• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda koronavirusning oltinchi haftasi dayjesti: Bir gramm virus, Telegram testlari, yumshayotgan karantin va yana bir yangi fond

    Barchasini to‘plasa bir grammga ham bormaydigan virus bugun dunyoni titratdi va millionlab xabarlarning bosh mavzusiga aylandi, jahon siyosatida burilish yasadi. Jumladan, O‘zbekistonni qisqa muddatda qanchalik o‘zgartirganini dayjestimizda bayon qilamiz.

        Mavzuga doir:

    • Koronaxabarlar, karantin, misli ko‘rilmagan choralar, tashvish va xavotirlar. O‘zbekistonda koronavirusning birinchi haftasi dayjesti
    • O‘zbekiston bo‘ylab tarqalayotgan koronavirus, to‘xtatilgan transportlar, yopilgan postlar, besh kunda bitkazilgan shifoxona. O‘zbekistonda koronavirusning ikkinchi haftasi dayjesti
    • Koronavirusning uchinchi haftasi dayjesti: Kuchaygan karantin, xayriya xavotiri, cheklovlar: >65 yosh; <2 metr; >37 daraja
    • O‘zbekistonda koronavirusning to‘rtinchi haftasi dayjesti: O‘zimizning testlar va tibbiy ventilyator, xayr Anvar Obidjon, bobodehqondan umidlar
    • O‘zbekistonda koronavirusning beshinchi haftasi dayjesti: Shiddat bilan tarqalgan virus, postdagi qurolli harbiylar, o‘zimizning “aqlli niqob”imiz, yakka-yakka iftorlik
    Yillar davomida masofaviy ta’lim deb gapirib kelindi. Biroq bu borada aytarli siljish yuz bergani yo‘q edi. Koronavirus masofaviy ta’limga birdan turtki berib yubordi. Ayniqsa, bu haftada Telegram’dagi “Masofaviy ta’lim” kanalida rivojlanish kuzatildi. Turli fanlar bo‘yicha test savollari beruvchi bot ishlab turibdi. 16-martda ochilgan kanal allaqachon 42 mingdan ziyod obunachi to‘plab ulgurgani diqqatga sazovor. Aytish lozimki, masofaviy ta’limga ixtisoslashgan Telegram’dagi kanal bitta emas. Qolaversa, Telegram messenjeri yaqinda test o‘tkazish uchun yangi imkoniyatlar qo‘shdi.

    Masofaviy ta’lim.

    Masofaviy ta’lim.
    Skrin: “Daryo”

    ***

    Virus tarqalishiga qarshi eng yaxshi chora karantin. Biroq karantindan karaxt bo‘lgan iqtisodiyot bilan uzoqqa bora olamizmi? O‘zbekistonda bir qator sohalarga karantin talablari asosida faoliyatini qayta tiklashga ruxsat etildi. Bu sohalarga qurilish materiallari bozorlari, yirik ishlab chiqaruvchi subyektlarning do‘konlari, hunarmand ustalar do‘konlari, urug‘ va ko‘chat yetishtiruvchilar, tijorat banklarining hududlardagi shoxobchalari, mashina “zapchast”i bilan savdo qiluvchilar, avtomobillar, qishloq xo‘jaligi va qurilish texnikalariga servis xizmat ko‘rsatuvchilar, kimyoviy tozalash bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari, notarial idoralar, sug‘urta kompaniyalari va boshqalar kiradi. Demak, asta-sekinlik bilan to‘laqonli hayot tarziga qadam tashlayapmiz.

    ***

    Koronavirusga oid xabarlar orasida kundan kunga sog‘ayotganlar soni oshayotgani kishini xursand qiladi. Buxoro viloyatidan bir yo‘la 50 nafar bemor to‘liq sog‘aydi. Toshkent va Xorazmda 18 nafar, undan oldingi kuni Qoraqalpog‘istonda 10 nafar bemor sog‘aygandi. Ularning aksariyati Rossiya, Turkiya kabi davlatlardan charter reysda olib kelinib, karantinga olinganlardir. Shunday qilib, COVID-19 dan tuzalgan yurtdoshlarimiz soni 765 nafarga yetdi. Ayni vaqtda 1 096 nafar yurtdoshimiz davolanishda. Telegram’dagi oxirgi ikki oyda faollashgan SSV matbuot kotibi kanalining axborotiga tayansak, dunyo mamlakatlarida COVID-19 ga chalingan bemorlarning o‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha O‘zbekiston juda ham past (1 million aholiga nisbatan 0,2 foiz) ko‘rsatkichni qayd qilmoqda.

