• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sardoba voqealari va tarqalishda davom etayotgan koronavirus. May oyi yakunlari

    Ancha bahsli, talafotli, xushxabarli va turfa xabarlarga boy bo‘lgan may oyini ham yakunlayapmiz. An’anaga muvofiq oyning esda qolarli voqealarini esga olsak. Quyida eng muhim voqeliklar dayjesti bilan tanishtirib o‘tamiz.

    Mavzuga doir:

    • Yong‘inlar to‘xtadi, tojvirus epidemiyasi boshlandi. Sulaymoniy o‘ldi, Haysam ibn Tariq yashadi. Yanvar nimalar bilan esda qoldi?
    • Chegara bilmas koronavirus, Idlibdagi mojaro, Oltinsoy voqealari, “Oskar”ni egallab olgan “Parazitlar”. Fevral nimalari bilan esda qoldi?
    • Karantindagi dunyo. O‘zbekistonda koronavirus qanday kutib olindi? Mart oyining yakunlari
    • Chekinishni istamayotgan COVID-19 va karantindan voz kechayotgan Yevropa. Aprel oyi yakunlari
    Sardobadan suv chiqdi

    Bu safargi xabarlarni koronavirus bilan bog‘liq voqealar bilan emas, balki 1-may kuni sodir bo‘lgan Sirdaryo viloyatidagi fojia bilan boshlashni lozim topdik. Barchaga ma’lum bo‘lganidek, 1-may kuni tong saharda Sirdaryo viloyatida joylashgan “asr qurilishi” deya baholangan Sardoba suv omborining bir qism to‘g‘onidan texnogen halokat oqibatida suv otilib chiqa boshlagan hamda u qisqa fursatda juda katta maydonni egallagan edi. Hududda istiqomat qiluvchi va unga yaqin hududlardan jami 70 mingga yaqin aholi evakuatsiya qilindi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Voqea joyiga dastlab bosh vazir Abdulla Aripov, keyin esa Prezident Shavkat Mirziyoyev yetib bordi. Evakuatsiya qilingan aholi Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi xavfsiz hududlardagi turli jamoat binolari, maktab, kollejlarga joylashtirilgan. Suv ombori dambasining buzilishi natijasida suv toshqinlari nafaqat O‘zbekiston, balki qo‘shni Qozog‘iston Respublikasining Maxtaaral tumanida ham yuz berdi hamda hududda istiqomat qiluvchi minglab odamlarning uy-joyiga, ekin maydonlariga jiddiy zarar yetdi. Avariya holati yuz berganda Qozog‘iston hukumati toshqin ularga yetib bormasligi haqida ishontirilgan.

    Shuning uchun fuqarolar evakuatsiya qilinmagan. Ammo suv yetib borganidan keyin kech bo‘lgan hamda minglab odamlar evakuatsiya qilingan. Ikki davlat hukumat rahbarlari vaziyatni muhokama qilib, muammoga yechim topishga harakat qildi. Falokat kunining o‘zidayoq butun respublika aholisi jabrdiydalarga yordamga oshiqdi. Sardoba foijasidan jabr ko‘rganlarga yordam ko‘rsatish markazi tashkil etildi. Turli viloyatlardan yordam karvonlari Sirdaryo va Jizzaxdagi vaqtinchalik yashab turgan joylariga yuborildi.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistonda koronavirusning yettinchi haftasi dayjesti: Shamol va suv iskanjasi, karantinning yumshashi, Sardobaga yo‘l olgan karvonlar
    • Haftalik dayjest: “G‘alabami yoki xotira?”, “Qizilmisiz-sariqmisiz-yashilmisiz?”, Sardobadan quruq chiqishni istaganlar
    • “Asosiy masala — Sardoba, ammo ‘yulduzlar’ haqida gapiramiz”. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari qaysi mavzularni muhokama qilmoqda?
    • Tiklanayotgan Sardoba. Tashqi ishlar vazirligi sukuti nimani anglatadi? Ijtimoiy tarmoqlardagi trendlar
    • Haftalik dayjest: Sardoba aybdorlari, bitiruvchilarga sovg‘a, MTRKdagi Susambil
    Dastlab, falokatga noqulay ob-havo sharoiti sabab qilib keltirilgan bo‘lsa, keyinchalik o‘rganishlar natijasida bu rad etildi. Voqea sabablarini o‘rganish uchun guruh tuzildi. Hodisa yuzasidan jinoyat ishi ochilib, tergovni DXX olib borishi belgilandi. Hozircha Sardoba ishi bo‘yicha ikki kishi hibsga olindi. Tergov harakatlari esa davom etmoqda. Qamoqqa olinganlar suv ombori qurilishiga aloqador bo‘lmagan, balki ular ombor topshirilganidan keyingina lavozimlarga tayinlangani ko‘pchilikning e’tiborini o‘ziga qaratdi. Saytimizda chiqqan turkum maqolalarda hodisa tafsilotlaridan yaxshi xabardorsiz, shuning uchun gapni qisqa qilib boshqa xabarlarga ham o‘tsak.

    Koronaxabarlar

    O‘tgan yili Xitoyning Uxan shahrida boshlangan va yanvar oyi oxirlaridan butun dunyoga tarqalishda davom etgan SARS-CoV-2 koronavirusi keltirib chiqargan COVID-19 pandemiyasi hali hamon bizni tark etish istagida emas. May oyi davomida kasallik ba’zi mintaqalarda pasaygan bo‘lsa, ayrimlarida avj olishda davom etmoqda. Masalan, kasallikning Xitoydan keyingi o‘chog‘i bo‘lgan Yevropa davlatlarida kasallik chekinayotgan, karantin tartiblari bekor qilinayotgan bo‘lsa, Lotin Amerikasi, AQSh davlatlarida avj olmoqda. Oy oxirlariga kelib kasallik Afrikada ham o‘sishni boshlangani xabar qilindi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    May oyida Fransiya, Italiya, Ispaniya, Germaniya singari bir qator davlatlar karantin cheklovlarini bekor qilishni va yengillatishni boshladi. Fransiyada maktablarga ruxsat etilgan. Ispaniya esa 1-iyuldan boshlab o‘z chegaralarini xorijliklar uchun ochishni rejalashtirmoqda. Yevropada Chernogoriya koronavirusni yengan ilk davlat bo‘ldi. Chexiyada esa jamoat joylarida niqobsiz yurishga ruxsat berildi. Mamlakat birinchilardan bo‘lib, aprel oyidan boshlab karantin choralarini yengillashtirishni boshlagan edi. Shuningdek, u fuqarolariga chet elga chiqishga ruxsat bergan ilk davlat bo‘lgan edi. Xullas, Yevropa kasallikdan qutulish yo‘liga kirdi.

    Bu paytda esa AQSh  hamda Lotin Amerikasi davlatlaridagi vaziyat hamon jiddiyligicha qolmoqda. Ayniqsa, Braziliya, Peru, Ekvador hamda Meksikaning ayrim hududlarida. May oyi davomida Braziliya kasallanishlar soni bo‘yicha AQShdan keyingi 2-o‘ringa chiqib olgan edi. Bu borada Rossiyani quvib o‘tdi. Braziliyadagi ahvolning yomonlashuviga mamlakat prezidentining o‘z vaqtida karantin choralarini ko‘rmagani sabab bo‘lgani aytib kelinadi. AQShda esa kasallanishdan vafot etganlar soni 100 ming kishidan oshib ketdi. Umumiy kasallanishlar soni AQShda 1 million 800 ming kishiga, Braziliyada 450 ming kishiga, Rossiyada esa 380 ming kishiga yaqinlashmoqda.

