Pokistonda Pakistan International Airlines aviakompaniyasiga tegishli Airbus А320 yo‘lovchi samolyoti quladi. Bu haqda mahalliy OAVlarga tayanib, Meduza xabar berdi.

Layner Laxor shahridan Karachi shahriga reysni amalga oshirayotgan edi. Ma’lum qilinishicha, samolyot Karachi shahri aeroporti yaqinida, qo‘nishga bir daqiqa qolganda yerga qulagan.

Qurbonlar haqida hozircha hech narsa ma’lum emas. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida 107 kishi bo‘lgan.

Samolyot qulagan hududga qutqaruvchilar va harbiylar yo‘l olgan. Guvohlar tomonidan olingan videolarga ko‘ra, samolyot aholi yashaydigan hudud yaqinida qulagan.