Daryo

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Putinni umrbod prezidentlikka saylashni taklif qildi

“U kabi dunyo miqyosidagi yetakchi siyosatchi yo‘q. Biz u bilan faxrlanishimiz kerak”, – degan Checheniston rahbari

1 daqiqa o‘qish56 552 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiya prezidenti Vladimir Putinni umrbod davlat rahbarligiga tayinlashni taklif qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bergan.

Foto: Twitter
“Vladimir Putinni umrbod prezident qilib saylashimiz zarurligi men ko‘p gapiradigan muhim gap. Xo‘sh, hozir kim uni almashtira oladi? U kabi dunyo miqyosidagi yetakchi siyosatchi yo‘q. Biz u bilan faxrlanishimiz kerak”, – degan Qodirov Checheniston Respublikasining koronavirus bo‘yicha tezkor shtabidagi majlisda. Mavzuga doir:  Shuningdek, Ramzan Qodirov chechenistonliklarni Rossiya Federatsiyasi konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha xalq muhokamasida qatnashish va ovoz berishga chaqirgan. “Hozir qonun ustuvor bo‘lgan davlatda yashayapmiz. Biz buyuk davlatning fuqarolarimiz, bizning chechen tili – davlat tili, islom dini birinchi o‘rinda turadi, musulmonlar uchun masjidlar ochiq. Biz amaldorlar siz uchun, xalq uchun xizmat qilamiz. Ushbu sharoitlardan qoniqish sezayotgan bo‘lsangiz, dangasalik qilmay ovoz berishda ishtirok eting, o‘z davlatimizni qurishimiz va rivojlanishimiz kerak”, – deya qo‘shimcha qilgan Checheniston rahbari.

Mavzuga doir: “Kimdir mening topshirig‘im bilan harakat qilsa, u buni bajaradi”. Ramzan Qodirov gruziyalik jurnalistga uyushtirilgan hujum haqida

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar