Shavkat Mirziyoyev 5-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishdа sog‘liqni saqlash sohasida 270 million dollarlik 14 ta loyihani jadallashtirishni tayinladi.
Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, ikki oy muddatda Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Toshkentda gemodializ markazlarini tashkil etish bo‘yicha tenderlarni yakunlash vazifasi qo‘yildi. Ushbu loyihalar doirasida yiliga 1 100 bemorning umrini 10 yilga uzaytirish imkoni yaratiladi. Gemodializ xarajatlari uchun budjetdan yiliga 100 milliard so‘m ajratiladi.
Mamlakatda har yili 20 mingdan ziyod onkologik bemor ro‘yxatga olinadi. Mutasaddilarga yil yakuniga qadar 2 ta radioterapiya markazini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish topshirig‘i berildi.
Shuningdek, yil yakuniga qadar Nurafshon shahrida “qurish–boshqarish–topshirish” prinsipi asosida 1 ming o‘rinli ko‘p tarmoqli klinik shifoxona tashkil etish bo‘yicha loyiha hujjatlari ishlab chiqish yuklatildi.
Yig‘ilishda tibbiyot sohasidan tashqari energetika, transport, kommunal xo‘jalik sohasida davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish masalasi ham ko‘rib chiqilgan.
Izoh (0)