Daryo

AQShda koronavirusdan vafot etganlar soni 100 ming kishidan oshib ketdi

Epidemiya boshlanganidan buyon AQShda 1,69 milliondan ortiq kishi kasallangan

1 daqiqa o‘qish44 323 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AP Photo

AQShda koronavirusdan vafot etganlar soni 100 ming kishidan oshib ketdi. Bu haqda kasallik tarqalishini real vaqtda kuzatib borayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Foto: AP Photo

Umumiy hisobda esa dunyo bo‘yicha 353 ming kishi koronavirusdan vafot etdi. AQShdan tashqari kasallik qurbonlari soni Buyuk Britaniya (37,5 ming), Italiya (33,1 ming), Fransiya (28,6 ming) va Ispaniyada (27,1 ming) yuqori.

Epidemiya boshlanganidan buyon AQShda kasallanganlarning soni 1,69 million kishidan oshgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Janubiy Amerika koronavirus infeksiyasi tarqalishining yangi o‘chog‘iga aylandi. Mazkur mintaqada joylashgan Braziliya kasallanganlar soni bo‘yicha Rossiyadan o‘zib ketdi va dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqdi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar