• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Koronaxabarlar, karantin, misli ko‘rilmagan choralar, tashvish va xavotirlar. O‘zbekistonda koronavirusning birinchi haftasi dayjesti

    “Daryo” saytida  haftaning eng muhim va muhokamali xabarlari sharhini boshlaymiz. Yangiliklarimiz, sezganingizdek, asosan dunyoni titratgan tojdor virus haqidadir. Endi u bizda ham bor...

    15-mart kuni Respublika virusologiya instituti laboratoriyasida Fransiyada bo‘lib qaytgan O‘zbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, asli kasbi shifokor bo‘lgan ayol 11-mart kuni Parijdan uchib kelgan, ammo aeroportdagi tekshiruvda kasallik alomatlari sezilmagan. Unda koronavirus aniqlangach, birga uchib kelgan yo‘lovchilar ham karantinga olindi.

    Mavzuga doir:

    • Koronavirusdan saqlanish uchun hamma amal qilishi lozim bo‘lgan tavsiyalar
    • COVID-19 o‘zidan oldingi viruslarga qaraganda qanchalik xavotirli? So‘nggi yigirma yillikning eng xavfli epidemiyalari
    Bu voqea O‘zbekistonda koronavirus uchqunini yoqdi. Kundan kunga necha nafar fuqaromizga virus yuqqani haqida o‘qimoqdamiz. Axborot saytlari va kanallarining bosh mavzui koronavirus bo‘lib qoldi. Fuqaroni haqiqiy ahvoldan xabardor etib turish uchun telegramda “Koronavirus.info” kanali tashkil etilib, uzluksiz xabar va maslahatlar berib borilmoqda. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 43 nafarga yetdi. Ammo takroriy tekshiruvda xorazmlik bo‘lmish 43-bemorda koronavirus aniqlanmadi. Ayni paytda u karantinda saqlanmoqda.

    * * *

    Karantin tushunchasi mahsulotlar narxi bilan birga yuradi. O‘zbekistonda karantin e’lon qilinishi bilan odamlar tashvish ichida magazinlarga chopdi. Bu esa narxlarga ta’sir qilmay qolmadi. Tibbiy niqob, antiseptik suyuqlik, hojatxona qog‘ozlari sotuvda qolmadi. Kartoshka, un va yog‘ning bahosi ko‘tarildi.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistonda supermarketlar rastalarini bo‘shatgan ommaviy vahima qanday yuzaga keldi? Psixolog izoh berdi
    • O‘zbekistonga kirib kelgan koronavirus, #vahimasizkarantin va hazillashishga doim sabab topadigan memchilar. Ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalar sharhi
    Davlat ahvolga darhol e’tibor qaratib, narxlarni sun’iy oshirmaslikka chaqirdi. Viloyatlardagi hokimlar bozorni aylanib narxlarni tekshira boshladi. Qishloq xo‘jaligi vaziri “mahsulot yetishmasligi bo‘lmaydi”, deya aholiga dalda berdi. Ulamolar davlat chaqirig‘ini qo‘llab-quvvatlab, narx-navoning sun’iy oshirilishini harom deb aytdi. Aytish lozimki, saxovatpesha kishilar zaruriy mahsulotlarni aholiga bepul tarqatayotgani holatlari uchrab turibdi.

    * * *

    O‘zbekistonda koronavirus karantini e’lon qilindi. 16-martdan xorijiy davlatlar bilan barcha aviareyslar bekor qilindi. Navro‘z sayillari to‘xtatildi. Bolalar bog‘chalari, o‘rta maktablar va oliy ta’lim muassasalari (davlatnikimi, xususiymi, farqi yo‘q) karantinga yopildi. Uning o‘rniga onlayn va televideniye orqali darslar yo‘lga qo‘yildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Juma namozlari vaqtincha o‘qilmasligini muftiy Usmonxon Alimov e’lon qildi. Muftiy aholiga namozlarni uyda ado etishini tavsiya qildi. O‘zbekiston Musulmonlari idorasi koronavirus daf bo‘lishi uchun tavsiya qilingan duolar va amallarni e’lon qildi.

