Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Afrikada koronavirus pandemiyasi hali o‘z cho‘qqisiga chiqqani yo‘q, sog‘liqni saqlash tizimiga mavjud tahdidlar va ommaviy test o‘tkazish bilan bog‘liq muammolar hozirgi epidemiologik vaziyatni yomonlashtirmoqda. Bu haqda JSSTning Afrikada favqulodda vaziyatlarda harakat qilish dasturi rahbari Mishel Yao “RIA Novosti”ga ma’lum qilgan.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Hozirgi kunda Afrika qit’asiga dunyoda koronavirus bilan kasallanishning umumiy sonining taxminan 1,5 foizi to‘g‘ri keladi. Yaoning so‘zlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘sishda davom etmoqda, garchi o‘sish faqat bir nechta mamlakatlar, xususan, qit’aning shimolidagi davlatlar, JAR, g‘arbda Nigeriya va Gana, shuningdek, qit’aning markaziy qismidagi Kamerun va Kongo kabi mamlakatlaridagi vaziyatlar bilan bog‘liq bo‘lsa ham.

“Kasallanish holatlarining aksariyat qismi shu davlatlarga to‘g‘ri kelmoqda JARda hali ham o‘sish kuzatilmoqda, biroq ushbu davlatlarning hali birortasi kasallanish cho‘qqisidan o‘tmadi. Burkina-Faso kabi mamlakatlarda (kasalikka chalinishlar soni bo‘yicha — tahr.) ayrim pasayishlarni kuzatishingiz mumkin.

Biz virusga chalingan barcha odamlarning, hatto kasallik ularda belgilarsiz kechayotgan bo‘lsa ham, statistikada hisobga olinishini ta’minlashimiz lozim. Shunday qilib, ommaviy test o‘tkazish muammosi hali hal qilinmagan. Shunday qilib, umuman olganda kasallanishlar soni ortib bormoqda”, — degan Mishel Yao.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dastlab infeksiya yo‘qligi yoki faqat bir necha kasallanish holati qayd etilgani aytilgan Markaziy Afrika respublikasi va Mavritaniya singari mamlakatlarda ayni paytda kasallanishlar soni ortib bormoqda. Agar virus sog‘liqni saqlash darajasi past bo‘lgan qishloq joylariga kirib borsa, vaziyat yanada xavfli tus oladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Yuksalish” harakati diniy materiallar tarqatganlik ayblovi bilan javobgarlikka tortilish holatlari uchrayotganiga munosabat bildirdi
Dunyo
Hindistonda poyezdlar to‘qnashuvi qurbonlari soni 230 kishidan oshdi (foto)
Dunyo
Zelenskiy Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam berayotgan davlatlarga qarshi ochiq kurash olib borishga va’da berdi