Teftellarni istalgan garnir bilan dasturxonga tortish mumkin.
Taom uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
- Qiyma — 400 gr
- Sarimsoq piyoz
- Non bo‘laklari
- Pishloq — 200 gr
- Tuz, murch — ta’bga ko‘ra
- O‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq
- Tomat pastasi yoki tayyor tomat sharbati — 400 gr
- Qiyma, sarimsoq piyoz, non bo‘laklari, pishloq va tuzni qo‘shib aralashtiring.
- Teftelga xohishga qarab turli kattalikda shakl bering.
- Baland olovda qizigan o‘simlik yog‘ida teftellarni 2-3 daqiqa davomida qovuring.
- Agar tomat sharbatining tayyori bo‘lmasa tomat pastasiga suv aralashtirib massa holiga keltiring va teftel ustiga quying.
- Tuz, shakar, murch qo‘shing.
- Teftellarni o‘rtacha olovda 12-15 daqiqaga qoldiring.
- Oradan vaqt o‘tganidan keyin qirg‘ichdan chiqarilgan pishloqni solib, tova ustini yoping va olovni o‘chiring.
Izoh (0)