    Solishtirma jadval.

    Solishtirma jadval.
    Foto: SSV matbuot xizmati

    ***

    Karantin choralarini bosqichma-bosqich yumshatishni respublikamizda Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari boshlab beradi. Karantin davrida Farg‘onada 10 ming, Qashqadaryoda 11 ming korxonaning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari keskin kamaydi. Ishsizlar ortdi, qolaversa, Farg‘onada 56 mingta, Qashqadaryoda 91 mingta ehtiyojmand oila mavjud. Joriy yilda bu ikki viloyatga qurilish va rekonstruksiya ishlari uchun bir trillion so‘mdan ortiqroq mablag‘ ajratildi, ammo birinchi chorakdayoq mablag‘ o‘zlashtirish ancha orqada qolib ketdi. Prezident aholi bandligini ta’minlash uchun qurilishlarni davom ettirishga ruxsat berilganini inobatga olib, bu ikki viloyatdagi obyektlarda belgilangan ishlarni jadallashtirish zarurligini ta’kidladi.

    Ushbu viloyatlar hokimlariga mavjud bog‘ va tokzorlar qator oralariga to‘liq ekin ekilishini tashkil qilish, shu orqali aholi bandligini ta’minlash vazifasi qo‘yildi. Foydalanishdan chiqqan va lalmi yerlarda quduq qazib, aholiga bo‘lib berish zarurligi qayd etildi. Buning uchun Farg‘onaga 15 milliard so‘m, Qashqadaryoga 11 milliard so‘m ajratildi. Kam ta’minlangan oilalarga qoramol, parranda va asalari uyasi tarqatib, kooperatsiya asosida aholi bandligini ta’minlash, mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Koronavirus dinamikasi.

    Koronavirus dinamikasi.
    Foto: SSV matbuot xizmati

    ***

    Karantin sababli qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshlarimizga yordam berish tashabbusi Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi vasiylik kengashi tomonidan ilgari surildi. Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi “Zamin” fondi yordamga muhtoj besh ming ayolga besh milliard so‘m mablag‘ ajratdi. Jamg‘arma saytida jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya badallari, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning grantlari “Zamin” fondi mablag‘ini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanishi umumiy shaklda yozilgan, biroq to‘la axborot keltirilmagan.

    Yozilishicha, “Zamin” xalqaro jamoat fondiga nodavlat notijorat tashkiloti sifatida O‘zbekistonda asos solindi. Fondning maqsadi — mamlakatning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shish va aholi turmush darajasini oshirish.

    “Zamin” xalqaro jamoat fondi.

    “Zamin” xalqaro jamoat fondi.
    Skrin: “Daryo”

    ***

    Hafta bahsi gazetalar kelajagi haqida bo‘ldi. Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov “Fikrimcha, matbuot ham og‘ir jarayonlar va og‘ir davrga kirib kelmoqda. Gazeta nashrlariga keladigan bo‘lsak, qo‘pol qilib aytgim kelmayapti, ammo men ularning kelajagini ko‘rmayapman. Bu inqirozlar boshlanmagan taqdirda ham gazetalar allaqachon o‘tmishga aylangandi”, deyishi shundoq ham qiyinchilikda kun ko‘rayotgan bosma nashrlar vakillarini junbushga keltirdi. Ular Allamjonovning fikrini turli-tuman tanqid ostiga oldi. Bahsdan umumiy xulosa sifatida aytish zarurki, matbuot uchun bosma nashr zaruriyati yo‘q emas, biroq O‘zbekistondagi bosma nashrlar ham zamon talabiga moslashishi kerak.

    Eslatib o‘tamiz 2020-yil 26-aprel soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1 869 nafarni tashkil qilmoqda. “Daryo”ni kuzatishdan to‘xtamang. Uyda qoling.

    27.04.2020, 08:40   Izoh (0)   142823
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    IIV tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

    27.04.2020, 08:08

    Xitoylik mutaxassislar O‘zbekistonda koronavirusni davolashda nimalarni tavsiya qilmoqda?

    27.04.2020, 07:38

    Qarshi tumani hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    27.04.2020, 07:09

    O‘zbekistonliklar Ilon Mask uchirgan sun’iy yo‘ldoshlarning tungi parvozini tomosha qildi (video)

    27.04.2020, 06:18

    Fotoreportaj: Shavkat Mirziyoyevning maxsus topshirig‘idan keyin Navoiyda ommaviy dezinfeksiya ishlari boshlandi

    26.04.2020, 23:58

    Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari o‘zgardi

    26.04.2020, 23:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.