O‘zbekistonda 3-avgust soat 16:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq jami holatlar soni rasman 26 066 taga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 14-iyun kuni 5 mingdan, 5-iyul kuni 10 mingdan, 17-iyuldan 15 mingdan, 26-iyul kuni 20 mingdan, 2-avgust kuni 25 mingdan oshgan edi.
SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 3-avgust kuni soat 16:00 gacha koronavirusga chalinganlar soni 513 kishiga ko‘paydi. Shuningdek, 331 bemor sog‘aygan, 9071 nafar bemor esa davolanishni davom ettirmoqda.
SSV 3-avgust kuni soat 16:00 ga qadar to‘rtta o‘lim holatini ma’lum qildi: Bekobodda 60 yoshli ayol, Toshkentda keleslik 67 yoshli erkak, shuningdek, Toshkent shahrida yashagan 69 yoshli va 49 yoshli ayollar koronavirus asoratlaridan vafot etgan. Ular aynan qaysi sanada vafot etganiga aniqlik kiritilmagan.
Izoh (0)