggi 20 kun ichida faqat 25-iyul kuni yangi holatlar aniqlanmadi. Hozir Andijonda koronavirusga chalinganlar soni 1057 nafarga yetgan. Vodiyning qolgan ikki viloyati — Namangan (768 ta holat) va Farg‘ona (289) viloyatlaridagi umumiy kasallanganlar soni ham 1057 nafarga tengdir.

    Navoiy viloyatida 7 kishida koronavirus qayd etildi. Oxirgi 12 kun ichida Navoiyda faqat 3-avgust kuni kasallik aniqlanmadi. Navoiyda koronavirusga chalinganlar orasida viloyat hokimi Qobul Tursunov ham bor. U 9 kundan beri Toshkentda davolanmoqda.

    O‘lim holatlari va ahvoli og‘ir bemorlar

    SSV 5-avgust kuni Toshkent shahrida 3 nafar, Qashqadaryo, Buxoro va Toshkent viloyatlarida 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgani haqida xabar berdi. SSV Buxoro shahrida yashagan 61 yoshli T.B. ismli erkakning vafoti haqida ma’lumot berdi. Bu bilan SSV 3-avgust kuni 61 yoshida vafot etgan Buxoro xalqaro aeroporti direktori Tohir Bahronovning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lganini tasdiqladi.

    Birinchi o‘lim. Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashagan 70 yoshli A.M. ismli erkak vafot etgan.

    Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashagan 51 yoshli A.L. ismli erkak vafot etgan.

    Uchinchi o‘lim. Toshkent shahri Sergeli tumanida yashagan 38 yoshli S.M. ismli erkak vafot etgan.

    To‘rtinchi o‘lim. Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashagan 77 yoshli X.S. ismli erkak vafot etgan.

    Beshinchi o‘lim. Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashagan 67 yoshli X.K. ismli erkak vafot etgan.

    Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 171 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 179 nafarni tashkil etmoqda. Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 19-iyul kuni Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova, 22-iyulda Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. 31-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi, 53 yoshli Xayriddin Shermuhamedov, 1-avgust kuni Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov vafot etgani xabar berildi. Biroq ushbu sakkiz holat haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

    Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi.

    Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 8 839 nafar bemordan 799 nafari og‘ir, 228 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Ahvoli og‘ir bemorlar sonida har kuni katta o‘zgarishlar bo‘lmoqda. 3-avgust kuni kun avval og‘ir va o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorlarning umumiy soni 779 nafardan 1151 nafarga (deyarli 50 foiz) ko‘paygandi, 4-avgustda 1151 nafardan 774 nafarga (deyarli 50 foiz) tushgandi. Endi esa ahvoli og‘ir bemorlarning umumiy soni 33 foizga ko‘payib, 1027 nafarga yetdi.

    Kasallikdan davolanish

    5-avgust kuni 732 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Bir hafta ichida birinchi marta kunlik koronavirusga chalinish holatlari kasallikdan sog‘ayganlar sonidan yuqori bo‘ldi. 5-avgustda tuzalganlarning
    • 461 nafari Toshkent shahrida;
    • 132 nafari Toshkent viloyatida;
    • 39 nafari Samarqand viloyatida;
    • 22 nafari Qashqadaryo viloyatida;
    • 21 nafari Andijon viloyatida;
    • 20 nafari Buxoro viloyatida;
    • 17 nafari Namangan viloyatida;
    • 14 nafari Navoiy viloyatida;
    • 6 nafari Xorazm viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘lgan.
    Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga aniqlik kiritilmagan.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan. Kuni kecha SSV koronavirusga chalingan bemorlarni uy sharoitida davolash bo‘yicha asosiy tavsiya va qoidalar ham taqdim etgandi.

    Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 27 793 nafar bemordan 18 783 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 67 foizni tashkil etmoqda. Oxirgi marta 28-iyun kuni davolanish ko‘rsatkichi 67 foiz bo‘lgandi. Shundan so‘ng bu ko‘rsatkich faqat tushib, 21-23-iyul kunlari 53 foizgacha tushib ketgandi.

    Hozirda eng ko‘p bemor Toshkent shahrida davolanmoqda — 6757 nafar. Jizzaxda 13, Farg‘onada 22, Navoiyda 44, Xorazmda 44, Qoraqalpog‘istonda 60, Samarqandda 68, Andijonda 77, Sirdaryoda 97, Namanganda 109, Qashqadaryoda 119, Surxondaryoda 130, Buxoroda 161 va Toshkent viloyatida 1138 nafar bemor qoldi.

    05.08.2020, 23:58   Izoh (0)   143872
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda bir kunda qancha odam vafot etishi ma’lum qilindi

    05.08.2020, 23:41

    Navoiy viloyatida Alisher Navoiy haykalini masxara qilgan yoshlar 5 sutkaga qamaldi

    05.08.2020, 23:26

    O‘zbekistonda yiliga 1100 bemor umrini 10 yilga uzaytiruvchi gemodializ markazlari tashkil etiladi

    05.08.2020, 23:11

    Andijonda 6-avgustdan boshlab oshxona, buyum bozorlari va mehmonxonalar o‘z faoliyatini qayta boshlaydi

    05.08.2020, 22:40

    Qamchiq dovonida yangi tunnel quriladi

    05.08.2020, 22:09

    Toshkent, Buxoro, Farg‘ona va Urganch aeroportlari davlat-xususiy sheriklikka beriladi

    05.08.2020, 21:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real” “PSJ”ga qarshi — Klublar o‘rtasidagi JCHning yarim final juftliklari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 6 iyul, 10:30

    O‘zbekistonda portlovchi va zaharli moddalar aylanmasiga talablar kuchaytirildi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 10:20

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Real” “Borussiya D”ni mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi (video)

    Sport | 6 iyul, 09:50

    O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston energetika kompaniyalari qo‘shma korxona tashkil etdi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 09:40

    Arzon narxdagi “dacha”ga oldindan to‘lov qilmang — Ichki ishlar bosh boshqarmasi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 08:56

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.