• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: Sardoba aybdorlari, bitiruvchilarga sovg‘a, MTRKdagi Susambil

    May oyining uchinchi haftasi dayjestiga ham yetib keldik. “Daryo” saytida haftaning eng muhim va muhokamali xabarlari sharhini boshlaymiz. Bunaqasini “O‘zbekiston 24” telekanalidan topolmaysiz.

    Mavzuga doir:

    • Haftalik dayjest: 1,5 trillionlik zarar va 40 millionlik yordam, kuyovning kartasi, “-ov” va “-yev”ni o‘chirish aksiyasi
    • Haftalik dayjest: “G‘alabami yoki xotira?”, “Qizilmisiz-sariqmisiz-yashilmisiz?”, Sardobadan quruq chiqishni istaganlar
    Xabarlarni koronavirus mavzusi bilan davom ettiramiz. Shu hafta O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi malaka oshirish markazi xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Shu munosabat bilan DSQ markaziy apparati xodimlaridan test olinmoqda. Bundan tashqari, o‘tgan hafta poytaxtdagi O‘rikzor bozorida ham koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqaro aniqlangani uchun bozor yopib qo‘yildi.

    Xabaringiz bor, O‘zbekistonda karantin choralari asta-sekinlik bilan yumshatilib, jamoat transportlari qatnoviga ham ruxsat berish boshlangan edi. 18-may kunidan Toshkent shahridan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga aviaqatnovlar (borish va qaytish) hamda Toshkent shahridan Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga “Afrosiyob” tezyurar poyezdi hamda Farg‘ona vodiysiga temiryo‘l qatnovi (borish va qaytish) uchun koronavirus infeksiyasiga test topshirish talabi belgilangan.

    Foto: Google Photos

    Ammo karantin sharoitida aholining iqtisodiy holatini e’tiborga olib, shuningdek, harakatlanish vaqtida yo‘lovchilarning ijtimoiy masofa saqlashini nazarda tutib, qolaversa, fuqarolarning hududlararo harakatlanishida ortiqcha noqulayliklar yuzaga kelishining oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi ushbu talabni bekor qildi. Demak, koronavirus testisiz poyezdga chiqa olasiz.

    Mamlakatda infeksiya tarqala boshlaganda “kun isisa yo‘qolib ketadi”, “keyinchalik mavsumiy grippdek o‘tadi”, degan umidli qarashlar tarqalgandi. Bugungi tajribamizdan xulosa yasab, bu fikrlar bir qadar yanglish bo‘lganini aytib o‘tamiz: COVID-19 oddiy shamollashga o‘xshagan mavsum kasali emas, asosan, karantin va shunga o‘xshash cheklov choralari sababli yuqish kamaymoqda. Epidemiyaning ikkinchi to‘lqini kuzatilishiga asos bor, tuzalib chiqqanlar qayta yuqtirishi ehtimoli mavjud, emdori topilayotgani haqida ma’lumotlar juda oz, qachon va qayerda yaratilishi noma’lum, topilganda ham ommaviy ishlab chiqarish va tarqatish uchun bir yilga yaqin vaqt ketadi. Pandemiya holati bir yil yoki ko‘proq cho‘zilishi mumkin.

    2020-yil 24-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3 164 (+14) nafarni tashkil etdi. Ayni paytda 2 565 (+33) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. Hozirda 586 nafar bemor davolanmoqda.

    * * *

    Sardoba ishi bo‘yicha ikki nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llandi. Hozir tergov harakatlari olib borilmoqda.

    “Gazeta.uz” nashrining huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbasining ma’lum qilishicha, gumonlanuvchilar orasida 2018-yil 21-sentabrdan buyon “O‘zbekiston temiryo‘llari” kompaniyasi qoshidagi Sardoba suv ombori obyektlaridan foydalanish va rivojlantirish direksiyasi boshlig‘i Faxriddin Danaboyev (1987-yilda tug‘ilgan) ham bor. U Jinoyat kodeksining 207-moddasi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) 3-qismi “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanmoqda.

    Foto: Google Photos

    21-may kuni Ziroat Mirziyoyeva va Saida Mirziyoyeva Sardoba suv ombori atrofidagi favqulodda vaziyat ro‘y bergan hududlarga tashrif buyurdi hamda suv toshqini bo‘lgan yerlardan evakuatsiya qilingan aholi bilan uchrashdi. Ziroat Mirziyoyeva raislik qiluvchi Zamin fondi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining hamkorlikdagi ijtimoiy loyihasi doirasida Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi 11 ta zarar ko‘rgan mahallada istiqomat qilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 60 dan oshgan barcha qariyalarni 10 kun davomida poytaxtda va Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida joylashgan sihatgohlar va dam olish maskanlariga, 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar esa yozgi oromgohlarga bepul taklif qilinadigan bo‘ldi.

    * * *

    Bu yilgi Ramazon har yilgisidan farqli o‘tdi. O‘zbekiston musulmonlari namozxonlar bilan to‘lib-toshgan masjidlar salobatini har yilgidan ko‘proq sog‘indi. Toshkentda zuho namozi 24-may kuni soat 5:20 da o‘qildi.

    Saudiya Arabistoni va Misrning Al-Azhar jomiasi karantin sababli Hayit namozini uyda o‘qish kerakligini aytgan bo‘lsa, Pokiston, Hindiston hamda bir qator fatvo uyushmalari, jumladan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo hay’ati tomonidan Hayit namozini uyda o‘qib bo‘lmasligi ta’kidlandi. Bu masala ixtilofli sanalgandir. Hozirgi murakkab epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, aholi salomatligini saqlash uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo bo‘limi zuho namozi o‘qishni tavsiya qildi. “...Hayit namozini o‘qiy olmagan kishi zuho namozini o‘qishi mustahab ekanini aytishgan”, — dedi idora fatvo bo‘limi yetakchi mutaxassisi Abdulatif Tursunov.

    Makkа.

    Makkа.
    Fotо: AFP

    Maktab bitiruvchilari uchun quvonchli bo‘lgan bir yangilikni dayjestimizga kiritdik. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning qayd etishicha, ko‘pchilik ota-onalarning iltimoslarini inobatga olib, bu o‘quv yili yakunidagi imtihonlar bekor qilinadi. Maktablarga o‘quvchilarning yillik baholarini istisno tariqasida joriy o‘quv yilining uchta chorak baholari asosida chiqarish tavsiya etiladi. Shu bilan birgalikda, “kundalik.com” tizimi joriy etilgan maktablarda karantin vaqtida tirishqoqlik bilan o‘qigan o‘quvchilarga rag‘batlantirish sifatida 4-chorakdagi faqat ijobiy baholarini ham yillik baholarini hisoblashda inobatga olish tavsiya etiladi.

    * * *

    Haftaning qizg‘in muhokamalaridan biri ikki nafar sport jurnalistining ishdan bo‘shatilishi bo‘ldi. “Oriyat Dono” radiokanalida efirga uzatilgan “Futbol plyus” loyihasi ishtirokchilari Bobur Akmalov, Jamoliddin Bobojonov va Xayrulla Hamidov o‘zaro suhbatda “O‘zbekiston 24” telekanali xususida tanqidiy fikr bildirib, kanal xabarlari haqiqiy hayotdan yiroq ekani haqida (“Susambil”da tashkil qilinganmi deya) mulohaza bildirgan. Shundan so‘ng MTRK rahbari Alisher Xadjayev ularni korporativ etika tushunchasidan yiroq ekanliklarini, sportchilar orasida juda qadrlanadigan jamoaviy birlik qadriyatini umuman tushunmasliklarini ta’kidlab, ularning professionalizmini shubhaga olgandi.

    Bobur Akmalov.

    Bobur Akmalov.
    Foto: Telegram

    Ko‘p o‘tmasdan “Sport” teleradiokanalida 1-toifali muharrir shtatida ishlab kelgan Bobur Akmalov va “Sport” teleradiokanali bosh rejissori Jamoliddin Bobojonov bo‘shashga ariza yozgan. “Oriat dono” radiosidagi “Futbol plyus” loyihasi yopilgani haqida ham xabarlar tarqaldi. Radioning YouTube’dagi sahifasida o‘sha kungi soni o‘chirib tashlandi.

    Bu voqea ijtimoiy tarmoqlarda kuchli rezonans berdi. Qator jurnalist va blogerlar ishdan bo‘shagan jurnalistlarni qo‘llab-quvvatladi.

    “Daryo” yangiliklarini kuzatib boring. O‘zbekiston va dunyo xabarlaridan eng birinchi xabardor bo‘ling.

    25.05.2020, 18:58   Izoh (0)   147991
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda “propiska”si yo‘qlar ham uy oldi-sotdisini notarial tasdiqlatishi mumkin bo‘ldi

    25.05.2020, 18:44

    Xodimida koronavirus aniqlangan DSQning markaziy apparatida o‘tkazilgan tekshiruv natijalari ma’lum bo‘ldi

    25.05.2020, 18:14

    Profilaktika ishlari sababli o‘zbekistonliklarga xorijga chiqish pasportini berish ishlari 2 kunga to‘xtatildi

    25.05.2020, 17:43

    Toshkent viloyati hokimi hayitlik ulashdi. Ular orasida uy ham bor

    25.05.2020, 17:13

    Bosh prokuratura Rasul Kusherbayev bilan bog‘liq voqealar yuzasidan olib borilgan o‘rganish natijalarini ma’lum qildi

    25.05.2020, 16:42

    Toshkentdagi tug‘ruqxonadan 2 nafar ayol koronavirusdan tuzalib chiqdi. O‘zbekistonda jami sog‘ayganlar soni 2600 nafardan oshdi

    25.05.2020, 16:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent shahrida issiq suv quvuri yorilishi fonida gidravlik sinovlar to‘xtatildi

    O‘zbekiston | 10 iyul, 23:00

    Qozog‘istonda uchuvchilar ko‘zini lazer bilan qamashtirganlar jazolanadi

    Qozog‘iston | 10 iyul, 22:46

    Chilonzor tumanida kambag‘allik darajasi yarim yilda 2,2 foizga tushdi

    O‘zbekiston | 10 iyul, 22:28

    AQSHda o‘qishni istagan xorijlik talabalar Netanyaxu va Trampga qarshi tanqidiy postlarni o‘chirishmoqda

    Dunyo | 10 iyul, 22:10

    AQSHda sud Trampning “tug‘ilganlik asosida fuqarolik” bermaslik farmonini to‘xtatdi

    Dunyo | 10 iyul, 21:50

    “Tottenhem” “shaharliklar” qiziqish bildirayotgan futbolchiga ega chiqish niyatida — Romano

    Sport | 10 iyul, 21:38

    Prezident Chilonzor tumanidagi sanoat loyihalari bilan tanishdi

    O‘zbekiston | 10 iyul, 21:33

    “Liverpul” futbolchisi “Real”ga erkin agent sifatida o‘tmoqchi

    Sport | 10 iyul, 21:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.