• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Xitoylik mutaxassislar O‘zbekistonda koronavirusni davolashda nimalarni tavsiya qilmoqda?

    Avval xitoylik konsultantlar va tibbiyot xodimlaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga kelgani va ularning koronavirusga qarshi kurashda o‘zbekistonlik shifokorlarga yordam berishi haqida xabar berilgandi. Guruh tarkibidagi 9 nafar mutaxassis 20—21-aprel kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘ldi. Bu haqda Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar qilgan.

    Foto: “O‘zA”

    Foto: “O‘zA”

    Xabarga ko‘ra, delegatsiyani Farg‘ona viloyat hokimi o‘rinbosari Fayzullo Qosimov, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Umarov va boshqa mutasaddi rahbarlar kutib olgan.

    Dastlab viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi konferensiya zalida xitoylik mutaxassislar bilan muloqot o‘tkazilgan, unda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i mehmonlarga koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq hududdagi vaziyat, karantin va davolash-profilaktika choralari haqida ma’lumot bergan.

    Foto: Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi

    Foto: Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi

    Shundan so‘ng Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokorlari va xitoylik mutaxassislar onlayn videosuhbat o‘tkazgan. Muloqot jarayonida farg‘onalik shifokorlar COVID-19 aniqlangan bemorlarni davolash masalasida xitoylik hamkasblari bilan o‘zaro tajriba almashgan. Xitoylik mutaxassislar o‘z tajribalaridan kelib chiqib zarur tavsiyalarni bergan.

    Masalan, Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori S.Boyyigitov quyidagicha savol bilan murojaat qildi:

    “1988-yilda tug‘ilgan ayolda 20-mart kuni COVID-19 aniqlanib, shifoxonamizga yotqizilgan. Virus va infeksiyaga qarshi barcha zarur muolajalar standart asosida olib borilmoqda. Bemor o‘zini yaxshi his qilib, unda kasallikning klinik belgilari va boshqa asoratlari sezilgani yo‘q. Ammo oradan bir oy vaqt o‘tsa-da, bemordan olingan qon tahlillari natijasi musbat chiqmoqda. Xitoyda ham shu kabi holat uchraganmi? Uchragan bo‘lsa qanday davo choralari ko‘rilgan?”

    Xitoylik mutaxassislarning ma’lum qilishicha, Uxan tajribasida ham bunday holat uchragan, ba’zan virus kasallangan odam qonida 50 kungacha saqlanib turishi mumkin. Xorijlik mutaxassislar bu bemor shifoxonada yana bir necha kun yotib davolanishi zarurligini tavsiya qildi.

    Foto: “O‘zA”

    Foto: “O‘zA”

    Shuningdek, farg‘onalik mutaxassislarning “Agar emizikli ayol va uning chaqalog‘ida virus aniqlangan bo‘lsa, chaqaloq onasining ko‘krak sutidan oziqlanishi xavfli emasmi? Xitoyda bu borada qanday yo‘l tutilmoqda?” degan savollariga xitoylik konsultantlar:

    “Ona shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilgan holda chaqalog‘ini emizishda davom etsa bo‘ladi”, degan mazmunda javob qaytardi.

    Shundan so‘ng Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali majlislar zalida xitoylik mutaxassislar va farg‘onalik shifokorlar ishtirokida “Shifoxonada infeksiyaning oldini olish” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

    Mahorat darsida xitoylik shifokorlar shaxsiy himoya kiyimlarini to‘g‘ri kiyish va yechish, bemorlarning oldida qanday harakatlanish zarurligi haqida ko‘rgazmali mashg‘ulot namoyish qildi.

    Foto: “O‘zA”

    Foto: “O‘zA”

    21-aprel kuni xitoylik shifokorlar viloyatdagi bir qator davolash-profilaktika muassasalarida tashkil etilgan zaxira karantin markazlarida yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

    Ular bu yerdagi sharoitga ijobiy baho berib, o‘z tajribalaridan kelib chiqib bir qator tavsiyalarni ham berdi. Masalan, xonalardagi havoni tozalab turuvchi havo yo‘llarini vaqtinchaga yopib qo‘yish hisobiga virus tarqalishining oldini olish mumkinligi, xonani esa faqat derazalarni ochish orqali shamollatish kerakligi haqida gapirildi. Xitoy tajribasida bir xonada yotgan bemor odam nafas olganida chiqqan viruslar havo yo‘li orqali yuqori qavatdagi boshqa sog‘lom bemorga yuqish holati ham uchragani aytildi. Shuningdek, binolarni dezinfeksiya qilish borasida ham muhim tavsiyalar berildi, deyiladi Farg‘ona sog‘liqni saqlash boshqarmasining xabarida.

    Mavzuga doir: 

    • Olimlar koronavirus inson umrini 10 yilga qisqartirishini ma’lum qildi
    • Olimlar COVID-19’ga qarshi kurashning 4 xil strategiyasini belgilab berdi
    • Xitoylik olimlar koronavirusning og‘irroq shakli borligidan ogohlantirdi
    Avval O‘zbekistonga kelgan xitoylik shifokorlarning 11 nafari Andijondagi holat bilan tanishgani haqida xabar qilingandi.

    27.04.2020, 07:38   Izoh (0)   55691
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qarshi tumani hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    27.04.2020, 07:09

    O‘zbekistonliklar Ilon Mask uchirgan sun’iy yo‘ldoshlarning tungi parvozini tomosha qildi (video)

    27.04.2020, 06:18

    Fotoreportaj: Shavkat Mirziyoyevning maxsus topshirig‘idan keyin Navoiyda ommaviy dezinfeksiya ishlari boshlandi

    26.04.2020, 23:58

    Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari o‘zgardi

    26.04.2020, 23:12

    O‘zbekistonda 240 mingdan ortiq kishida koronavirus testi o‘tkazildi

    26.04.2020, 22:36

    Adliya vazirligi: Davlat organlarida davlat tilida ish yuritish fuqarolar huquqini poymol qilmaydi

    26.04.2020, 21:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoylik er-xotin ajrashayotganda 29 ta tovuqni bo‘lisha olmadi

    Dunyo | 10 avgust, 23:59

    ChatGPT maslahati sababli erkak jinnixonaga tushib qoldi

    Dunyo | 10 avgust, 23:35

    Putin Xerson va Zaporojye viloyatlaridan rus qo‘shinlarini olib chiqmaydi

    Dunyo | 10 avgust, 23:15

    Ilhom Aliyev Rossiyani Ozarbayjon obyektlariga “maqsadli zarba berish”da aybladi

    Dunyo | 10 avgust, 22:55

    Superliga. “So‘g‘diyona” “Mash’al”dan ustun keldi

    Sport | 10 avgust, 22:35

    Turkiyada 6,1 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi (video)

    Dunyo | 10 avgust, 22:34

    NYT: Britaniya yarim yil maxfiy Falastin rejasi ustida ishladi

    Dunyo | 10 avgust, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.