    Rossiyaning yetakchi siyosatchilaridan, Checheniston Respublikasi prezidenti Ramzan Qodirovning kasal bo‘lgani haqida gap-so‘zlar tarqalgani sababli uning o‘zi omma oldida ko‘rinish berib, soppa-sog‘ ekanini ma’lum qildi.

    Mavzuga doir:

    • Koronavirus epidemiyasi vaqtida bir martalik qo‘lqop taqish foyda beradimi?
    • Jamoatchilik oldida ko‘rinish bergan Kim. Qaysi mamlakatlarda karantin qoidalari yumshatilmoqda? Jahon hafta ichida
    • G‘arb razvedkalarining Xitoy koronavirusni qasddan tarqatgani haqidagi ayblovi rostmi?
    • Ish faoliyatini tiklayotgan britaniyaliklar va AQShning ustidan kulayotgan Xitoy. Pandemiyadan so‘ng BMTni nimalar kutmoqda? Jahon matbuoti sharhi
    • Pandemiyada karantinda o‘tirmagan yagona Yevropa davlati. Shvetsiyaning koronavirusga qarshi strategiyasi butun dunyoga yoyilmoqda
    • Jahon hafta ichida. Braziliyadagi koronavirusga bog‘liq rekord raqamlar va Afg‘onistondagi siyosiy vaziyat. Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi faoliyatidan kimlar norozi?
    Koronavirus bilan bog‘liq xavotirli vaziyat Markaziy Osiyo respublikalarida ham davom etmoqda. Jumladan, O‘zbekistonda ham karantin talablari sekin-astalik bilan yumshatilishiga qaramay, kasallanish holati o‘sishda davom etmoqda. May oyi o‘rtalariga kelib, vaziyat biroz barqarorlashgandek edi. Ammo oyning so‘nggi o‘n kunligida vaziyat yana jiddiy tus ola boshladi. Yangidan kasallanish holatlari aniqlanishda davom etmoqda. Eng xavotirli yeri kasallanish holatlari aholi orasidan paydo bo‘layotganidir.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Jumladan, yaqinda karantindan xoli hududga aylangan Buxoro viloyatidan bir oilaning yetti nafarida kasallik aniqlandi. Natijada viloyatda karantin talablari yana qat’iylashdi. Kasallik bilan bog‘liq yuqori holatlar may oyi davomida Navoiy va Samarqand viloyatlarida kuzatildi. Samarqandda keng tarqalishiga sabab aholining karantin talablariga rioya qilmayotgani ham bo‘lishi mumkin. Samarqandlik guvohlarning aytishicha, odamlar ko‘chada maskasiz yoki maskani og‘zidan pastga tushirib yurish holatlari, besabab ko‘chada yig‘ilib o‘tirish holatlari ko‘plab kuzatilmoqda. 27-may kuni Navoiy viloyatida bir kechaning o‘zida 31 kishida kasallik aniqlangani xabar qilindi. Mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni hozirgacha 3500 nafardan oshdi.

    May oyiga qadar koronavirus bilan bog‘liq holat rasman tasdiqlanmagan Tojikiston bugun Markaziy Osiyoda Afg‘oniston (12 ming) va Qozog‘iston (9,5 ming)dan keyin uchinchi o‘rinda bormoqda. Bu borada u O‘zbekistonni ortda qoldirdi. Mamlakatda kasallik bilan bog‘liq holatlar soni 3500 kishidan oshgani ma’lum qilindi. Qirg‘izistonda esa kasallanganlar soni 1600 ga yaqinlashdi. Turkmaniston esa hamon rasman kasallikdan xoli mamlakat bo‘lib qolmoqda.

    Mavzuga doir:

    • Jahon hafta ichida. Koronavirusning oshayotgan raqamlari va yevropaliklar uchun ochilayotgan chegaralar. Turkmaniston va Shimoliy Koreya nimani yashirmoqda?
    • AQShda kamayotgan koronavirus va Bill Geytsdan karantin uchun kitoblar ro‘yxati. Tojikistonda koronavirusdan vafot etganlar soni aslida qancha? Haftaning eng muhim tvitlari
    Boshqa xabarlar

    2020-yil 25-may kuni O‘zbekiston Harbiy sudida Jinoyat kodeksining 157-moddasi (Davlatga xoinlik qilish) 1-qismi va 248-moddasi (Qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan Rafik Sayfulinga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi. Ma’lum qilinishicha, sud sudlanuvchi Rafik Sayfulinni yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topib, unga 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Gap shundaki, Sayfulin Rossiya foydasiga josuslik qilganlikda ayblangan.

    Foto: “Fergana”

    Foto: “Fergana”

    4-may kuni Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)ning Sharja shahridagi osmono‘par binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Gulf News’ning mahalliy politsiyaga tayanib xabar qilishicha, yaqin atrofdagi binolarda yashovchi aholi xavfsiz joyga ko‘chirilgan. Nashr bino avtoturargoh bilan qo‘shib hisoblaganda 45 qavatli ekanini yozgan. Biroq keyinchalik osmono‘par bino 48 qavatli ekani oydinlashdi. Yong‘in natijasida 12 kishi jarohatlangan. Vafot etganlar haqida ma’lumot berilmagan.

    11-may kuni ilm-fan tarixida ham yangilik yuz berdi. Gap shundaki, shu kuni Nature jurnali Bolgariyaning Bacho Kiro g‘oridan topilgan qadimgi odam tishining AND testi hamda yoshini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan radio karbon tahlil natijalarini e’lon qildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ushbu topilma Homo Sapiens odamiga tegishli bo‘lib, uning yoshi 45 ming yildan ortiq deya hisoblandi. Bu esa Yevropaga Homo Sapiens’ning kelish vaqtini yana 5 ming yilga uzaytirdi. Ya’ni Yevropaga Homo Sapiens bundan 45 ming yil ilgari kelgan bo‘lib hisoblanadi endilikda.

    17-may kuni Afg‘onistonda uzoq kutilgan kelishuv imzolandi. Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani hamda sobiq bosh vazir Abdulla Abdulla hukumat boshqaruvini bo‘lib olish haqidagi kelishuvni imzoladi. Bu haqda prezident vakili Siddiq Siddiqiy xabar qilgan. “Ashraf G‘ani hamda Abdulla Abdulla o‘rtasida siyosiy bitim imzolandi. Abdulla Abdulla yarashtirish bo‘yicha Oliy milliy kengashga rahbarlik qiladi. Uning vakillari Kengash a’zoligiga va Vazirlar mahkamasi tarkibiga kiritiladi”, — deb yozgan Siddiq Siddiqiy Twitter’dagi sahifasida. Shuningdek, Afg‘oniston harbiy kuchlari boshqaruvi mamlakatdagi o‘zbeklar lideri sifatida ko‘riladigan marshal Abdulrashid Do‘stumga topshirilgan.

    19-may kuni Pokistonda mudhish voqea sodir bo‘ldi. Pakistan International Airlines aviakompaniyasiga tegishli Airbus A320 yo‘lovchi samolyoti quladi. Uning bortida 107 kishi bo‘lgani xabar qilindi.  Layner Laxor shahridan Karachi shahriga reysni amalga oshirayotgan edi. Ma’lum qilinishicha, samolyot Karachi shahri aeroporti yaqinida, qo‘nishga bir daqiqa qolganda yerga qulagan. Samolyotning kutilmaganda qulab tushishiga samolyotning qushlar galasi bilan to‘qnashib ketgani sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqda mahalliy Nation gazetasining Twitter’ida ma’lum qilingan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Pakistan International Airlines bosh direktori Arshad Malik matbuot anjumanida samolyotning texnik jihatdan soz holatda parvozni amalga oshirganini bildirgan. U aviahalokat sabablari bortdagi maxsus qurilma hamda qora quti ma’lumotlari asosida aniqlanishini qayd etgan. “Qora quti topilmagunicha bu borada aniq bir fikr aytib bo‘lmaydi”, — deya aviakompaniya rahbari so‘zlarini keltirgan Geo TV.