    Avvalroq koronavirus O‘zbekistondagi mart oyida bo‘ladigan to‘ylarga ta’sir ko‘rsatmaydi, deyilayotgan edi. Biroq 23-martdan to‘ylarning o‘tkazilishi ham bekor qilinishi aytildi. Endi shoshilinch holatdagi odamlar kam sonli odam ishtirokida (sunnatga muvofiq) kamtarona to‘y o‘tkaza oladi xolos. Shu bilan birga, choyxona va oshxonalar ham yopildi. Faqatgina oziq-ovqat yetkazib berish xizmatlari ishlab turadi.

    Mavzuga doir: Jamoat transportisiz Toshkent: soni ortgan velosiped haydovchilari, bo‘sh ko‘chalar va bekatlar — suratlarda

    Toshkentda 22-martdan avtobus, metro va “marshrutka”lar harakati to‘xtatildi. Karantin vaqtida ishlagan shifokorlar maoshi 120 foizga oshirilishi va’da qilindi. Xalq boshiga tashvish tushganda shifokorlar malham bo‘lishini urg‘ulagan deputatlar ayni vaqtda ularning maoshi bir necha barobar oshirilishini hukumatdan so‘radi.

    Karantin qachon tugashi aniq emas.

    * * *

    Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni o‘tkazgan videoselektorida koronavirus masalasiga to‘xtalib o‘tdi. Shu kuni koronavirus yuqtirganlar soni 15 nafarga yetgandi. Prezident mamlakatdagi vaziyat to‘liq nazorat ostida ekanini aytib, duch kelishimiz mumkin bo‘lgan muammolarni tilga oldi. Jumladan, resurslar borasida gapirib, “Mamlakatimizda yetarli darajada zaxira mavjud, xavotir yoki vahimaga tushishga hech qanday asos yo‘q. Ammo ko‘pga kelgan bu baloga qarshi hammamiz birgalikda, bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishimiz lozim”, dedi. Fuqarolarni telekanallardagi qiziqarli ko‘rsatuvlardan bahramand bo‘lishga chorladi, shu bilan birga ortiqcha uydirma mish-mishlar tarqatilishini qoraladi. Neft va gaz narxining tushishi hamda turistlar kamayishi bois darmadimiz kamayishi haqida gapirdi. Bu borada zarur choralarni ko‘rsatib o‘tdi.

    Prezident 19-mart kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida ham barchani koronavirusdan ogohlikka chorladi. “Bitta narsani bilishlaring kerak: menga ta’sir qilmaydi, menga tegishli emas ekan, degan rahbar, fuqaro, tadbirkor va umuman oqsoqollarimiz, yoshlarimiz xato qiladi. Bu narsa hammamizga bog‘liq. Hammaga ta’sir qiladi. Agar kimda-kim kasalligini bilib, yashirib, uyda o‘tirsa, xalqimizga xavf-xatar yetkazadigan omilga aylanadi. Bu bo‘yicha jinoiy javobgarlik bor”, dedi mamlakat rahbari.

    * * *

    Dayjestimizda koronavirusga aloqador bo‘lmagan yagona xabarimiz bor. 8-mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi Gulnora Karimovani jinoiy uyushma tashkil etish, tovlamachilik, o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va boshqa jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topdi hamda 13 yil to‘rt oy muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.

    Foto: Facebook / Imon Karimova

    Foto: Facebook / Imon Karimova

    O‘tgan oy Gulnora Karimova prezidentga xat yozib Shveysariyada muzlatib qo‘yilgan 686 million dollar miqdoridagi mablag‘ga da’vodan voz kechishga tayyorligini bildirgan edi.

    * * *

    Bu haftada dunyoda global inqiroz boshlandi. Inqiroz barcha davlatlarga ta’sir ko‘rsatadi, YaIMning pasayishi yoki o‘sishdan to‘xtashiga olib keladi. Koronavirus xalqaro iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarni to‘sib qo‘yishi iqtisodni muzlatadi, ishlab chiqarishni to‘xtatadi.

