Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra karantin muddati uzaytirilganini inobatga olib oylik yo‘l chiptalarini qabul qilish muddatini 1-sentabrga qadar uzaytirildi, deya xabar bermoqda “Toshshahartransxizmat” AJ.
Xabarda chipta ishlatilmagan kunlar uchun pul mablag‘ini qaytarib olish maqsadida Toshkent shahar Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasi 6-uyda joylashgan “Toshshahartransxizmat” AJning “Oylik yo‘l chiptalari va jetonlar sotish bo‘limi”ga murojaat qilish kerakligi ma’lum qilingan.
Avvalroq iyul oyi uchun xarid qilingan oylik yo‘l chiptalari karantin cheklovlari sabab 1-avgustdan 10-avgustga qadar qaytarib olinishi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)