• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Putinni kim almashtira oladi?” Yamandagi aviazarbalar va Fransiyada siyosiy rahbarning o‘zgarishi. Jahon hafta ichida

    Iyul oyining ilk haftasi ham nihoyasiga yetdi. Xo‘sh bu hafta nimalar bilan yodda qoldi? “Daryo” dunyoda yuz bergan muhim voqealar tahlilini diqqatingizga havola etadi.

    Rossiyada referendum

    Oyning ilk kunida Rossiya federatsiyasida konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, Rossiya Konstitutsiyasining 81-moddasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. Ovoz berishda qatnashganlarning 78 foizi bu o‘zgartirishni ma’qullab ovoz bergan. Referendumda qatnashish ko‘rsatgichi 65 foizni tashkil qilgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham ovoz berishda qatnashgan.

    Foto: AP

    Foto: AP

    Xo‘sh, konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirish nimadan iborat? Konstitutsiyaning 81-moddasi bundan buyon mamlakat prezidentiga saylanish muddati tugagan taqdirda qaytadan o‘z nomzodini prezidentlik saylovlarida ilgari surishga imkon beradi. Demak, Vladimir Putin 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi saylovlarda ham ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. O‘zgarishdan oldin uning amaldagi vakolati 2024-yilda o‘z nihoyasiga yetishi kerak edi.

    O‘z navbatida, Rossiyadagi eng ko‘zga ko‘ringan shaxslardan biri, Checheniston respublikasi prezidenti Ramzan Qodirov Vladimir Putinni umrbod prezident etib saylash taklifini ilgari surdi. “Vladimir Putinni umrbod prezident qilib saylashimiz zarurligi men ko‘p gapiradigan muhim gap. Xo‘sh, hozir kim uni almashtira oladi? U kabi dunyo miqyosidagi yetakchi siyosatchi yo‘q. Biz u bilan faxrlanishimiz kerak”, – degan Qodirov Checheniston Respublikasining koronavirus bo‘yicha tezkor shtabidagi majlisda.

    Vladimir Putin 2024-yilgi saylovlarda ham g‘alaba qozonsa, bunga shubha qilish ahmoqlik bo‘lsa-da, 2036-yilgacha, ya’ni 84 yoshgacha Rossiya prezidenti bo‘lib qoladi. Yana shuni ta’kidlash kerakki, ushbu o‘zgartirishlar faqatgina Putin uchun amal qiladi va undan keyingi prezidentlarga taalluqli emas.

    Yamandagi aviazarbalar

    2-iyul kuni Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyaga tegishli harbiy aviatsiya kuchlari Yamanning bir qator viloyatlarga zarba berdi. Sa’da shahriga amalga oshirilgan hujum oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, deb xabar qiladi Almasirah telekanali. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida bolalar ham bor. Shuningdek, poytaxt Sana shahrining bir qator tumanlari, Hajja, Marib, Al-Jauf va Al-Bayda viloyatlariga ham hujum uyushtirilgan.

    Foto: EPA

    Foto: EPA

    1-iyuldan boshlab harbiy koalitsiya isyonchi xusiylar tomonidan Saudiya Arabistoni chegarasiga ballistik raketalar va uchuvchisiz qurilmalar orqali amalga oshirilgan hujumga javoban keng ko‘lamli operatsiyalar boshlanganini e’lon qilgandi.

    Pokistondagi halokat

    3-iyul kuni Pokistonning Panjob provinsiyasida poyezd va avtobus to‘qnashuvi yuz berdi. To‘qnashuv oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi. Ma’lum qilinishicha, salonida ziyoratchilar bo‘lgan avtobus Panjob provinsiyasida temiryo‘lning tartibga solinmaydigan qismidan o‘tayotgan vaqtda poyezd avtobusga kelib urilgan. To‘qnashuv 3-iyul, juma kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:30 da Lahor shahridan 60 kilometr uzoqlikda yuz bergan.

    Pokiston bosh vaziri Imron Xon hodisa munosabati bilan hamdardlik bildirgan. Mamlakatning infratuzilmalar vaziri Shayx Rashid esa aybdorlarni jazolash bo‘yicha buyruq bergan.

    Fransiyada hukumat rahbari o‘zgardi

    Fransiya bosh vaziri Eduard Filipp 3-iyul kuni iste’foga chiqqan. Eduard Fransiya hukumatiga 2017-yilning 15-mayidan buyon rahbarlik qilib kelayotgan edi. Qayd etilishicha, uning o‘zi iste’foga chiqishga qaror qilgan, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron uning iste’fosini qabul qilgan.

    Filippning iste’fosi Makronning “Olg‘a, Respublika!” partiyasining 28-iyun kuni bo‘lib o‘tgan hududiy saylovlarda muvaffaqiyatsiz natijasi fonida yuz berdi. Prezident partiyasi yetakchi lavozimlarni egallay olmagan, yagona katta muvaffaqiyat Gavr meri lavozimini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan aynan Eduard Filipp bilan bog‘liq. Fransiya konstitutsiyasiga ko‘ra, Filipp mer lavozimiga nomzodni taklif qilishi, o‘zi esa hukumat rahbari sifatida ishlashda davom etishi mumkin edi.

    Politico‘ning yozishicha, Makron Filippni bosh vazir lavozimidan olib tashlamoqchi bo‘lgan, ammo uning Gavrdagi g‘alabasi vaziyatni murakkablashtirgan. Iyun oyida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, fransiyaliklarning 43 foizi Filippning bosh vazir lavozimida faoliyatini davom ettirishi tarafdori, 33 foizi esa uning iste’foga chiqishini xohlaydi.

    Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 3-iyul, juma kuni Jan Kasteksni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Kasteks oliy martabali fransuz mansabdori bo‘lib, unga mamlakatni koronavirus pandemiyasi sababli joriy qilingan izolyatsiya rejimidan chiqarish jarayonini muvofiqlashtirish topshirilgandi.

    Le Figaro gazetasi Kasteksni mamlakatning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozining tarafdori deb atagan va uning epidemiologik cheklovlarni olib tashlash bo‘yicha muvaffaqiyatli boshqaruvini ta’kidlab o‘tgan. Qayd etilishicha, 55 yoshli Jan Kasteks o‘zining Fransiya Hisob palatasidagi ishi bilan tanilgan. 15-martda bo‘lib o‘tgan munitsipial saylovlarning birinchi turida u Sharqiy Pireney departamentidagi Prad shahri meri sifatida ishonchli g‘alabaga erishgan.

    Shuningdek, o‘tgan haftada Fransiyada sobiq Bosh vazir Fransua Fiyyon ustidan sud hukmi o‘qib eshittirildi va 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Unga davlat mablag‘larini talon-taroj qilish aybi qo‘yilgan. Sobiq siyosatchining rafiqasi Penelopa Fiyon sherik sifatida uch yilga shartli ravishda ozodlikdan mahrum etildi. Shuningdek, ularning har biri 375 ming yevro jarimaga tortildi.

    1998-yildan 2013-yilgacha Fransua Fiyonning rafiqasi va ikki farzandi uning yordamchisi, shu jumladan, Fransiya Milliy assambleyasi deputati sifatida ishlagan. Amalda esa ular hech qanday ish bajarmagan. Shu tariqa oila 1,08 million yevroni qo‘lga kiritgan.

    Jarimadan tashqari, ular yolg‘on yo‘l bilan olingan pullarni qaytarishi kerak bo‘ladi. Shuningdek, Fransua Fiyonga 10 yil davomida saylanadigan lavozimni egallash ham taqiqlandi.

    Qaytadan masjidga aylangan Ayo Sofiya

    Turkiya oliy sudi Istanbuldagi Avliyo Sofiya ibodatxonasining maqomi prezident farmoni bilan o‘zgartirilishi mumkinligiga oid qarorni qabul qildi, deb xabar qilmoqda Gretsiyaning Оrthodox Times nashri.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Sudyalarning fikricha, Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk 1934-yilda imzolagan ibodatxonaga muzey maqomini berish haqidagi farmon o‘z kuchida qoladi, biroq hozirgi davlat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ushbu maqomni saqlab qolish yoki o‘zgartirish haqida qaror chiqarishga haqli deb belgilangan.

    Bundan tashqari, ibodatxona masalasi Turkiya Davlat kengashida ham muhokama qilingan. Bu boradagi eshituv 17 daqiqa davom etgan, deb yozmoqda CNN. Kengashning rasmiy qarori 15 kun ichida e’lon qilinishi mumkin. Turkiya OAVning taxminlariga ko‘ra, Sofiyadagi birinchi musulmonlar xizmati 15-iyulda 2016-yildagi harbiy-siyosiy davlat to‘ntarishi amalga oshmay qolganining to‘rt yilligi munosabati bilan faoliyatini boshlashi kutilmoqda.

    Koronaxabarlar

    O‘tgan hafta mobaynida butun dunyoni tashvishga solib kelayotgan koronavirus pandemiyasi borasida raqamlar ortishda davom etdi. Jumladan, butun dunyoda kasallar soni 11 milion kishidan oshdi. Bu haqda pandemiya davridagi statistik axborotlarni berib borayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

    AQShda dunyodagi koronavirus yuqtirib olish holatlarining chorak qismi — 2 841 124 kishida COVID-19 aniqlangan. Braziliyada kasallanganlar soni 1,5 million nafardan oshib ketgan, Rossiyada 680 ming nafardan ziyod, Hindistonda 673 mingdan ko‘proq, Chilida qariyb 292 ming bemor infeksiyani yuqtirib olgan.

    Butun dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 11 304 534 nafarga yetgan. Pandemiya qurbonlarining soni 531 659 nafarni tashkil qilmoqda. Eng ko‘p o‘lim holati AQShda kuzatilgan — 129 689 nafar odam. Keyingi o‘rinlarni Braziliya (64 265), Buyuk Britaniya (44 283), Italiya (34 854), Meksika (30 366), Fransiya (29 896) va Ispaniya (28 385) egallab turibdi.

    5-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30 holatiga ko‘ra, koronavirusdan tuzalganlar soni 6 111 195 nafarni tashkil qilmoqda. Sog‘ayganlarning aksar qismi Braziliya (1 013 951 nafar), AQSh (894 325 nafar), Rossiya (449 995 nafar), Hindiston (409 083) va Chili (257 451) kabi mamlakatlar fuqarolari hisoblanadi.

    06.07.2020, 09:10   Izoh (0)   75676
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tramp AQShda avval kommunistlarni, so‘ngra radikallarni mag‘lub etishga va’da berdi

    06.07.2020, 08:39

    Kanye Uest AQSh prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ymoqchi. Ilon Mask uni qo‘llab-quvvatlashga tayyor

    06.07.2020, 07:07

    Shveysariyada hayvonot bog‘ining 55 yoshli xodimi yo‘lbars hujumiga uchrab vafot etdi

    06.07.2020, 06:06

    4 ming dollarlik niqob, 1 daqiqada 40 dan ortiq xot-dog yegan ayol, gulxan ustidagi odamlar. 5-iyul suratlari

    05.07.2020, 23:17

    Yaponiya janubi-g‘arbidagi suv toshqini oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

    05.07.2020, 22:56

    Hindiston shimolida 20 nafardan ortiq odam yashin urishi oqibatida halok bo‘ldi

    05.07.2020, 21:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    Dunyo | 16 avgust, 21:27

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.