    Samolyot qulashi oqibatida uning bortida bo‘lgan yo‘lovchilardan ikki nafari tirik qolishga muvaffaq bo‘lgan. Omon qolganlar kasalxonaga yotqizildi, olingan jarohatlarning og‘irlik darajasi haqida xabar berilmadi. Falokat natijasida 97 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda. Reuters agentligi samolyot bortida 107 kishi bo‘lganini ma’lum qildi: 99 nafar yo‘lovchi va sakkiz nafar ekipaj a’zosi. Aviakompaniyaning Facebook’dagi bayonotida esa samolyotda ekipaj a’zolari bilan birga 99 kishi bo‘lgani yozilgan.

    24-may kuni Isroilda amaldagi bosh vazir Benjamin Netanyaxu ustidan sud jarayoni boshlangan. Bu haqda The Jerusalem Post nashri xabar tarqatgan. Bu esa mamlakat tarixidagi birinchi shunday holat hisoblanadi. Shu paytgacha hali biror bosh vazir sudga tortilmagan. Netanyaxu firibgarlik, poraxo‘rlik va ishonchni suiiste’mol qilishda ayblanmoqda.

    Prokuratura ayblov xulosasini uch yil tayyorlagan: sudda ayblovchi tomondan 300 dan ortiq guvoh ishtirok etishi kutilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, sud jarayoni bir necha oydan bir necha yilga qadar davom etadi. Isroilda bunga qadar ham bosh vazirlar ustidan bir necha marotaba sud bo‘lib o‘tgan. Netanyaxu sud jarayoni mazkur lavozimda amalda faoliyat ko‘rsatayotgan vaqtda boshlangan birinchi hukumat rahbariga aylandi.

    Jahongir Ostonov tayyorladi.

    31.05.2020, 14:12   Izoh (0)   79104
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Koronavirus sabab Kitob tumani hududi to‘liq karantinga yopildi

    31.05.2020, 13:11

    Mudofaa vazirligi tizimida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

    31.05.2020, 12:10

    Navoiyda inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga ajratilgan 222 mln so‘mdan ko‘p pul mablag‘larining talon-toroj qilingani aniqlandi

    31.05.2020, 11:32

    Toshkentda koronavirusga chalingan uch bemor reanimatsiyaga olindi

    31.05.2020, 10:18

    Shofirkonda koronavirusga chalingan haydovchi bilan muloqotda bo‘lganlarda kasallik aniqlandi. O‘zbekiston bo‘yicha kasallanish holatlari soni 3554 taga yetdi

    31.05.2020, 10:00

    Farg‘onada obodonlashtirish boshqarmasi mansabdorlarining 202 mln so‘mdan ortiq budjet mablag‘larini o‘zlashtirgani fosh bo‘ldi

    31.05.2020, 09:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Osiyodan yana bir terma jamoa ilk marta mundial yo‘llanmasiga ega chiqdi

    Sport | 6 iyun, 12:36

    Endilikda ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr energiyasi uchun yil bo‘yi kompensatsiya beriladi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 12:35

    O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Dehli shahrida “Markaziy Osiyo - Hindiston” ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 11:50

    Infantino: “Butun dunyodagi muxlislar O‘zbekistonning JCHdagi debyutini kutmoqda”

    Sport | 6 iyun, 11:21

    O‘zbek va turkman kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Maxtumquli Firog‘iy” filmi Londondagi kinofestivalda xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 11:04

    Salom, mundial. O‘zbekiston Jahon chempionatiga chiqqan tarixiy o‘yindan fotogalereya

    Sport | 6 iyun, 09:56

    Sergeli tumanidagi mebel sexida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 09:36
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.