    Mavzuga doir:

    • Tojikistonda koronavirusga qaramay o‘tkazilgan Navro‘z, Donald Trampning daldasi va Qozog‘istonning “vahimasiz” supermarketlari. Twitter koronavirus haqida
    • Koronavirusga qarshi kurashda o‘rnak bo‘layotgan Janubiy Koreya. Yapon olimlarining COVID–19 uchun malhami. Xitoydan nimalarni o‘rganish lozim? Jahon matbuoti koronavirus haqida
    • Koronavirus va Amerika – Eron ixtilofi. Pandemiya Yaqin Sharq siyosiy maydonida qanday o‘zgarishlar yasaydi?
    O‘zbekiston Markaziy banki tijorat banklariga kredit olgan tadbirkorlarga koronavirus sabab imtiyoz davri berishni tavsiya qildi. Shuningdek, mart oyining boshida Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasini ko‘rib chiqib, bazaviy stavkani o‘zgarishsiz qoldirgan holda 16 foiz deb belgiladi. O‘zbekistonda koronavirus sababli yuzaga keladigan iqtisodiy muammolarga qarshi kurashish uchun 10 trillion so‘m ajratildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Xo‘sh, koronavirus “ishdan chiqargan” sohalar qanday qo‘llab-quvvatlanadi? 2020-yil 1-apreldan 1-iyulgacha bo‘lgan davrda turistik (mehmonxona) yig‘imini hisoblash va to‘lash to‘xtatiladi. Qishloq xo‘jaligidagi yerlarni sug‘orish uchun foydalaniladigan hajmlar bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2020-yilda o‘rnatilgan stavkalardan 50 foizga pasaytiriladi. 2019-yil uchun jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish muddati 2020-yil 1-avgustga qadar, ularning mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini to‘lash muddati 2020-yil 15-oktabrga qadar uzaytiriladi.

    * * *

    Hurmatli o‘quvchi, “koronaxabar”larimiz nihoyasiga yetdi. Barcha axborot saytlarining bosh mavzusiga aylangan virus balosi tezroq daf bo‘lishini tilagan holda sizdan shifokorlarning tavsiyalariga amal qilishingizni, shoshilinch zaruratsiz jamoat joylariga chiqmasligingizni so‘raymiz. Dayjestni yozib tugatganimizda koronabemorlarimiz soni 43 nafarga yetgani xabarini oldik. Keyin bir bemorga virus yuqqani shubha ostidaligi aytildi. Nima bo‘lganda ham, ularning holati og‘ir emasligi kishiga biroz taskin beradi.

    22.03.2020, 19:56   Izoh (0)   315369
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda dehqon bozorlari, supermarket va shifoxonalar yopilmaydi. Ular odatdagi rejimda faoliyat olib boradi

    22.03.2020, 19:43

    SSV “1-gorbolnitsa”ga yangi bemor joylashtirilishiga qarshilik ko‘rsatgani haqidagi audioga munosabat bildirdi

    22.03.2020, 17:24

    Jamoat transportisiz Toshkent: soni ortgan velosiped haydovchilari, bo‘sh ko‘chalar va bekatlar — suratlarda

    22.03.2020, 16:42

    “Sokol” lagerida karantinda saqlanayotgan tadbirkor ayol: Bizga juda yaxshi qarashyapti

    22.03.2020, 15:01

    O‘zbekiston hukumati 65 yoshdan oshganlarga ko‘chaga chiqmaslikni tavsiya qildi

    22.03.2020, 12:12

    O‘zbekistonda tibbiy niqob tanqisligini keltirib chiqarganlarga qat’iy choralar ko‘riladi

    22.03.2020, 12:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Salomatlik haqidagi zamonaviy tibbiyot allaqachon inkor qilgan yanglish fikrlar

    Salomatlik | 13 iyul, 08:39

    Putin Eronni yashirincha uranni boyitishdan voz kechishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 08:25

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.