• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Mahalla vazirligi: Tarbiyasi og‘ir qizlarning mahallalar kesimida ro‘yxatlari shakllantiriladi

    Mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari imom-xatiblar bilan birgalikda profilaktik hisobda turgan tarbiyasi og‘ir, voyaga yetgan notinch oila farzandlari va ularning ota-onalari bilan manzilli ish kuchaytiriladi. Bu haqda dastur bo‘yicha Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bosh mutaxassisi Nilufar Komilovaning “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

    Oliy Majlis Senati tomonidan “Erta turmush va erta tug‘ruq holatlari hamda oilaviy ajralishlar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish bo‘yicha 2020—2021-yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi” qabul qilingan.

    Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi xodimi Nilufar Komilovaning ma’lum qilishicha, voyaga yetmagan qizlar o‘rtasida erta tug‘ruqning oldini olish, ota yoki onasiz oilalarda yashayotgan hamda tarbiyasi og‘ir qizlarning mahallalar kesimida ro‘yxatlari shakllantiriladi.

    “Bu ro‘yxat asosida tuman, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash, yoshlar ishlari agentligi, xalq ta’limi bo‘limlari va tibbiyot muassasalari bilan birgalikda har oyda ushbu qizlarni muammolari o‘rganib chiqiladi va aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tizim yaratiladi”, – dedi Nilufar Komilova.

    Shu bilan birga, mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari imom-xatiblar bilan birgalikda profilaktik hisobda turgan, tarbiyasi og‘ir, voyaga yetgan, notinch oila farzandlari va ularning ota-onalari bilan manzilli ishlar yana kuchaytiriladi.

    “Mahallalardagi ishsiz qizlarning tibbiy madaniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish va ularni oilaviy hayotga tayyorlash, reproduktiv salomatlik bo‘yicha alohida o‘quv kurslarini tashkil etish rejalashtirildi”, – dedi u.

    Senat taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-yilda 16 yoshli ayollar va 17 yoshli erkaklar orasida tuzilgan nikohlarning soni 7 tani, 2019-yilda 5 tani tashkil etgan. 2020-yilning birinchi choragida esa 16 yoshli qizlar orasidagi erta nikoh holati qayd qilinmagan. 18 yoshga to‘lmagan qizlar orasida erta tug‘ruq holatlari kamayib, 2018-yilda bunday holatlar 1,5 mingdan ziyod bo‘lgan bo‘lsa, 2019-yilda bu ko‘rsatkich 1,2 mingtani tashkil etgan. 2020-yilning birinchi choragida 231 ta erta tug‘ruq holatlari qayd etilgan.

    Eslatib o‘tamiz, 2019-yil avgustida Toshkentda xotin-qizlarning 23 ta toifa bo‘yicha kartotekalari shakllantirilishi haqida xabarlar tarqalgan edi — ro‘yxatda, jumladan, uzoq vaqt chet elda bo‘lgan ayollar, ishsiz va vaqtinchalik propiskali xotin-qizlar kabi toifalar ham bor edi.

    Ro‘yxat jamoatchilikning keskin noroziligiga sabab bo‘lgan, Demokratiya va inson huquqlari instituti ushbu ro‘yxat yuzasidan O‘zbekiston ichki ishlar vaziri va Toshkent shahar hokimi nomiga murojaat yo‘llagandi (shuningdek, bu ro‘yxat xonanda Lolaning “Sevgingni menga ayt 2” klipida ham qoralab chiqilgan).

    Sobiq xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova “Ayollarning 23 toifasi ro‘yxati” tuzilishiga aloqasi yo‘qligini aytib o‘tgandi.

    Andijon viloyatida ham 2019-yilning aynan avgustida Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi maktablarda ishlovchi 25-35 yoshdagi, turmushga chiqmagan va turmushidan ajragan ayollarning alohida ro‘yxati yuritilishiga oid ma’lumot paydo bo‘lgandi. Andijon shahar hokimligi shunday ro‘yxat haqiqatan ham borligi, u shahar Xalq ta’limi bo‘limi xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tuzilgani, turmushga chiqmagan va oilasidan ajrashgan qizlarga moddiy-ijtimoiy yordam berish uchun shakllantirilganini bildirgandi.

    Xalq ta’limi vazirligi va sobiq Xotin-qizlar qo‘mitasi bergan ma’lumotga ko‘ra, bu ro‘yxat Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limi tomonidan viloyatdagi huquqni muhofaza qilish organlariga ishga qabul qilishda suhbatga chaqirish uchun tuzilgan bo‘lib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ayol xodimlar, xususan, pedagoglar sonini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan. Ro‘yxatda qayd etilgan ayollar roziligi olingan holda suhbatga yuborilgan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlashni xohlamaganlar esa ro‘yxatdan o‘chirilgan va suhbatga chaqirilmagan.

    Shuni ham qayd etish lozimki, O‘zbekistonda yuridik jihatdan “jinoyatga moyilligi bor ayol” degan tushuncha yo‘q. Qonunchilikda huquqbuzarlikka moyilligi borlar ikkiga — jinoiy va ma’muriy toifaga bo‘linadi. Birinchi toifaga jazoni ijro etish muassalaridan qaytganlar, ichkilikka ruju qo‘yganlar, ruhiy kasallar, fohisha va fohishaxona saqlagan xotin-qizlar kiradi. Ikkinchi toifaga esa farzand tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ayollar mansub.

    23.07.2020, 19:06   Izoh (0)   15803
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Koronavirusning og‘ir va yengil shakli bilan kasallanib tuzalgan bemorlarda qanday alomatlar saqlanib qolinishi mumkinligi aytildi

    23.07.2020, 18:54

    Tobutlar bilan to‘la kasalxona hovlisi aks etgan video O‘zbekistonda olinmaganligi aytildi

    23.07.2020, 18:37

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 24-iyul kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

    23.07.2020, 18:30

    “O‘zbekiston pochtasi”ning Surxondaryo filiali direktori 53 yoshida vafot etdi

    23.07.2020, 18:07

    Qashqadaryolik bloger Zoir Mirzayevning matbuot kotibi va bir nechta mas’ullar koronavirusda gumonlanib, karantinga olinganini xabar qildi. Hokimlik esa buni rad e...

    23.07.2020, 17:53

    O‘zbekiston o‘zining mudofaa sanoati quvvatida T-64 tanklarini modernizatsiya qildi

    23.07.2020, 17:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.